Rivojlantirish instituti
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tish nekrozi
Tishdagi eroziya
Emal va dentinning biror qismi asta-sekin kamayishi natijasida tishlarda eroziya hosil bo‘ladi. Sabab ma’lum emas. Asab, ruhiy kasalliklar, podagra, endokrinologik xastaliklar, ayniqsa treotoksikozda eroziya tishlarda uchrashi kuzatilgan. Tishlarning asosan dahliz yuzasida yumoloq yoki tuxumsimon nuqson, chuqurcha hosil bo‘ladi. Tish eroziyasi aktiv o‘tkir va stabillashgan surunkali bo‘lishi va bir- biriga o‘tishi mumkin. Bunday bo‘lish treotoksikozning qaytalashida kuzatilgan. Emalning qattiqligi kamayadi, dentinning qattiqligi biroz oshadi. Tishda eroziya bo‘lgan joyda Nasmiy pardasi (kutikula) yupqalashadi, prizmalarda o‘zgarish — demineralizatsiya bo‘ladi. Emalda mis, rux, temir, kobliy kabi mikro-elementlar kamayadi. Prizmalararo oraliq kengayadi. Dentinda yaltiroq o‘rinbosar dentin hosil bo‘ladi, dentin naylari torayadi, oblitirasiyalanadi. Davolash: Avvalo kasallikning asosiy sababini davolash kerak. Vitaminlar, mikroelementlar, kalsiy tuzlari tavsiya etiladi, og‘iz tozaligi gigiyenasiga ahamiyat berish kerak. Tishlar ftorlak, 1-2% natriy ftorid eritmasi, 10% glyukonat kalsiy eritmasi, poliminerol, remodent kabilar bilan davolanadi. Tish erozasiyani plombalash, koronka kiygazish mumkin. Tish nekrozi To‘qimalarning mikroblarsiz o‘lgani nekroz deyiladi. Tish to‘qimalari nekrozi og‘ir kasallik bo‘lib, ko‘pincha tishlarning tamomila yo‘q bo‘li- shiga sabab bo‘ladi. Endokrin va ekzogen faktorlar ta’sirlar tish nekrozi 4 8 bo‘lishiga muxim rol o‘ynaydi. Asab, ichki sekretsiya bezlari, nasl, turli xil surunkali zaxarlanishlar, tishda nekroz bo‘lishiga olib keladi. Ishqor, kislotalar va boshqa zararli moddalarning tishga ta’siri natijasida nekroz bo‘lishi mumkin. Tish o‘lganga o‘xshaydi, emal rangi kulrang bo‘ladi. Dentin esa pigmentlanadi, sarg‘ish, jigarrang tusga kiradi. Qora dog‘lar hosil bo‘lishi mumkin. Tish nekrozida tish pulpasi ham o‘ladi, nekrozlanadi. Tish nekroziga diagnoz qo‘yish oson, davolash qiyin. Bemorni xar tomonlama yaxshilab tekshirib, asosiy sababini topish va davolash kerak. Tishning bo‘yin qismida uchraydigan nekroz ko‘pincha homilador ayollarda va gipoteriozda, tuzlar, oqsillar, modda almashinuvi buzilganda uchraydi. Eng zarur profilaktika- kislota va boshqa kimyoviy moddalarni og‘izga ta’sir qilmaslik choralarini ko‘rish kerak, respiratorlar bilan ishlash kerak. Kislota bug‘lari hosil bo‘lmaslik choralarini qo‘llash, havo tortadigan ventilyatsiyalar yaxshi ishlashi kerak, apparatlarni uzoqdan turib boshqaradigan qilish kerak. Sexlarda og‘iz chayqaydigan ishqorlar, choy sodasi eritmalari bo‘lishi kerak. Har 3-6 oyda stomatolog-shifokor qurib turishi kerak. Koronkalar, sun’iy tishlar quyish, ortopedik davolash mumkin. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling