Rivojlantirish instituti
II Tishlar chiqandan so‘ng hosil bo‘ladigan kasalliklari
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
II Tishlar chiqandan so‘ng hosil bo‘ladigan kasalliklari
Tishda ponasimon nuqson. Tishlarning bo‘ynida ko‘pincha dahliz yuzasida ponaga o‘xshash, qalqonsimon nuqson asta-sekin hosil bo‘lib, chuqurlashib boradi. Ko‘pincha oldingi bir ildizli tishlarda, yoshi ulg‘ayganda bo‘ladi. Bu kasallik sabablari aniq ma’lum emas. Og‘iz bo‘shlig‘ida hosil bo‘luvchi kislotalar, karashlar natijasida, qattiq tish cho‘tkalari bilan yuvilganda, oshqozon-ichak kasalliklarda, asab kasalliklarida, endokrin bezlar kasalliklarida va boshqalarda bu nuqson uchraydi. Ponasimon nuqson bor bemorlarning ko‘pchiligida, tishlarda edirilish ham bo‘ladi. Avvalo tishlar bo‘ynida notekkislik, darz, yoriq hosil bo‘ladi, buni kattalashtiruvchi oyna bilan ko‘rish mumkin. Bu buzilish chu- qirlashib, kengayib borib, qalqon, pona shaklga aylanadi, devorlari silliq, qattiq bo‘ladi. S.M. Mahmudxonov (1968- y.) nuqsonni 4 xil bosqichga bo‘ladi. 1. Boshlanish bosqich — darz bo‘lishi, notekkislik aniqlanadi. 4 6 2. Yuz bosqichi — 3mm. Bo‘yicha 0,2 mm chuqurlikda nuqson bo‘ladi. 3. O‘rta bosqichi — 4mm bo‘yiga nuqson 450 burchak hosil qiladi, sarg‘in bo‘ladi. 4. Chuqur bosqichida — 5mm.dan ortiqli nuqson bo‘lib, tagi, yoni silliq yaltiroq bo‘ladi. Bu nuqson simmetrik bo‘lib, ko‘pincha oldingi tishlarning dahliz yuzasida, tishlar bo‘ynida bo‘ladi. 5. Bemor estetik jihatdan shikoyat qiladi. Davolash umumiy va mahalliy bo‘ladi. Giperestaziya, sezgirlik, og‘riq bo‘lsa og‘riqni qoldiruvchi dorilar qo‘llaniladi. 75%-nartiy ftorid surmasi, 75% storonsiy xlorid surmasi, poliminerol eritmasi, 1,2,3,4% li natriy ftorid eritmasi ishlatiladi. Chuqur nuqsonlarni plombalash mumkin, koronkalar kiygazish mumkin. Umumiy davolanishda asosiy kasallikni yaxshilab davolash kerak. Sifatli vitaminlarga boy, sutli yaxshi ovqatlanish buyuriladi. Glyukanat kalsiy 0,5—1 tabletkadan 3 marta 1 kunda tavsiya etiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling