Rivojlantirish instituti
Periodontitning kelib chiqish sabablari (etiologiyasi)
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Periodontitning kelib chiqish sabablari (etiologiyasi)
va rivojlanishi (patogenezi) Kelib chiqishi bo‘yicha periodontitlar 2-ga bo‘linadi: infeksiyali va infeksiyasiz, noinfeksiya. Noinfeksionperiodontitlar o‘z navbatida yana ikkiga bo‘linadi: dorilar (medikamentoz) va jarohatlar oqibatida kelib chiqadigan periodontitlar. Patologik jarayonning periodontitni qaysi qismida, ya’ni joylashishiga qarab ildiz cho‘qqisi (apikal periodontitlar), chetki, yon (marginal), hamda umumiy (diffuz, total) periodontitlarga bo‘linadi. Bular orasida eng ko‘p uchraydigan — infeksiyali periodontitlar xisoblanadi. Infeksiyali periodontitlarda infeksiyaning to‘qimaga kiradigan yo‘llari turlicha. Infeksiya (mikroblar va ularning zaxarlari) asosan tish kanali (lari) orqali pulpit kasalligida, pulpa chiriganda (nekroz) yuz beradi. Mikroblardan eng ko‘p uchraydiganlari — nogemolitik, ko‘kimtir, gemolitik strepto- kokklardir. Bu kokklar bilan bir qatorda laktobakteriyalar, hamirturush- simon zamburug‘lar ham bor. Periodontga infeksiyaning tushishi (o‘tishi) patologik tish-milk cho‘ntagi orqali ham bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, tish ichi-kanali (interdental) yo‘llari orqali infeksiya periodont to‘qimasiga tushishi va uni yallig‘lantirishi mumkin. Tish tashqarisidan infeksiyani periodontga o‘tishining yana bir yo‘li — bu qo‘shni tishlar 1 6 3 atrofidagi infeksiyani tish yonlaridan yoki lateral joylardan ildizlararo va alveolalararo bo‘shliqlar, teshiklar cribra alvejiaria orqali per conti- neutatem yo‘li yoki kontakt yo‘li bilan o‘tishidir. Paradont kasalliklarida (paradontit, surunkali gingivit) infeksiya periodontga tish bo‘yin qismidan kirib, patologik cho‘ntagi orqali ham o‘tishi mumkin. Va nihoyat, infek- siya yuqumli kasalliklar, osteomiyelit, ostit, gaymorit, sepsis va boshqa shunga o‘xshash kasalliklarda qon orqali gematogen va limfogen yo‘llar bilan ham tushishi mumkin. Demak, infeksiya asosan tish ildizi orqali (intradental) tish tash- qarisidagi (ekstradental) yo‘llar-patologik tish-milk cho‘ntagi, qo‘shni yallig‘langan o‘choqlar va qon, limfa orqali periodontga tushishi va uni yallig‘lantirishi mumkin ekan. Infeksiyani periodont to‘qimasiga tushishining yana bir yo‘li bor — bu sog‘lom pulpali tishlar emal qavatining emirilishi oqibatida, emal- dentin yoriqlari (dentin kanalchalari) orqali ekstradental kirish yo‘lidir. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling