Rivojlantirish instituti
Qon tomirlar bilan ta’minlanishi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innervatsiyasi
Qon tomirlar bilan ta’minlanishi
Paradont to‘qimasi tashqi uyqu arteriyasidan chiqadigan jag‘ arteriyasi shoxidan qon bilan ta’minlanadi. Yuqori jag‘ va undagi tishlar yuqori jag‘ arteriyalarining qanotsimon shoxidan (yuqori tish katakchalari arteriyalari) va qanotsimon tanglay (oldingi yuqori katakchalar arteriya- lari) shoxlaridan qon oladi. Pastki jag‘ va undagi tishlar, to‘qimalar jag‘ arteriyalarining pastki jag‘ — katakchalari arteriyasi shoxlari orqali qon bilan ta’minlanadi. Pastki alveolyar arteriyadan xar bir alveolaaro to‘siqchalarga bittadan yoki bir necha shoxchalar alveolaaro arteriyalar periodontga va sementga tarmoqchalar — shoxchalar beradi. Uzunasiga yotgan shoxchalar suyak ustki parda orqali milkka o‘tadi. Tish arteriya- laridan shoxchalar periodont va alveolaga o‘tadi. Tish arteriyalari, suyak ustki pardaga boruvchi alveolalararo arteriyalar va suyaklararo arteriyalar orasida anastomozlar mavjud. Marginal milkdagi — paradontdagi qon tomir turlari emal-sement chegarasida milk va periodont tomirlari bilan bog‘lanadi — anastomozda bo‘ladi. Paradontdagi qon tomirlarining tuzi- lishi, undagi arteriyalar, prekapillyarlar, kapillyarlar, keyingi (post- kapillyar) kapillyarlar, venalar va arteriovenulalar anastomozlari borligi, lekin tugal arteriyalar yo‘qligi bilan o‘ziga xosdir. Kapillyarlar — eng yupqa devorli tomirlar bo‘lib, paradontning mikrosirkulyar yo‘lini hosil qilib, bular orqali qon arteriyadan venalarga o‘tadi. Xuddi mana shu mikrosirkulyator yo‘li orqali paradont to‘qimasiga kislorod va boshqa oziqlantiruvchi moddalar kelib tushadi. Kapillyarlarning ichki devorining kattaligi-diametri o‘rtacha 3—12 mkm ni tashkil etadi. Kapillyarlar va atrofdagi qo‘shuvchi to‘qima limfa bilan birgalikda paradont to‘qimasini oziqlantiradi va ximoya vazifasini ham bajaradi. Kapillyarlar devorining o‘tkazuvchanlik darajasi ularning asosiy fiziologik vazifasidir. Kapillyarlarning o‘tkazuvchanligi va chidamliligi paradont to‘qimasida kechadigan patologik jarayonlarda muxim axamiyatga ega. Innervatsiyasi Paradontning asab bilan ta’minlanishi — innervatsiyasi uchlamchi (n. trigeminus) asabning ikkinchi va uchinchi shoxlaridan chiqadigan tish shoxchalari o‘ramlari xisobidan bo‘ladi. Alveola chuqurida asab tolalar boylamlari ikkiga bo‘linadi: biri pulpaga, ikkinchisi esa, periodont yuzasida parallel ravishda, asosiy pulpa asabi bo‘ylab joylashadi. Paradont to‘qimasida asab tolalari ko‘p borligi uchun, asab reseptorlariga boy bo‘lgani uchun bu zona katta refleksogen zona bo‘lib, bu erdan yurakka, oshqozon-ichak yo‘llari va boshqa ichki a’zo tizimlariga reflekslar tarqalishi mumkin. Limfa bilan ta’minlanishi ham juda yaxshi, chunki paradontda juda ko‘p katta-kichik limfa tomirlar turlari borki, meyyorda, xususan 2 1 7 kasallikda bular muxim axamiyat kasb etadi. Limfa tomirlar asosan epiteliy ostida — sub-epitelial qo‘shuvchi to‘qima asosida joylashgan. Limfa tomirlari yupqa devorli, kichik va noto‘g‘ri shakllarga ega. Yallig‘lanish jarayonida limfa tomirlari kengayadi. Tomirlar ichida va ularning devorlari atrofida yallig‘lanish infiltratlari hosil bo‘ladi. Yallig‘lanishda limfa tomirlari to‘qimalararo narsalarni tashib ketib, yallig‘lanish o‘chog‘ini tuzalishiga xizmat qiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling