Rivojlantirish instituti
Davolash bir necha bosqichlardan iborat
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Davolash bir necha bosqichlardan iborat.
1. Kasallikni keltirib chiqaradigan sabablarga qaratilgan etiotrop davolash usullari. 2. Paradont to‘qimasida kechadigan turli yallig‘lanish va to‘qima buzilishlariga ta’sir etuvchi patogenetik davolash usullari. 3. Tana ximoya va moslashish mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan davolash usullari. 4. Tiklash (reabilitasiya) davolash usullari. Bu murak- kab vazifalarni bajarish uchun, qo‘llanadigan omillar ma’lum tartib — prinsiplarga tayangan bo‘lishi shart. Shuning uchun paradont kasallik- larini biz (T.X.Safarov) ishlab chiqqan davolashda quyidagi tutum (prinsiplarga) amal qilmoq yaxshi natija beradi. 1. Davolash majmuaviy- kompleksli bo‘lishi-davolash usullari va vositalari paradont to‘qimasiga va bemor organizmiga ta’sir etishi to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi kerak. 2. Har bir bemorga individual kompleks davolash usullarini va vositalarini qo‘llash zarur. Hamma kasallarni davolash sxemalari, ya’ni hammabop usullar bo‘lmasligi kerak. 3. Tanlangan kompleks davolash usullari va vositalari har bir bemor uchun undagi holatga asoslangan bo‘lishi kerak. 4. Turli kompleks davolash usullari va vositalari ma’lum tartibda birin- ketin olib borilishi shart. 5. Paradont kasalligini davolash mumkinligiga shifokor va bemor ishonchi bo‘lishi shart. 6. Kasallik remissiyasida — shoshilinch davolash usullarini qo‘llashni keragi bo‘lmaganda, paradont 2 4 4 to‘qimasida modda almashinuvini idora qilib turadigan davolash muolaja- lari o‘tkazilib turilishi kerak. Mahalliy va umumiy davolash usullari deganda, biz ularning o‘zaro bog‘liqligi, bir-birini to‘ldirishi zarurligi uchun shartli ravishda shunday deb ataymiz. Shunday qilib, etiotrop davolash usuli deb, mahalliy paradontga salbiy ta’sir etuvchi omillarga qarshi yoki ularning yo‘q qilishga karatilgan kompleks davolash usullari va vositalarini tushunishimiz lozim ekan. Bularga quyidagilar kiradi. 1. Og‘iz bo‘shlig‘i tozalik qoidalarini bajarish- ga bemorlarni o‘rgatish va ularni to‘liq bajarilishini ta’minlash. 2. Tish karashlari (mikrobli karashlar, yumshoq karashlar) va toshlarini olib tashlash. 3. Tish okkyuzion yuzalari tekisligini ta’minlash yoki ularni tekis qismi, yo‘qligiga e’tibor berish. 4. Aproksimal tish yuzalarida joylashgan kariyes kovaklarini plombalashda tegib turadigan nuqtalar hosil qilish, ortiqcha plomba ashyolari paradont to‘qimasiga salbiy ta’sir etishini oldini olish. 5. Noto‘g‘ri tayyorlangan ortopedik va ortodontik protezlar, moslamalarni yaxshilariga almashtirish, tuzatish. 6. Tish, til yuganchalari anomaliyalari, prikus apomaliyalarini tuzatish, davolash, to‘g‘rilash. 7. Bir tomonda ovqat chaynash, chekish, kasbga bog‘liq va shunga o‘xshash yomon qiliqlarni yo‘qotish chora-tadbirlarini o‘tkazish. Yuqorida ko‘rsatilgan, ko‘pincha paradont to‘qimasiga mahalliy salbiy ko‘rsatadigan omillarni yo‘qotish asosiy etiotrop davolash komplekslariga kiradi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling