Rivojlantirish instituti


Gipertrofik gingivit kataral


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Gipertrofik gingivit kataral va yarali gingivitlardan farqli o‘laroq milk
to‘qimasining kattalashuvi-gipertrofiyasi, proliferasiyasi bilan klinik
kechadi. U o‘tkir kechmasada, klinikada 2 xili — shishgan va fibrozli
gipertrofik gingivitlar borligi ma’lum. Proliferasiya (to‘qimalar ko‘payishi)
ko‘pincha plomba, tish o‘tkir qirralari, noto‘g‘ri joylashgan tish qirralari,


2 3 1
chuqur tishlam (prikus) ta’sirida yuzaga keladi, bunga albatta gormonal
o‘zgarishlar ham sababchidirlar.
Proliferatsiyadan oldin milkda kataral yallig‘lanish bo‘lgani uchun,
bemorlarning milklarini ayrim joylarida kataral, ayrim joylarida esa
gipertrofik gingivit bo‘lishi mumkin.
Bemorlar milklar kattalashib, shakli o‘zgarib qolgani va noqulaylik,
xusnbuzar ko‘rinish paydo bo‘lganligiga, agar shishgan gipertrofik turi
bo‘lsa, milklardan qon oqishiga, xususan, tish tozalash paytida qon
oqishining kuchayishi, ayrim paytlarda milklarda qichish, achish kabi
sezgilar borligi kabilarga shikoyat qiladilar. Epilepsiya kasalligini
gidantoin preparati bilan davolanganda og‘ir kechadigan gipertrofik
gingivit paydo buladi. Bunday paytlarda, milk og‘iz bo‘shlig‘i va daxlizi
tomonlardan o‘sadi, xattoki, tish toj qismlarini to‘laligicha qoplashi
ham mumkin. Bunda soxta, yolg‘on tish-milk cho‘ntaklari paydo bo‘ladi.
Morfologik o‘zgarishlar epiteliy qavatining o‘sishi, vegetasiyasi, tika-
naksimon qavatdagi hujayralar sitoplazmalarini vakuolli distrofiyasi borli-
gini qayd etadi. Shoxlanish jarayonlari buziladi, glikogen teng taqsim-
lanmaydi, uning ancha miqdori parakeratoz joylarda, tikanaksimon qava-
tining chuquridagi hujayralarda joylashadi. Epiteliy osti stromada shish,
tolalar yumshagan, qon tomir devorlari kengaygan, soni ko‘paygan,
tomirlar devorlari kattalashgan, kengaygan, venalar ham kengaygan,
limfoid va plazmatik hujayralar tomirlar bo‘ylab joylashganligini ko‘rish
mumkin.
Homilador ayollarda ham ko‘pincha gipertrofik gingivitlar bo‘ladi.
G.S. Chuchmay (1969) 46% da, V.L. Gubarevskaya (1975) 49% tekshi-
rilgan homilador ayollarda gipertrofik gingivntni borligi to‘g‘risida ma’lu-
mot berganlar. Olingan ma’lumotlar taxlili shuni ko‘rsatganki, barcha
gipertrofik gingiviti bor xomilador ayollarda oldin kataral (surupkali)
gingivit bo‘lgan. Bu hol, ko‘pincha umumiy kasalliklari (oshqozon-ichak
va boshqa) bor ayollarda, gipovitaminoz hollarida gipertrofik gingivit
bo‘lishi qayd etilgan.
Shunday qilib, kataral va yarali gingivitning engil kechishini to‘liq
davolagandan keyin maxalliy kemtik (defekt) qolmasada, o‘rta va og‘ir
kechimdagi yarali gingivitdan keyin kemtik qoladi.
Gingivitlarni qiyosiy tashhislash uncha qiyin emas. Klinik-rentgeno-
logik ko‘rinishlarni bilish, xar bir gingivitga xos o‘zgarishlarni inobatga
olish zarur.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling