Rivojlantirish instituti


Paradontoz bilan og‘rigan bemorlarni davolash chizmasi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Paradontoz bilan og‘rigan bemorlarni davolash chizmasi
1. Og‘izni sog‘lomlashtirish.
2. Milk darsonvalizasiyasi.
3. B1 vitamini va novokain yoki 0,1% ftorid natriy eritmasi bilan
milk elektroforezi va bir vaqtning o‘zida aeroionoterapiya.
4. Vakuum davolash, flyuktuorizasiya, mikroto‘lqinli tok bilan
davolash.
5. Qolgan davolash muolajalari yuqorilardagidek bajariladi.
Bu sxemalar paradont kasalliklari umumiy kasalliklar bilan kechganda
ham, kechmaganda ham qo‘llanadi.


2 5 6
Agar umumiy kasalliklar bilan birga kechadigan bo‘lsa, umumiy kasal-
likni tegishli shifokorlar (terapevt, endokrinolog va boshqalar) davo-
lashadi, paradont kasalligini esa, stomatolog olib boradi, bu juda yaxshi
natija beradi.
Endi paradont kasalliklarini fizioterapevtik usullar bilan davolash
xaqida qisqacha ma’lumotlar beramiz.
Ultratovush. Ultratovush deb, eshitilmas akustik diapozonli chasto-
tada — 20 kGsdan yuqori bo‘lgan muxitda zarrachalar mexanik tebra-
nishlarining to‘lqinsimon tarqalishiga aytiladi.
Bu maqsadda, stomatologiyada maxsus yasalgan asbob — "Ultrastom"
yoki ayrim stomatologik uskunalar tarkibidagi "ultra-tovush" nako-
nechniklari qo‘llanadi va bu usul tish karashlari va tish toshlarini olib
tashlashda ishlatiladi.
Davolash uchun ham ultratovush (yuqori-katta mexanik zarrachalar
tebranishlari — 800 kGs va 3 MGsgacha) jarohatlash, so‘ndirish yoki
jonlantirish, me’yorlashtirish, yallig‘lanishga qarshi kurashish, surdirish
kabi ta’sir ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
Davolash uchun eng yaxshi fizikaviy tezlatgich (katalizator), fizik-
kimyoviy va biokimyoviy jarayonlarni qo‘zg‘atib fermentlar, membrana
o‘tkazuvchanligini o‘zgartirish, surilishni kuchaytirish va biologik faol
narsalarni ajratish maqsadida 0,05 dan 0,4 Vt/sm (ya’ni 1 sm yuzaga
shunchadan) dagi ultratovush qo‘llanadi. Bunday apparatlardan UZ-T5,
UZT-1, 02 S kabilar ishlatiladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling