Rivojlantirish instituti
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Periodont. Periodont periodont bo‘shlig‘ida joylashgan. Bu oraliqning
qalinligi normal holatda 0,1-0,2 mm bo‘lib, ichki qismi sement bilan, tashqi qismi jag‘ suyagi o‘sig‘i bilan, yuqorida fiziologik tish-milk cho‘ntagi, tagi esa tishga kiruvchi nerv-qon tomirlar yig‘indisi bilan chegaralangan. Periodont yoki perisement — "tish yoni", "atrofi" yoki "sement yoni" ma’nosini anglatuvchi lotincha so‘z bo‘lib, asosan qattiq qo‘shuvchi to‘qima tolalaridan tashkil topgan. Bu tolalar temirdek mustaxkam bo‘lib, qalinligi 4-10 mkm bo‘ladi. Sharipeev tolalari deb nomlangan: tish ildizining bo‘yin qismi gorizontal yo‘nalishda bo‘lib, tishning aylanma bog‘lovchi qismini hosil qiladi va fiziologik tish-milk 1 3 cho‘ntagining asosi hisoblanadi. Tish ildizining o‘rta qismida bu tolalar qiyshiq joylashib, yuqori qismi jag‘ suyagining alveolyar o‘sig‘iga va pastki qismi sementga kiradi. Tish ildizining uch qismida bu tolalar vertikal yo‘nalishda bo‘ladi. Sharipeev tolalari orasida oz miqdorda yumshoq qo‘shuvchi to‘qima bo‘lib, amortizasiya funksiyasini bajaradi. Tishga tushgan bosim butun periodont bo‘yniga tarqaladi. Bu yumshoq to‘qimada fibroblastlar, fibrositlar, plazmatik, limfatik va boshqa hujayra- lar bor. Bundan tashqari, unda qoldiq epitelial Malyasse hujayralari bo‘lib, ular shishlar hosil bo‘lganda ko‘payadi. Sement yaqinida semento- blastlar, sementositlar, jag‘ suyagi alveolyar o‘sig‘i yaqinida esa osteob- lastlar, osteositlar bo‘ladi va periodontda plastik xususiyat bo‘lishini ta’minlaydi. Periodontda qo‘shuvchi to‘qima tolalari milk, jag‘ suyagi, sement orqali dentindagi tolalar bilan qo‘shilib, bog‘langan bo‘lganligi tufayli, periodont trofik funksiyani bajaradi. Ya’ni tishni oz bo‘lsada osmos yo‘li, tolalar orqali tish to‘qimalarini, asosan sement, dentinni oziqlantiradi. Tishni davolashda pulpani olib, tish tojlari plombalan- gandan so‘ng, bu tishlar o‘n yillab xizmat qilishi periodont tufaylidir. Periodontga nerv, limfa, qon tomirlar, jag‘ suyagi alveolyar o‘sig‘i va tishga kirayotgan nerv, limfa, qon tomirlari bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Periodont funksiyasi turlichadir: A) tishni jag‘ suyagi o‘sig‘i orasida bog‘lab, ushlab turadi va tishga tushgan bosimni har tomonga barobar tarqatadi. B) Periodont sezish-sensor xususiyati bor, u reflekslarga boydir. D) Barerlik — mudofaa qilish vazifasini bajarib, plastik va trofik xususiyatlarga ega. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling