Rivojlantirish instituti
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amortizatsiya
Ximoya (to‘siq) — bar’er vazifasi paradont to‘qimasining butunligi,
sog‘lom davridagi muxit o‘zgarishlariga bog‘liq salbiy ta’sirotlardan organizmni saqlab qolishni ta’minlash, infeksiyaga, sensibilizatsiyaga, intoksikatsiyaga qarshi kurashish qobiliyatidir. Paradontning barer vazifasi quyidagilar bilan belgilanadi: 1) milk epiteliyasining shoxlanishi (yallig‘lanishda bu jarayon buziladi); 2) kolla- gen tolalar tutamlarining ko‘pligi; 3) milkning chidamliligi (turgor); 4) paradontning qo‘shuvchi to‘qimasidagi glyukozaminoglikanlarning holati; 5) tish-milk yorig‘i, ariqchasi tuzilishining va vazifasining o‘ziga xosligi; 6) so‘lak tarkibidagi lizosim, ingibin, immunoglobulin va shunga o‘xshash biologik faol narsalar ta’sirida uning bakteriyalarga qarshi kurashish qobiliyatining bo‘lishi; 7) semiz va plazmatik hujayralarning bo‘lishi munosabati bilan antitelolarning hosil bo‘lishi kabilar. Ximoya vazifasini peroksidaza ham suyakning osteoklastlar ta’sirida so‘rilishi va lizosimal fermentlarning faolligini boshqarib turishi bilan ta’minlaydi. Oziqlanish — trofik vazifasi undagi ko‘p sonli kapillyarlar va asab tolalari bulgani bilan belgilanadi. Bu vazifa paradontdagi mikro- sirkulyasiyaning holatiga bog‘liqdir. Paradontning reflektor boshqarilishi (regulyasiya) unga tushadigan chaynov bosimini taqsimlash, u yerdagi ko‘p sonli asab uchlari (reseptorlar) orqali turli reflektor yo‘llarga uzatilishi bilan belgilanadi. Yangi to‘qimalarni hosil qilish — plastik vazifasi paradont to‘qima- larida meyyorda doimiy ravishda va patologik holatlarga javoban yangi to‘qimalar hosil bo‘lishi bilan belgilanadi. Bu vazifani bajarishni 2 1 8 sementoblast va osteoblast hujayralari ta’minlaydi. Undan tashqari fibroblastlar, semiz hujayra va boshqalar, shuningdek, kapillyarlar modda almashinuviga ham o‘z xissalarini qo‘shishadi. Amortizatsiya qilish vazifasini kollagenli va elastik (egiluvchan) tolalar bajaradi. Chaynov paytida tish alveolasini, paradont tomirlari va asablarini periodont bondami-tish toj qismini aylana bog‘lami salbiy ta’sirotlardan asrab turadi. Shunday qilib, paradont kompleks adaptasion vazifalarni bajarishi butun organizm uchun katta axamiyatga ega. Biror-bir vazifasini bajara olmasa, paradont to‘qimasining o‘zaro bog‘liqligi buzilib, kasallik kelib chiqishiga sabab tug‘iladi. Demak, paradontning barcha vazifalari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, fiziologik ichki va tashqi muvozanatni muvofiqlashtirib turadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling