Rivojlantirish instituti


II Tishlar chiqandan so‘ng hosil bo‘ladigan kasalliklari


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

II Tishlar chiqandan so‘ng hosil bo‘ladigan kasalliklari
Tishda ponasimon nuqson. Tishlarning bo‘ynida ko‘pincha dahliz
yuzasida ponaga o‘xshash, qalqonsimon nuqson asta-sekin hosil bo‘lib,
chuqurlashib boradi. Ko‘pincha oldingi bir ildizli tishlarda, yoshi
ulg‘ayganda bo‘ladi. Bu kasallik sabablari aniq ma’lum emas.
Og‘iz bo‘shlig‘ida hosil bo‘luvchi kislotalar, karashlar natijasida, qattiq
tish cho‘tkalari bilan yuvilganda, oshqozon-ichak kasalliklarda, asab
kasalliklarida, endokrin bezlar kasalliklarida va boshqalarda bu nuqson
uchraydi.
Ponasimon nuqson bor bemorlarning ko‘pchiligida, tishlarda edirilish
ham bo‘ladi. Avvalo tishlar bo‘ynida notekkislik, darz, yoriq hosil bo‘ladi,
buni kattalashtiruvchi oyna bilan ko‘rish mumkin. Bu buzilish chu-
qirlashib, kengayib borib, qalqon, pona shaklga aylanadi, devorlari silliq,
qattiq bo‘ladi.
S.M. Mahmudxonov (1968- y.) nuqsonni 4 xil bosqichga bo‘ladi.
1. Boshlanish bosqich — darz bo‘lishi, notekkislik aniqlanadi.


4 6
2. Yuz bosqichi — 3mm. Bo‘yicha 0,2 mm chuqurlikda nuqson
bo‘ladi.
3. O‘rta bosqichi — 4mm bo‘yiga nuqson 450 burchak hosil qiladi,
sarg‘in bo‘ladi.
4. Chuqur bosqichida — 5mm.dan ortiqli nuqson bo‘lib, tagi, yoni
silliq yaltiroq bo‘ladi. Bu nuqson simmetrik bo‘lib, ko‘pincha oldingi
tishlarning dahliz yuzasida, tishlar bo‘ynida bo‘ladi.
5. Bemor estetik jihatdan shikoyat qiladi.
Davolash umumiy va mahalliy bo‘ladi. Giperestaziya, sezgirlik, og‘riq
bo‘lsa og‘riqni qoldiruvchi dorilar qo‘llaniladi. 75%-nartiy ftorid surmasi,
75% storonsiy xlorid surmasi, poliminerol eritmasi, 1,2,3,4% li natriy
ftorid eritmasi ishlatiladi. Chuqur nuqsonlarni plombalash mumkin,
koronkalar kiygazish mumkin.
Umumiy davolanishda asosiy kasallikni yaxshilab davolash kerak.
Sifatli vitaminlarga boy, sutli yaxshi ovqatlanish buyuriladi. Glyukanat
kalsiy 0,5—1 tabletkadan 3 marta 1 kunda tavsiya etiladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling