Rivojlantirish instituti
Paradontologik yordami tashkil etish, dispanserizatsiya
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Paradontologik yordami tashkil etish, dispanserizatsiya
Surunkali qaytalanish bilan uzoq davom etadigan paradont kasallik- larini davolash uchun dispanserizasiya — hisobga olib vaqti-vaqti bilan bu bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazib, turli klinik-laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazib turib, og‘iz bo‘shlig‘i a’zolari, keragida, ichki a’zo kasalliklarini davolash chora-tadbirlarini o‘tkazish zarurdir. Demak, kompleks paradontologik yordam ko‘rsatishda stomatologlar- terapevt, jarroh, ortoped, bolalar stomatologlari hamda boshqa mutaxas- sisliklardagi shifokorlar qatnashishar ekanlar. Poliklinikalarda paradonto- logik xonalar bo‘lishi va ularda ma’lum maxsus bilimga ega bo‘lgan 2 5 9 stomatolog-paradontologlar ishlashlari kerak. Ularning asosiy vazifalarini E.V.Borovskiy va boshq. (1998) quyidagicha belgilaydi: 1) Paradontologik yordam yuqori saviyada ko‘rsatilishi kerak. 2) Davolash uchun kerakli dori-darmonlarni shifokor-terapevtlar bilan maslaxatlashib tanlash. 3) Uslubiy ishlarni tashkil etish. 4) Dispanserizasiya hisobini yo‘lga qo‘yish. 5) Fan va amaliyot yangiliklarini paradont kasalliklarini davolashga kiritib borish. 6) Yangi ish tartiblari va davolash profilaktika ishlarini takomil- lashtirish. Paradontologik xonada stomatolog uskuna, tish toshlari, karashlarini olib tashlash uchun ultratovush apparati, vakuum — apparat (Kulajenko apparati), tish toshlarini olishga mo‘ljallangan asboblar, jarrohlik muola- jalarini bajarish uchun qaychilar, skalpellar, kyuretkalar, ekskovatorlar, tish karashlarini aniqlash (indeksasiya) uchun turli bo‘yoqlar (fuksin suyuqligi, Shiller-Pisarev sinamasi uchun lyugol eritmasi), sitologik, bak- teriologik tekshiruvlar uchun idishlar, moslamalar kabilar bo‘lishi kerak. Poliklinikalarda gigiyenik xonalar bo‘lishi va u yerga yordam so‘rab kelgan bemorlarni tish tozalash qoidalari bilan tanishtirish, gidroterapiya xonasida esa, maxsus moslama yordamida tishlarni, og‘iz bo‘shlig‘ini 1—2 atmosfera bosim ostida beriladigan suv bilan (unga turli xushbo‘y — aromatik suyuqliklar aralashtirilishi mumkin) yuviladi. Bu bir vaqtning o‘zida gidromassaj vazifasini ham bajaradi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling