Rivojlantirish instituti


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Tishdagi eroziya
Emal va dentinning biror qismi asta-sekin kamayishi natijasida
tishlarda eroziya hosil bo‘ladi. Sabab ma’lum emas. Asab, ruhiy
kasalliklar, podagra, endokrinologik xastaliklar, ayniqsa treotoksikozda
eroziya tishlarda uchrashi kuzatilgan. Tishlarning asosan dahliz yuzasida
yumoloq yoki tuxumsimon nuqson, chuqurcha hosil bo‘ladi.
Tish eroziyasi aktiv o‘tkir va stabillashgan surunkali bo‘lishi va bir-
biriga o‘tishi mumkin. Bunday bo‘lish treotoksikozning qaytalashida
kuzatilgan.
Emalning qattiqligi kamayadi, dentinning qattiqligi biroz oshadi.
Tishda eroziya bo‘lgan joyda Nasmiy pardasi (kutikula) yupqalashadi,
prizmalarda o‘zgarish — demineralizatsiya bo‘ladi. Emalda mis, rux,
temir, kobliy kabi mikro-elementlar kamayadi. Prizmalararo oraliq
kengayadi. Dentinda yaltiroq o‘rinbosar dentin hosil bo‘ladi, dentin
naylari torayadi, oblitirasiyalanadi.
Davolash: Avvalo kasallikning asosiy sababini davolash kerak.
Vitaminlar, mikroelementlar, kalsiy tuzlari tavsiya etiladi, og‘iz tozaligi
gigiyenasiga ahamiyat berish kerak. Tishlar ftorlak, 1-2% natriy ftorid
eritmasi, 10% glyukonat kalsiy eritmasi, poliminerol, remodent kabilar
bilan davolanadi.
Tish erozasiyani plombalash, koronka kiygazish mumkin.
Tish nekrozi
To‘qimalarning mikroblarsiz o‘lgani nekroz deyiladi. Tish to‘qimalari
nekrozi og‘ir kasallik bo‘lib, ko‘pincha tishlarning tamomila yo‘q bo‘li-
shiga sabab bo‘ladi. Endokrin va ekzogen faktorlar ta’sirlar tish nekrozi


4 8
bo‘lishiga muxim rol o‘ynaydi. Asab, ichki sekretsiya bezlari, nasl, turli
xil surunkali zaxarlanishlar, tishda nekroz bo‘lishiga olib keladi. Ishqor,
kislotalar va boshqa zararli moddalarning tishga ta’siri natijasida nekroz
bo‘lishi mumkin.
Tish o‘lganga o‘xshaydi, emal rangi kulrang bo‘ladi. Dentin esa
pigmentlanadi, sarg‘ish, jigarrang tusga kiradi. Qora dog‘lar hosil bo‘lishi
mumkin.
Tish nekrozida tish pulpasi ham o‘ladi, nekrozlanadi. Tish nekroziga
diagnoz qo‘yish oson, davolash qiyin. Bemorni xar tomonlama yaxshilab
tekshirib, asosiy sababini topish va davolash kerak.
Tishning bo‘yin qismida uchraydigan nekroz ko‘pincha homilador
ayollarda va gipoteriozda, tuzlar, oqsillar, modda almashinuvi buzilganda
uchraydi.
Eng zarur profilaktika- kislota va boshqa kimyoviy moddalarni og‘izga
ta’sir qilmaslik choralarini ko‘rish kerak, respiratorlar bilan ishlash kerak.
Kislota bug‘lari hosil bo‘lmaslik choralarini qo‘llash, havo tortadigan
ventilyatsiyalar yaxshi ishlashi kerak, apparatlarni uzoqdan turib
boshqaradigan qilish kerak. Sexlarda og‘iz chayqaydigan ishqorlar, choy
sodasi eritmalari bo‘lishi kerak.
Har 3-6 oyda stomatolog-shifokor qurib turishi kerak. Koronkalar,
sun’iy tishlar quyish, ortopedik davolash mumkin.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling