Rivojlantirish instituti
Paradontozning klinikasi, tashhisi va qiyosiy tashhisi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Paradontozning klinikasi, tashhisi va qiyosiy tashhisi
Klinik amaliyotda paradontoz nisbatan kam uchraydi, Paradont kasalligining bu turida yallig‘lanish bo‘lmaydi, patologik tish-milk cho‘ntaklari ham yo‘q. Tishlar qimirlamaydi, oz miqdorda tish toshlari bo‘lishi mumkin. Milkni atrofiyasi, o‘tirib qolishi (retraksiya), tishlar 2 3 8 bo‘yin qismlarining ochilib qolishi, fonasimon kemtiklar (tish bo‘yin qismlarida, ko‘pincha og‘iz daxlizi tomonda) paydo bo‘lishi mumkin. Paradontoz asosan generallashgan tarzda kechadi. Bemorlar tishlari bo‘yin qismlarida turli ta’sirotlardan og‘riq bo‘lishi, milk qichishi, ayrim paytlarda esa milklarda o‘z-o‘zidan simmilovchi og‘riq bo‘lishiga shikoyat qiladilar. Yosh odamlarda 2-4, ba’zida 6-8 tish atroflarida, ya’ni chegaralangan paradontoz bo‘lishi mumkin. Kasallik asosan katta yoshdagi (40 yoshdan keyin) odamlarda tarqalgan shaklda uchraydi. Ammo, ba’zida yallig‘lanish belgilari qo‘shilishi bilan paradontoz paradontitga aylanadi. Ularning qiyosiy tashhislash uchun anemnez ma’- lumotlari, klinik belgilar, eng asosiy belgi-bu rentgenologik o‘zgarishlarni xisobga olish zarur. Rentgenologik tekshirishlar suyak to‘qimasida sklerotik (suyak mugiz ko‘migi bo‘shliqlarini kichrayishi, torayishi, kabi) o‘zgarishlar borligini ko‘rsatadi. Atrofik o‘zgarishlar tishlararo to‘siqchalarning bir tekisda emirilishi-pasayganligi, lekin kortikal suyak plastikalarining butunligi bilan xarakterlanadi. Morfologik o‘zgarishlar paradontozda marginal paradontda yallig‘- lanish jarayoni yo‘qligini, milk epiteliysida shoxlanish jarayonining buzilganligi, qo‘shuvchi to‘qimada esa sklerotik o‘zgarishlar borliginn ko‘rsatadi. E.V. Borovskiy va boshq. (1989, 1998) paradontozga xos o‘zga- rishlarga: 1. Yallig‘lanish yo‘qligi, milk oqish rangda; 2. Milk utirishi (retraksiyasi) natijasida bo‘yin qismlar, ildizning ochilib borishi; 3. Milk va paradontal cho‘ntaklarining yo‘qligi; 4. Mikrobli karash, yumshoq karash bo‘lish-bo‘lmasligi mumkin; 5. Emal eroziyasi, fonasimon kemtik, emirilishi kabi nokariyes kasalliklari bilan birga kechishi; 6. Tish qimirlamasligi; 7. Rentgenogrammada yallig‘lanishga xos suyak o‘zgarishlarining bo‘lmasligi, jag‘ suyaklarida sklerotik, shunday o‘zgarishlar boshqa suyaklarda ham bo‘lishi extimoli; 8. Tanada yurak-qon tomir, oshqozon-ichak endokrin va boshqa xastaliklarning bo‘lishi; 9. Yallig‘lanish belgilarini aniqlaydigan sinamalarning manfiyligi; Lekin bu ko‘rsatkichlar yallig‘lanish boshlanishi bilan tubdan o‘zgaradi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling