Rivojlantirish instituti
O‘rta va og‘ir surunkali paradontitlarni davolash chizmasi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
O‘rta va og‘ir surunkali paradontitlarni davolash chizmasi
1. Og‘iz bo‘shlig‘ini sog‘lomlashtirish (milk ustki va milk osti tish karashlari, toshlarini olish, kariyes va uning asoratlarini davolash, olina- digan tishlarni olib tashlash). 2. Cho‘ntaklar kyuretaji. 3. Gidroterapiya va og‘izga antiseptik ishlov berish. 4. Milk qizargani va ko‘kimtirligida darsonvalizatsiya yoki vakum davolashdan keyin milk elektroforezi. 5. Milklardan kon oqishida — askorbin kislotasi bilan elektroforezi. 6. Desensibilizatsiyalaydigan davolash-xlorid kalsiy bilan elektroforezi bilan bir vaqtda gidroaeroionizatsiya va suprastin, dimedrol, pipolfen, diprazin kabi dorilardan birini ichish. 7. Milk elektroforszidan keyin patologik milk cho‘ntaklariga proteolitik fermentlar (tripsin, ximotripsin) va keng doirali antibiotiklar bilan ishlov berish. 8. Autogemoterapiya (bemor venasidan 2 mldan boshlab qon olib, uning dumbasiga ukol (yuborish), har kuni yoki kunaro 1 mldan qo‘shib, ko‘paytirib borib 2 5 5 10—12 ml, hammasi bo‘lib 1-davolash kursida. 8—10 marta ukol qilish. 9. Og‘iz tozalik qoidalarini bajarish. 10. Barmoq bilan milklarni uqalash- automassaj (bemor o‘z uyida bajaradi). 11. Jarrohlik va ortopedik muo- lajalar-okklyuzion tish yuzalarini tekislash, kimirlagan tishlarni shinalar bilan borlash va xokazolar. 12. Umumiy davolash yuqoridagilar va sanatoriya kurortlarda davolanishga tavsiyalar. Shuni ta’kidlash zarurki, o‘rta va og‘ir klinik kechuvdagi qaytalangan surunkali paradontitlarni davolash va xususan, milkdagi absesslarni davolash ancha qiyinligini nazarda tutib, bunday bemorlarni davolash jarayonini ikki bosqichda o‘tkazish sxemasini tavsiya etamiz. Birinchi galda o‘tkir yallig‘lanish jarayonini yo‘qotish uchun: 1. Absesslar ochiladi va UVCH-davolash, Sollyuks lampasi va UFO (ultrafiolet) nurlari yordamidan foydalanish. 2. Bir vaqtning o‘zida og‘iz bo‘shlig‘ini yengil antiseptiklar (permanganat kaliy, vodorod peroksidi, dorivor o‘simliklar damlamalari bilan chayiladi va bemor uyda 2%-li choy sodasi eritmasi bilan og‘zini chayiydi. Milklarga antibiotiklar, xon- surid kabilar quyiladi. 3. O‘tkir yallig‘lanish o‘tgach, bosilgach, tish karashlari, toshlari olinadi va og‘iz bo‘shlig‘i yuqoridagidek sog‘lomlash- tiriladi. 4. Paradontal cho‘ntaklar proteolitik fermentlar (tripsin, ximo- tripsin, yaqinda O‘zbekistonda sintez qilingan; kukumazim) va anti- biotiklar bilan ishlanadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling