Rivojlantirish instituti


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Qo‘shimcha usullar:
Eng ko‘p uchraydigan, xususan yosh odamdagi gingivit-milk yallig‘-
lanishining tarqalganlik darajasini aniqlash uchun maxsus taklif etilgan
(Loe, Silness, 1967, Yu.A. Fedorov, Volodkina, 1978 va boshqalar)
gigiyenik indeks (IG) qo‘llanadi.
Uni o‘tkazish uchun  
1
6
4
4 6
1
  tishlar atrofidagi milkni tekshirib ko‘rib,
ma’lum mezonlar bilan belgilanadi:
0-yallig‘lanish yo‘q.
1 — yengil yallig‘lanish (milk ozgina kizargan);
2 — ancha yallig‘lanish (shish, qizarish, gipertrofiya) va nihoyat 3-
og‘ir yallig‘lanish (tub-qizarish, yaralanish).


2 2 5
Demak, 0,1—1,0 engil gingivit, 1,1—2,0 gacha — o‘rta va 2,1—3,0
gacha og‘ir gingivit deb baxolanadi.
Paradontal indeks (PI) paradontit da Russel (1956) tomonidan tavsiya
etilgan.
Baxolash mezonlari: 0-yalliglanish yo‘q; 1-gingivit (yallig‘lanish butun
tish atrofini egallamaydi); 2 — klinik cho‘ntagisiz gingivit; 6 — cho‘ntakli
gingivit, tishlar qimirlamaydi; 8-butun paradont to‘qimalarining zarar-
lanishi (tishlar patologik qimirlashga uchragan, paradontal — patologik
milk cho‘ntagi bor. Paradontit bu indeks bo‘yicha quyidagidek
baholanadi:
0,1—1,0 — yengil; 1,5—4,0 — o‘rta; 4,0—8,0 — og‘ir kechishidagi
paradontit.
Tish qimirlash darajasini aniqlash, milklar rentraksiyasi o‘tirib qolishi,
ochilishi), milk va paradont patologik cho‘ntaklari chuqurligini maxsus
zondlar yordamida aniqlash, palpasiya qilib cho‘ntaklardan yiring
chiqishini ko‘rish, milkdan qon oqishini aniqlash kabilarni ham bilish
talab etiladi. Og‘iz gigiyenasi qoidalariga qay darajada axamiyat berishni,
tish karashlari indikatorlari xisoblanmish — fuksin suyuqligi, eritrozin,
Shiller — Pisarev usuli yordamida (yod kristallari 1 g, kalii yodidi 2 g,
destillangan suv 40 ml) aniqlash mumkin.
Maxsus usullardan rentgenologik, kapillyaromikroskopik, funksional,
Shiller — Pisarev, turli indekslar qo‘llash zarur. Qo‘shimcha usullardan
eng zaruri-bu rentgenologik usuldir. Rentgenologik tekshiruv paradont
kasalliklarini tashhislashda, osteoporoz, so‘rilish — rezorbsiya va boshqa
alveola suyagidagi o‘zgarishlarni bilishda yordam beradi. Undan tashqari
rentgenologik tekshiruv: 1) xali paradont kasalligini klinik ko‘rinishi,
birinchi belgilari paydo bo‘lmasada, suyakdagi o‘zgarishlarni ko‘rsatadi;
2) paradont kasalligiga o‘xshash organizmda kechib, jag‘ suyaklarini
turli o‘zgarishlariga olib keluvchi boshqa kasalliklardan farq qilishga;
3) milkdagi absess marginal (paradontal) yoki apikal bo‘lishini aniq-
lashda; 4) faqat suyak emirilishlarnigina emas, balki milk tagidagi-ildiz-
dagi tish toshlarini aniqlashda, katta axamiyatga egadir. Paradonto-
logiyada og‘iz ichidan olinadigan tish rengenogrammalaridan tashqari,
asosan orto yoki pantomografiya-panoram rentgenogrammalar olish
maqsadga muvofiqdir.
Yana bir qo‘shimcha usul-qon tarkibida qand, qon elementlari, siydik
tarkibida qand, oshqozon shirasi tarkibi, o‘tgan va davom etib turgan
organizmdagi umumiy kasalliklar, organizmning qarshilik ko‘rsatish
darajasi-reaktivlik holati, milk, umuman paradont, qon tomirlarining
ahvoli to‘g‘risidagi reoparadontografiya ma’lumotlari, paradontdagi
kapillyarlar ahvolini kapillyaroskopiya usulida tekshirib bilish, paradont
to‘qimasidagi kislorod bilan to‘yinishni polyarografiya usuli bilan
tekshirib bilish, so‘lak tarkibidagi nospesifik immunologik o‘zgarishlar-
lizosim (qondagi miqdorini ham bilish), qon tarkibidagi fagositozni


2 2 6
aniqlash, immunologik tekshiruvlar yordamida T — va V — limfositlar,
ularning populyasiyalarining qondagi miqdorini aniqlash, fermentlar
faolligini tekshirish, mikrobiologik tekshiruvlar yordamida, milk
cho‘ntaklaridagi mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirlik darajasini
aniqlash, qondagi bioximik tekshiruvlar-elektrolitlar, holesterin-lipopro-
teidlarni bilib, kechadigan ateroskleroz darajasini aniqlash, milkdan
olingan — biopsiya ma’lumotlarini o‘rganish kabi ishlar paradont kasalli-
gini aniqlashda, ularni tashhislashda, bir — biridan qiyoslashdan va
oxir pirovard natijasida, ularni davolash rejalarini tuzish uchun zarur
ishlardan iboratdir. Albatta, ko‘rsatgan usullarning hammasini qo‘llash
shart emas. Tashhis, qiyosiy tashhis va davolash usullarini belgilash uchun
eng zarur 2-3 yoki 3-4 tekshirish usullari (imkoniyat doirasida zarur
bo‘lganlar) o‘tkazish kifoya etadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling