1. Yengil surunkali va qaytalangai paradontitlarni davolash sxemasi.
1. Og‘iz bo‘shlig‘ini sog‘lomlashtirish (tish karashlari, toshlarini olish,
olinishi kerak bo‘lgan tishlarni olib tashlash). 2. Milk qizarganda, ko‘kim-
tir tus olganda darsonvalizatsiya yoki flyuktuorizatsiya yoki Kulajenko
usuli bilan vakum davolashdan keyin milk elektroforezi usulini qo‘llash.
3. Milklardan qon oqqanda — askorbin kislotasi bilan milk elektroforez
o‘tkazish. 4. Desensibilizatsiyalovchi davolash — xlorid kalsiy bilan
pipolfen, diprozinlardan birini qabul qilishni tavsiya etish. 5. Gigiyenik
tavsiyalar. 6. Bemorni o‘zi bajaradigan barmoq siypalash, silash (massaj,
uyda bajariladi). 7. Kerak bo‘lganda ortopedik, jarrohlik muolajalar
(okklyuzion-tish yuzalarini to‘g‘rilash, protezlar tayyorlash). 8. Umumiy
davolash: a) yaxshi va to‘liq ovqatlanish; b) polivitaminlar ichish; d) faol
xarakat va dam olish, badanni chiniqtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |