Periodontitning rivojlanishi (patogenezi)
Periodontitning rivojlanishi yaxshi o‘rganilgan. Yallig‘lanish jarayoni
asosan mikroblar va ularning zaxarlarini ildiz kanali va boshqa yo‘llar
orqali periodontga tushishi oqibatida ro‘y beradi. Kasallikning kelib
chiqishi uch narsaga — organizmning umumiy holati, uning reaktivligi
va qarshilik ko‘rsatish kuchi, tushadigan mikroblar soni va ularning
chidamliligi, kuchliligiga bog‘liq. Birinchi davrlarda o‘tkazilgan mikro-
biologik tekshiruvlar periodontitni chaqiruvchi mikroblar borligini aniq-
lashga yo‘naltirilgan. Lekin bu tadqiqotlar periodontitni chaqiruvchi
spesifik-xos mikroblarning yo‘qligi, balki periodont to‘qimasining
yallig‘lanishiga juda ko‘p mikroblar, zamburug‘lar va boshqalar sababchi
bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Keyingi tekshirishlar natijasiga ko‘ra, mikroblardan ko‘ra, ularning
zaxarlari (toksinlari) streptokokk va umuman grammusbat mikroorga-
nizmlar qobiqlarini jarohatlashi oqibatida periodont to‘qimasiga salbiy
ta’sir ko‘rsatar ekan. Shu jarayon oqibatida endotoksinlar periodontda
biologik faol maxsulotlar to‘planishi va ular ta’sirida tomirlar o‘tkazuv-
chanligini oshishi va bu hol esa, o‘z navbatida, limfositlarni, makro-
faglarni, lizosom fermentlarni oshishiga, bu esa osteoklastlar faoliyatini
kuchayishiga olib keladi. Ana shunday qilib periodont va uning atrofidagi
suyak to‘qimasining emirilishi yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |