Rivojlantirish instituti


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Obyektiv tekshiruvlar — V.M. Kulajenko usulida gematomalarning
tez bo‘lishi (kapillyarlar chidamligining pasayishi), M.Ya. Yasinovskiy
sinamasida leykositlarning migrasiyasi (qon tomiridan chiqish) ni oshishi,
Shiller-Pisarev usulida milkda yallig‘lanish oqibatida glikogenlar
miqdorining oshishi tufayli musbat reaksiya kabi belgilar aniqlanadi.
Milk suyuqligining oshishi, unda kollagenaz va boshka fermentlar
faolligining oshishini tekshirib bilib olish mumkin.
Reoparadontografiya yordamida olingan reoparadonto-grammalarda
paradont to‘qimasidagi arteriyalar va venalarning faoliyatlari ancha
pasayganini, buzilganligini ko‘rish mumkin.
Qon tarkibida-zardobdagi immunoglobulinlar (G, A, M), V-lifositlar
miqdorining oshishi maxalliy gumoral immun reaksiyasining jadallash-
ganidan darak beradi (I.M.Jiyakonis).
Gingivitlarni qiyosiy tashhislash uchun, ularning paradontit, paradon-
toz, ayrim sindromlar belgilaridan, milk pigmentasiyasi (arablar, afrikada
yashovchilar, tojik, o‘zbeklarning ham ayrimlarida tabiiy bo‘ladigan
pigmentasiya) dan farqlash zarur.
Rentgenologik tekshiruvda gingivitlarda suyak to‘qimasida o‘zgarishlar
yo‘ligi ham qiyosiy tashhisda axamiyatga egadir.
Kataral gingivitda, yuqorida ta’kidlanganidek, bemorlar tish tozala-
ganlarida va chaynaganlarida milkdan qon oqishi, og‘izda maza sezish
buzilganiga va undan qo‘lansa xid kelishiga shikoyat qiladilar.
Patomorfologik o‘zgarishlar surunkali kataral gingivitda ularning kelib
chiqish sabablariga xos bo‘lmagan, yoki xarakterli bo‘lmagan, asosan
epiteliy va uning ostidagi qo‘shuvchi to‘qimasida shish, kollagen
tolalarining kattalashib, qo‘pollasha borishi, epiteliyda shoxlanishning
buzilishi (parakeratoz, akantoz), limfosit, leykosit va plazmasitlarning
yig‘ilishi-infiltrasiyasi, qon tomirlarning kengayishi, ular devorlarining
o‘tkazuvchanligining oshishi, vaskulit, tish-milk ariqchasidan suyuq-
likning chiqishi, u yerga leykositlar migrasiyasining oshishi, limfosit,
plazmasitlarning paydo bo‘lishi, qon tomirlar atrofidagi kollagenlarning
yo‘qolishi kabilar bilan xarakterlanadi.
Gistoximik tekshiruvlar esa epiteliyning tikanaksimon qavatiga gliko-
genni yig‘ilganligi, semiz hujayralarning ko‘payganligi, oqsil-glikoza-
minoglikan kompleksining o‘zgarganligi kabilarni aniqlaydi.
Undan tashqari, limfatik tomirlar, kapillyarlar, venulalar kengaygan,
ular atroflarida qon quyqulari, endoteliylar proliferasiyalangan, bazal
membrana shishgan.
Ba’zida surunkali gingivitlarda, xususan tananing ichki a’zo va tizim
kasalliklari bilan birga kechishida alveola o‘simtasida suyak o‘zgarishlari
bo‘lishi mumkin.


2 3 0

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling