Rivojlantirish instituti
P E R I O D O N T I T . P E R I O D O N T T O ‘ Q I M A S I N I N G
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
P E R I O D O N T I T . P E R I O D O N T T O ‘ Q I M A S I N I N G
ANATOMIK VA GISTOLOGIK TUZILISHI Periodont — bu ikki so‘z o‘zagi — peri atrof, yoni degan ma’noni, odont tish degan ma’noni bildirib, tish atrofidagi qo‘shuvchi to‘qimadan iborat bo‘lib, u tishning ildiz qismidagi sement bilan jag‘lar suyaklar alveolyar o‘simtalarining ichki devorlari orasidagi periodopt bo‘shlig‘ini to‘ldirib turadi. Periodont bo‘shlig‘i, yorig‘i alveola kompakt suyak plastinkasi, ildiz sementi va tish aylana boylamlari (lig. circularae dentis) bilan chegaralangan. Periodont yorig‘ining kengligi pastki va yuqori jag‘ tishlarida turlicha, lekin o‘rtacha kengligi 0,2—0,25 mm (E.V. Leviskaya va boshqalar, 1973, E.V. Borovskiy, 1989). Tish ildizining uchki qismida 1 mm gacha bo‘ladi. Periodont yorig‘ining kengligi turli holatlarga ham bog‘liq. Odamning yoshiga, tishlarining rivojlanishiga, ularning o‘z vazifalarini ado etish darajasiga va nihoyat, patologik jarayonlarning kechishiga bog‘liq. Antagonisti bo‘lmagan, tish qatorida turmagan tishlarda periodont to‘qimasining qalinligi (yoki periodont yorig‘ining kengligi) qisqaradi — 0,1—0,15 mm ni tashkil etadi. E.M.Gofung (1946) bo‘yicha periodont yorig‘i pastki jag‘da 0,15—0,22 mm ni, yuqori jag‘da esa ancha kengroq, 0,2—0,25 mm ni tashkil etadi. Periodont yorig‘i tish ildizining o‘rta qismida qisqarganroq, tish ildizining uchida hamma vaqt kengroq bo‘ladi. Periodont yorig‘i haddan tashqari bosim ostida xizmatini ado eta- yotgan tishlarda, periodont to‘qimasida kechadigan patologik jarayonlar oqibatida, ildiz sement kengayishi (gipertrofiyasi)da va boshqa shunga o‘xshash holatlarda ham o‘zgarishi (kengayishi yoki torayishi) mumkin. Agar alveola suyagida yallig‘lanish bo‘lsa, unda ildiz sementi, suyak, ular bilan periodont to‘qimasining emirilishi yuz berishi mumkin. Periodont fibroz qollagen tolalaridan, yumshoq qo‘shuvchi to‘qima, hujayrali elementlar, ko‘p sonli qon, limfa tomirlari asab tolalaridan iborat. Asosiy hajmi kollagen tolalaridan iborat bo‘lsada, ba’zi mualliflar (A.I. Ribakov, E.M. Platonov, 1968) periodont tarkibida elastik tolalar ham borligi to‘g‘risida ma’lumot berishadi. 1 5 8 Elastik tolalarning bir boshqa turi bu oksitalan fibrillari yoki tola- laridir. Oksitalan tolalar ham periodont to‘qimasining tish bo‘yin va ildiz cho‘qqisi atrofidagi qismlarida, xususan o‘ta tashqi ta’sirot ostidagi tish periodontlarida ko‘proq yig‘iladi. Oksitalan tolalar kislotalarga chida- mliligi uchun bu nomni olganlar. Ular kollagen tolalari bilan qo‘shilib, aralashib turadilar. Ular qon tomirlari bilan qon tomir — oksitalan tuzilmasini hosil qilishadi. Periodontda, shuningdek, argirofil tolalar, xususan ko‘p ildizli tishlarda bo‘ladi. Demak, periodont to‘qimasi qo‘shuvchi to‘qimadan iborat bo‘lib, unda hujayralararo modda, fibroz kollagen tolalari va qo‘shuvchi to‘qima qavatlaridan o‘tgan qon va limfa tomirlari va asab tolalari mavjud. Periodontning fibroz tolalari qo‘shilib qalin tuguncha — boylam hosil qiladi (ular 5—10 mkm diametrli), bular bir uchi bilan ildiz sementiga va ikkinchi uchi bilan esa, alveola suyak to‘qimasiga kirib, suyakning g‘ovak qismigacha (lekin ilikka kirmasdan) joylashadi. Kollagen tutam- larining alveola suyagiga va ildiz sementiga kirgan qismlari Sharley tolalari degan nom bilan yuritiladi. Ildiz uchida fibroz to‘qima kamaygan, yumshoq to‘qima esa ko‘p bo‘ladi. Kollagen tolalari polipeptid molekula- laridan tashkil topganligi uchun elektron mikroskop ostida kollagen fibrillari ko‘ndalang chizg‘ilar shaklida ko‘rinadi. Fibroz tolalar periodont to‘qimasining joylashgan joyida turlicha yo‘nalishlarda joylashgan. Tish bo‘yin qismida fibroz tutamlari gorizontal yo‘nalishda joylashgan. Bu erda ular alveola suyagi ustidan va milkdan keladigan tolalar bilan birlashib, tish aylana boylamini hosil qiladi. Tish aylanma boylami 3 guruh tolalardan iborat: I guruh tolalarga milk cho‘ntagining ostidan sementga yopishadiganlar, II guruh-milk va milk so‘rg‘ichlaridan tish bo‘yin qismiga yoyilib yo‘nalgan tolalar bo‘lib, ular milk qirralarini qattiq ushlab, xarakatsiz holatda saqlab, tishlarga yopishib turishini ta’minlaydi va nihoyat, III guruhga tishlar oralaridagi tolalar kirib, ular ikki yonma- yon tishlarni bir-biriga bog‘lab turadilar. (E.M. Gofung, 1946, S.I. Vays, 1965, A.I. Ribakov, 1968, E.V. Leviskaya va boshqalar, 1973, E.V. Bo- rovskiy, 1989, 1998). Tish aylanma boylami periodont yorig‘ini tish bo‘yin qismida yopib turadi va shu bilan periodontga turli tashqi yot narsalar va mikroblarni kirishiga to‘sqinlik qiladi. Periodont to‘qimasining asosiy hajmini tashkil etadigan kollagen tola- lar, tish ildiz qismiga turli qiyshiq yo‘nalishlarda joylashgan. Fibroz tolalarning suyak to‘qimasiga kiradigan sementga kiradiganlariga nisbatan yuqorida joylashgan. Bu hol tishni o‘z katagida qattiq ushlab turilishini ta’minlaydi. Periodont to‘qimasida tangensial tolalar ham bo‘lib, tishning o‘z o‘qi atrofida xarakatini to‘xtatib turadi. 1 5 9 Bo‘yin qismida gorizontal tolalar, ildiz uchida ildizdan alveola suyagi tomon radial tolalar joylashgan. Kollagen tutamlari cho‘zilmaydi, lekin tishlarning fiziologik qimirlashlari tolalarning qayrilib, qiyshayib joylashganligi tufaylidir. Kollagen tutamlari orasida yumshoq qo‘shuvchi to‘qimalar bo‘lib, ular asab va qon tomirlarini o‘rab turadi va al’veola devoridagi teshiklar orqali alveola suyak to‘qimasining iliklar bo‘shliqlari bilan bog‘lanadi. Tolalar tutamlari orasida oz miqdorda fibroblast, yakka-yakka adashgan, tarqoq hujayralar joylashadi. Yumshoq to‘qima qayerda ko‘p bo‘lsa, ana o‘sha joylarda hujayralar ham ko‘p. Retikulo-endotelial hujayralar periodont to‘qimasining hamma erida uchraydi, xususan ildiz uchi qismida (E.M. Gofung, 1946). Ildiz sementi yaqinida (chegarasida), sementoblastlar ikkilamchi hujayrali sement hosil qiluvchi hujayralar, alveola chegarasida esa, osteoblastlar — suyak to‘qimasini hosil qiluvchi hujayralar joylashgan. G.V. Yasvoin, I.A. Mexteyslarning ma’lumotlari bo‘yicha retikulo- endotelial hujayralar gistiosit (makrofag) lardan iborat bo‘lib, ular tomirlar atrofida joylashgandir. Shuning uchun ularni "advensial (tomir devori pardasi ustidagi) gistiositlar" deb atashni taklif etishgan. I.I. Medvedev va A.G. Varshavskiylar esa, gistiositlar butun periodont to‘qimasi bo‘ylab joylashganligi, sog‘lom tishlarda kam, yallig‘lanish jarayonida (periodontit) ko‘payishini aniqlashgan. E.M. Gofung kuzatuvlari shuni ko‘rsatdiki, gistiositlar asosan ildiz uchi qismida va tish bo‘yin qismida, milk cho‘ntagi tubini qoplab turuvchi epiteliy ostida joylashgan. N.A. Astaxov fikricha, epiteliy hujayralari granulema va kistalarning epitelial qobig‘ini hosil bo‘lishida ishtirok etadilar. Periodont to‘qimasidagi epitelial hujayralar asosan ildiz uchi qismida joylashadi va Malyasse hujayralari degan nom bilan yuritiladi. Ular qoldiq hujayralar, ya’ni tish hosil qiluvchi epiteliy qoldiqlari xisoblanadi. Ularning kelib chiqishi, vazifalari va ahamiyatlari to‘g‘risida turli fikrlar mavjud. N.A. Astaxov, 1928, V.G. Vorobyev va T.V. Yasvoin, 1936, V.N. Lvov, 1928 va boshqalar Malyasse hujayralari emal a’zosining qoldiqlari deyishsa, O.V. Petrova (1955) — Malyasse hujayralari qo‘shuvchi to‘qimalarini metaplaziyasi oqibatida hosil bo‘lishini, I.G. Lukomskiy (1929) esa bu hujayralar og‘iz shilliq pardasini qoplagan epiteliydan o‘sib o‘tganligini aytishadi. Periodontda tomirlar tizimi yaxshi rivojlangan. Periodont to‘qimasini oziqlantiradigan qon tomirlari a. alveolaris superior, posterior et anterior (yuqori jag‘da) va a. alveolaris inferior (pastki jag‘da) lardan ajralgan tish shoxchalari nomi bilan (rami dintalis) ataluvchi qon tomirlari ildiz cho‘qqisi (uchi) orqali kiradilar. Bu shoxchalar yana maydalashgan shoxchalar shaklida periodont to‘qimasiga kirib, qalin periodont turini 1 6 0 hosil qiladilar va ular asosan, ildiz chuvdisi atrofida joylashgan. Periodont to‘qimasining o‘rta va bo‘yinoldi qismlarining oziqlanishi alveolalararo arteriya shoxlari (rami interalveolaris) opqali amalga oshadi. Bu shoxlar esa venalar bilan birga alveola devorlarida bo‘lgan ko‘p sonli teshiklardan kiradi. Bu teshiklardan kirgan alveolalararo tomir ustunchalari perio- dontga kirib tish shoxchalari (rami dentalis) bilan birlashadi, qo‘shiladi, ya’ni anastomoz hosil qiladi. Aylanma boylamda va ildiz cho‘qqisida (uchida) hosil bo‘ladigan qalin turlar, kapillyarlar tugunchalari, ilgaklaridan tuzilgan bo‘lib, o‘ramchalar, shaklida joylashgan (A.B. Izachik, 1914). Bularning tuzilishi buyrakdagi tomirlar tuzilishiga o‘xshaydi. Limfa tomirlari qon tomirlariga o‘xshab ildiz bo‘ylab joylashgan va ular pulpa, alveola suyagi va milk tomirlari bilan uzviy bog‘langan. Tomir-asab tugunchasida joylashgan limfa tomirlari orqali pulpa va periodontdan limfa oqadi. Jag‘larning suyak ustki pardasi va jag‘lar atrofidagi yumshoq to‘qimalardagi limfa tomirlari bilan jag‘ tanasining tashqi va ichki yuzalaridagi limfa tomirlari birlashib, qo‘shilishib katta xalqali limfatik to‘r hosil qiladilar. To‘rdan chiqadigan tomirlar iyak osti, jag‘ osti va quloq oldi limfa tugunlari, bezlariga quyiladi. Periodont n. trigeininis-ning alveola asab tolalari xisobiga yaxshi innervasiyalashgan. Tolalarning (asab) bir qismi tish o‘ramidan, boshqa qismi suyak bo‘shliqlari, Gavers kanallari orqali suyakdan, shuningdek, milk tomondan jag‘ suyak pardasi (periost)dan tugunchalar va tolalar shaklida kiradi. Kattaroq asab tomirlar tugunchalari alveola devori bo‘shliqlarida joylashib, tomirlar va asab tolalarini tish xarakatlari, ularga tushadigan bosimlardan asrab, qo‘riqlab, ximoyalab turadi va shu bilan perio- dontning amortizasiya vazifasini o‘tashi ta’minlanadi. Shunday qilib, periodont-bu to‘qimalar yig‘indisi (kompleksi) bo‘lib, u genetik umumlikka, o‘xshashlikka ega bo‘lib, turli vazifalarni bajarishga xizmat qiladi: qo‘riqlash (ximoyalash) amortizatsiya, ushlab turish (fiksatsiya), oziqlantirish (trofika), hosil qilish, yaratuvchilik (plastika) va sezgirlik (sensor). Eng muxim vazifasi himoya, qo‘riqlashdir. Bu periodont to‘qimasi- to‘suvchi (barer) to‘qima ekanligini, organizmni tashqi turli zararli narsalar-ta’sirotlar (mikroorganizmlar, zaxarlar, toksinlar, dorilar va hokazo) dan ximoyalab turishidir. Sog‘lom periodont ma’lum darajada organizmni allergik holatini keltirib chiqaradigan odontogen (tish orqali) infeksiya va ichki zaxarlanish (intoksikatsiya) lardan ximoyalab turadi va desensibilizatsiya rolini o‘ynaydi. Periodontning amortizasiya vazifasi undagi katta miqdorli suyuqlikning (60% ga yaqin) to‘qimalararo joylashgan teshikchalar va 1 6 1 hujayralar kolloidlari bilan tomirlar va tolalar hajmlarining o‘zgarishini muvofiqlashib, birga ta’sir etishi orqali amalga oshadi. Periodont gidravlik tizimga o‘xshash xarakatda bo‘lib, tishlarga chaynov bosimini butun periodont yorig‘ining devorlariga teng taqsimlaydi. Shuning uchun, tishlarga tushadigan katta bosim periodontning amortizatsiya funksiyasi tufayli alveolalarga zarar yetkazolmaydi. Periodontning ushlab turishi (fiksatsiya) deganda, tishlarni tish katakchalarida turish vazifasini tushi- namiz. Periodont tishni nafaqat katak bilan bog‘lab turadi, balki, uni ushlab ham turadi (aylanma boylam, alveolalararo va ildiz cho‘qqisidagi tolalar yordamida). Tish aylanma boylamini hosil bo‘lishida periodont qatnashib tishlarni fiziologik qimirlashini ta’minlab turadi. Periodontning oziklanishi va oziqlantirish (trofika) vazifasi unga kirgan va pulpa tomirlari bilan anastomozlashgan qon tomirlar orqali amalga oshadi. Periodont sement va tish ildiz dentinini, hamda alveola suyagining kompakt plastinkasini oziqlantiradi. Periodont sezgirlik vazifasini o‘zidagi boy innervasiya orqali bajaradi. Plastik vazifasi esa periodontdagi sementoblastlar (ikkilamchi, hujayrali sement hosil qilish) va osteoblastlar (alveola suyagi qatlamlarini hosil qilish) orqali bajariladi. Qon va limfa aylanish tizimining umumiyligi, paradont to‘qimalari (pulpa, milk, periodont va alveola suyagi) orasidagi boy anastomoz turlari, umumiy innervatsiya va oziqlanish, ularning anatomik va funksional birligini, vazifalarining o‘xshashligi va patologik jarayonlar kechish sharoitlarining ham o‘xshashligi periodontning amortizatsiya, bog‘lovchilik, sezgirlik (sensor), oziqlanish va surilish vazifalarining buzilishida yaqqol ko‘rinadi. Ildiz sementi tish ildizining dentin to‘qimasini yopib, qoplab turadi va u bilan radial tolalar orqali bog‘langan. Bu tolalar esa dentinning Korf tolalari bilan bog‘langan. Boshqa tomondan, radial tolalar periodontning qolgan tolalar tutamiga davom etadi. Sement to‘qimasi 2 turga bo‘linadi: birlamchi (hujayrasiz) sement, amorf tarzda bo‘lib, tish ildizini hamma yuzasini yopib turadi. Ikkilamchi (hujayrali) sement esa, ildizning uchki qismi (ildizning uchdan bir qismi) va ko‘p ildizli tishlarning bifurkasiya qismlarida joylashgan. Hujayrali (ikkilamchi) sementda sementoblastlar boshqa sement hujayralari bo‘lganligi tufayli, ma’lum sabablar (o‘ta bosim, yallig‘lanish) oqibatida yangi sement to‘qimasini hosil qilish vazifasini bajaradi. Sementda kanallar, qon tomirlari yo‘q, lekin to‘qimaning oziqlanishi periodont tomonidan sement tanachalari va sementosid o‘simtalari orqali amalga oshadi. Alveola ichki va tashqi devorlar va ular orasida joylashgan bo‘shliqlari, kanallari bor bo‘lgan (spongioz) suyak to‘qimasidan iborat. 1 6 2 Alveolaning ichki kompakt devori silliq, yupqa va teshikchalari bo‘lib, unga periodont kollagen tolalarining tutamlari kirib, g‘ovak suyak to‘siqlarigacha etib boradi. Suyak to‘siqlari bo‘shliqlarida periodontning yumshoq qo‘shuvchi to‘qimasi va alveola suyagining ko‘mikli moddasidan chiqqan tomirlar va asab tolalari joylashgan. Alveolaning tashqi devori yupqa va uning teshiklari orqali periodont jag‘ suyagning ustki pardasi bilan bog‘lanadi. Shunday anatomik tuzilishda bo‘lgan bu devor og‘iz daxlizida bo‘lishi mumkin bo‘lgan shish, qizarish, yiring chiqadigan oqmalarning paydo bo‘lish mexanizmini anglatadi. Shuning bilan bir paytda, bunday patologik holatni xususiy og‘iz bo‘shlig‘ida kam bo‘lishi (qattiq tanglayda va til tomonda) ham oydinlashadi. Alveolaning kompakt plastinkasi ostida alveolaning bo‘shliqli (spongioz) suyak to‘siqchalari joylashgan va ular asta-sekin jag‘ suyaklari bo‘shliqli moddasiga o‘tadi. Periodont to‘qimasi odamning yoshiga qarab ham o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar 3 davrga bo‘linadi: 1 davr 20—24 yosh. Periodont asosan shakllanadi, kollagen tolalar yetiladi va ular joylashgan joylarida anik shaklga ega buladi. II davr 25—40 yosh. Periodont o‘z tuzilishi shakllanishida turg‘unlik bo‘lib, juda kam o‘zgaradi. III davr 40 yosh dan keyin turli destruktiv o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Kollagen tolalarning ayrimlarida tarqoqlik, rang o‘zgarishlar bo‘lishi kuzatiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling