O‘rta og‘irlikda kechadigan surunkali paradontitda yengil darajaga
nisbatan patologik o‘zgarishlar ancha chuqurroq bo‘lib, tish milk
(patologik) cho‘ntaklar chukurligi 5 mm ga yetadi, paradontal cho‘ntakka
aylanadi.
Bemorlar shikoyatlari ham ancha ko‘payib, milkdan qon oqishi faqat
tozalash paytida bo‘lmasdan, balki qattiq narsa (non, olma, nok kabi)
lar tishlaganda ham qon oqishi, milklarning ranggi, shakllari o‘zgargan-
ligiga, ayrim yoki bir guruh tishlar qimirlab qolganligiga va ularning
tish qatorlaridan chiqib qolganligiga, milklarda qichish, achish kabi
noxush sezgilar paydo bo‘lganligiga va shunga o‘xshash noxushliklar
paydo bo‘lganligiga bo‘lishi mumkin.
Shifokor obyektiv ko‘rganida, milklar ko‘kimtir (sianoz) rang olganli-
gini, tishlararo milk so‘rg‘ichlarining shishganligi, ular tishlardan ajralib
turishi, milkga tekkanda qon oqishi, ularni bosganda ulardan qon aralash
yiring chiqishini, paradontal cho‘ntaklar va ularning chuqurligi 4-5 mm
bo‘lishini ko‘radi. Patologik jarayon bir xil bo‘lmaydi, ayrim tish atrofida
ko‘proq, ayrimlarida kamroq rivojlangan bo‘ladi.
Maxalliy salbiy ta’sirotlar yallig‘lanish patologik jarayonni kuchay-
tiradi, chuqurlashuviga olib keladi. hamma bemorlarda turli darajada
tish karashlari, toshlari bo‘ladi, tishlar 1-yoki 2-darajali qimirlashga
ega bo‘ladi. Milkdagi yallig‘lannsh ko‘pincha yuzaki-kataral bo‘lsada,
ba’zilarda yarali, gipertrofik gingivit shaklida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |