Rivojlantirish instituti


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Mahalliy davolash
Paradont kasalligining qaysi turi bo‘lmasin, mahalliy davolash hamma
vaqt tish karashlari, toshlarini olib tashlashdan boshlanadi. Buning uchun
"Ultrastom" apparati va shunga asoslangan ultratovush vositalari (masa-
lan, "Ergostar" markali stomatologik uskunada maxsus skaller — bor)
yordamida ishlash yaxshi samara beradi.
Undan tashqari plomba, ortopedik va ortodontik protezlar, moslama-
larni kamchiliklarini (plombaning milkka kirgan yoki uni bosim turgan
qismlarini, milkka chuqur kirib turgan sun’iy koronkalar va shunga
o‘xshash salbiy ta’sirotlarni) yo‘qotish, prikus patologiyalarini davolash
kabi ishlar bajarilishi kerak.
Albatta, og‘iz gigiyenasi (tozaligi) qoidalarini bajarish, mikroblarga
qarshi 0,06% xlorgeksidin eritmasi bilan og‘iz bo‘shlig‘ini chayish, para-
dontdagi yallig‘lanishni kamaytiradi, karash yirilishini to‘xtatadi. Yana
og‘izni turli antiseptiklar, turli dorivor o‘simliklar damlamalari bilan
chayish ham yaxshi foyda beradi (R. T. Safarov 1999).
Paradont kasalliklarida tish eleksirlari, pastalarini tanlashga shifokor
yordam berishi, ko‘rsatma — tavsiyalar berishi zarur. Tish kukunlari


2 4 5
(poroshok) bilan paradont yallig‘lanishida tish tozalash maqsadga muvo-
fiq kelmaydi. Davolanadigan tishlar davolanishi, olib tashlanadiganlari
olib tashlanishi kerak.
Mahalliy salbiy ta’sirotlar yo‘qolgach, paradont to‘qimalarida kecha-
digan turli patologik o‘zgarishlarga ta’sir etadigan patogenetik kompleks
davolash usullari qo‘llanadi.
Bu usullar milk, suyak to‘qimalari, mikrosirkulyasiya — qon tomirlari,
asab tolalariga ta’sir etadigan va shu bilan paradontdagi buzilgan, izdan
chiqqan modda almashinuv jarayonini yaxshilashga qaratilgan bo‘lishi
kerak.
Patogenetik burinlarga ta’sir etuvchi kompleks davolash usullariga
dori-darmonlar (asosan yallig‘lanishga qarshi), ortopedik, jarrohlik ham-
da fizioterapevtik davolash omillari kiradi. Yallig‘lanishga ta’sir etuvchi
dorilardan 3%-li asetilsalisilli malham (maz) applikasiya yoki davolash
boylami sifatida, 3%-li salisilat natriy malxami, butadion malxami
kabilar, dorivor o‘simliklar damlamalari-1:10 tukli xandeliya, 1:20 dag‘al
dala choyi, (R.T. Safarov, 1998, 1999) va boshqalar qo‘llaniladi.
Tomir-to‘qima o‘tkazuvchanligini me’yorlash uchun geparin malxami
(applikasiya), 5%-li aminakapron kislotasi bilan og‘izni chayish yoki
milk elektroforez usulida yuborish yaxshi natija beradi.
Shuningdek, elektroforez, antibiotiklar, sulfanilamid preparatlari,
fermentlar, kartikosteroidlar (faqat immunologii holatga qarab),
immunomodulyatorlar qo‘llanishi mumkin.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling