Rivojlantirish instituti


AYRIM PARADONT KASALLIKLARINING QIYOSIY


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

AYRIM PARADONT KASALLIKLARINING QIYOSIY
T A S H H I S L A S H   M E Z O N L A R I
Baholash mezonlari 
Tarqalgan 
kataral gingivit 
Tarqalgan 
paradontit 
Paradontoz 
M ilk qizarishi 
(giperemiya) 
bor bor yo‘ q 
M ilkdan qon oqishi 
bor 
bor 
yo‘ q 
Tish- milk (patologik) 
cho‘ ntagi 
yo‘ q  bor  yo‘ q 
Tishlarning 
(patologik) qimirlashi 
Yo‘ q  bor  yo‘ q 
Jag‘  suyak to‘ qimasida 
o‘ zgarish 
yo‘ q 
Paradontit dara-
jasiga bog‘ liq turli 
o‘ zgarishlar bo‘ ladi 
Osteoskeleroz 
Alveolalararo suyak 
to‘ qimasi o‘ simta-
larning o‘ zgarishi 
yo‘ q 
Turli darajada 
destruksiya bor 
yo‘ q 
O‘ rab turuvchi suyak 
kortikal plastinka-
sining o‘ zgarishi 
yo‘ q 
Yemirilgan 
(buzilgan) 
O‘ zgarmagan 
Suyak o‘ simtalarida 
osteoporoz borligi 
yo‘ q 
Turli dog‘ simon 
osteoporoz 
o‘ choqlari bor 
yo‘ q 
Alveola to‘ siq 
(o‘ simta) larning 
balandligi 
yo‘ q 
Suyak to‘ qimasida yemirilish turli 
darajada bo‘ ladi 


2 3 7
Paradontozda esa osteoskleroz, suyakning eburneasiya deb ataladigan,
sklerozga o‘xshash o‘zgarishlari bo‘ladi.
Patologoanatomik o‘zgarishlar ham paradontitning turli darajalarida
turlicha bo‘ladi. Lekin, patologoanatomik o‘zgarishlar paradont
to‘qimalarining barchasida borligi qayd etiladi.
Yengil paradontitda, milkda nospesifik surunkali yallig‘lanishga xos
o‘zgarishlar — epiteliyda distrofik o‘zgarishlar, ayrim hollarda uning
yuza qavatlarining chirishi (nekroz) va leykositar infiltrasiya borligi
aniqlanadi. Epiteliy atrofiyaga uchragan sari, unda glikogenlar kamayib
boradi.
Epiteliy ostidagi qo‘shuvchi to‘qimada qon quyilishi, ba’zida fibrinoid
o‘zgarishlar, skleroz bo‘ladi. Qo‘shuvchi to‘qima tuzilishi buziladi, milk
cho‘ntagi atrofida mukoid shishlar, mukopolisaxaridlar ko‘payishi,
argirofil tolalar qo‘pollashgan, ayrimlari erigan (lizis), kollagen tolalar
erigani kabi o‘zgarishlar bo‘ladi.
Qon tomirlari devorlarida qon quyqulari, skleroz, milk to‘qimasining
barcha joylarida limfoid-gistositlar yig‘ilishi, plazmatik hujayralar,
fuksinofil yoki Russel tanachalari, leykositar infiltrasiya, semiz hujayralar
ko‘payishi kuzatiladi.
Shunday qilib, engil paradontitda qon tomirlar o‘zgarishiga bog‘liq
o‘zgarishlar tolali to‘qimalarda esa. distrofik o‘zgarishlar — xattoki
chirish, qo‘shuvchi to‘qimadagi o‘zgarishlar epiteliyga ikkilamchi salbiy
ta’sir ko‘rsatib, uning atrofik va distrofik o‘zgarishlariga olib keladi.
Alveola suyak to‘qimasining tishlararo joylashgan qismlarida makro-
faglar va osteoklastlar yordamida so‘rilish, emirilish jarayonlar kechadi.
Epiteliy ildiz o‘zunligi bo‘ylab o‘sib kirishi mumkin.
Bir vaqtning o‘zida ildiz sementi ham yallig‘lanish oqibatida yemi-
riladi. Suyak emirilishi, yangi suyak to‘qimasini paydo bo‘lishi jarayonlari
bir vaqtda kechishi mumkin. Qon tomirlar devorlari kengaygan, o‘rta
qavatlari skleroz va gialinozli bo‘lib, ularning ichlari toraygan, qon tomir
atroflari sklerozga uchragan.
O‘rta va og‘ir shakldagi paradontitlarda keltirilgan patomorfologik
o‘zgarishlar yanada chuqurlasha boradi.
Shunday qilib, paradontitda barcha paradont to‘qimalarida turli
darajada patologik o‘zgarishlar bo‘ladi, emirilish, so‘rilish jarayonlari
yangi suyak hosil bo‘lishiga nisbatan ustun turadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling