Rivojlantirish instituti


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Tishlarning yedirilishi
Tishlarda fiziologik va patologik edirilishlar bo‘ladi. Bolalarda tishlar
chiqqach, kurak tishlarni kesishish yuzasidagi kichik emal do‘mboq-
chalari asta-sekin yediriladi.
Normada tishlarda fiziologik edirilish prosessi bo‘ladi. Tanada modda
almashinuvi natijasida, edirilishning kuchayishi natijasida patologik
edirilish hosil bo‘ladi.
Chuqur, noto‘g‘ri, to‘g‘ri prikusda, ichki sekresiya bezlari, ayniqsa
qalqonsimon bez oldi bezlari, jinsiy bezlarning funksiyasining buzilishi,
diabet kasalligi, asab kasalliklari, kechasi tishlarni g‘ichirlatishlarda, gipo-
vitaminozlarda, raxitda va boshqa turli moddalar almashinuvi prosessi
buzilishi sababli patologik yedirilish bo‘ladi.
Bundan tashqari patologik edirilishda kasalning roli ham bor, ota-
onasida tish yedirilishi bo‘lsa bolalarda ham uchraydi.
Yumshoq yoki qattiq ovqat yeyish ham rol o‘ynaydi. Kasblar ta’sirida
karnaychi, surnaychi, kosiblarda ham tishlar turlicha yedirilishi mumkin.
3% xlorid kislota eritmasini, sirkani ovqatlanishda doimiy ishlatuvchi
bemorlarda, kimyo zavodlari ishchilarida tishlarning yedirilishi bo‘ladi.
Chirchiq, Qo‘qon, Olmaliq, Navoiy kimyo zavodlarida ishchilarning
tishlarida yedirilish va boshqa o‘zgarishlar bo‘lishi aniqlangan (Bekmetov
M.V. 1983 y).
X—XII asrlarda tishlarda yedirilish ko‘p bo‘lganligi I.P.Lukomskiy
1984- yilda yozgan: 30 yoshgacha yedirilish tish emalida, 40 yoshdan
yedirilish dentinda ham boshlanadi. Dentin ochilib qolib, rangi o‘zgaradi,
sarg‘ish tusga kiradi.
Yedirilgan tishlar turli ta’sirotlardan og‘rishi mumkin. Noto‘g‘ri
qo‘yilgan plomba, tish protezlari ham tishlarda edirilshiga sabab bo‘lishi
mumkin.


4 7
Tishlarda yedirilish asosan ikki xil bo‘ladi: gorizontal va vertikal.
Bitta tishda va bir necha tishda bo‘ladi.
M.I. Groshikov (1985- y) tishlar edirilishini 3 bosqichga bo‘lgan:
1-bosqichda tishni kesuvchi yuzasida, emalning koronka do‘mboq-
larida biroz edirilish bo‘ladi.
2-bosqichda emal tamomila yedirilib, dentin ochilib qoladi.
3-bosqichda emalning deyarli hammasi, dentinning ko‘p qsmi
yedirilgan bo‘ladi, tish kovagigacha bo‘ladi.
Yedirilish emalda sekin, dentinda tez bo‘ladi, pulpa ko‘rinib qoladi,
ochilmaydi, chunki o‘rinbosar dentin hosil bo‘ladi.
Pulpada atrofiya, gialinizatsiya, odontoblastlarda vakuolizatsiya, qon
tomirlarda skleroz, staz, tromboz bo‘ladi. Tishlarning edirilish natijasida
prikus kamayib, tashqi ko‘rinishida o‘zgarish bo‘lishi mumkin.
Davolashda avvalo maxalliy sabablarni yo‘qotish kerak. O‘tkir tish
qirralarini bormashina bilan silliqlash kerak. Ortopedik usullarni ishlatish
tish yemirilishini to‘xtatish mumkin. Shunda pasaygan prikusni to‘g‘irlash
mumkin bo‘ladi. Og‘riqni qoldiruvchi dorilarni ishlatish kerak.
Gliserinfosfat kalsiy 0,5, fitin 0,5 dan har kuni bir oy ichishni tavsiya
etishgan (Fedorov Yu.A).

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling