Rivojlantirish instituti
O‘tkir yiringli periodontit (per. acuta purulenta)
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
O‘tkir yiringli periodontit (per. acuta purulenta)
O‘tkir yiringli periodontit jadallashgan lo‘qqilovchi og‘riq bilan xarakterlanadi. Og‘riqlar uchlamchi (nervus trigeminus) asab shoxlari orqali kasal tish joylashgan tarafdagi quloqqa, chakkaga yoki ko‘zga tarqaladi, irradiasiya qilinadi. O‘tkir pulpitlardagidan farqli o‘laroq, o‘tkir yiringli periodontitda og‘riqlar vaqt-vaqti bilan tutqanoqsimon emas, balki doimiydir, faqat ayrim paytlarda salgina pasayishi mumkin (remissiya). Tish ildiz cho‘qqisida ekssudatning yig‘ilishi, to‘planishi natijasida bemorda go‘yoki tish o‘sgan, o‘z xonasidan-katagidan chiqqandek sezgi paydo bo‘ladi. Shuning uchun bemorlar og‘iz bo‘shlig‘ini ochiq holatda, tishlarni bir-biriga tegizmasdan yuradilar. Kasal kishining umumiy ahvoli ham o‘zgaradi: bexuzurlik, noxush sezgilar, bosh og‘rig‘i, uyqu buzilishi kabilar. Obyektiv ko‘rikda tishda kariyes kovagi va u bilan tish bo‘shlig‘i orasi yopiq yoki tish butun bo‘lishi mumkin. Tish pulpa to‘qimasi gan- grenoz parchalangan, chirigan holda bo‘ladi O‘tkir yiringli periodontitda gorizontal va vertikal perkussiya og‘riq beradi, chunki yallig‘lanish perio- dont to‘qimasining butun satxini qamrab olgan. Agar kasallik cho‘zilgan bo‘lsa, unda kasal tish yonlaridagi qo‘shni tishlarda ham perkutor og‘riq bo‘lishi mumkin. Tish qimirlashi yaxshigina, sezilarli ravishda qayd etiladi. Kasal tish atrofidagi milk shishgan, qizargan, shish og‘iz burma- lariga va qo‘shni tish atroflariga ham tarqaladi. O‘tuvchi burmalarni paypaslaganda (palpasiya) og‘riq paydo bo‘ladi. Jag‘ osti, iyakosti limfa tugunlarida "kattalashish va og‘riq; borligi aniqlanadi. Kasal tish tomondagi yumshoq to‘qimalarda (kollaterial) shish bo‘lib, ular turli 1 7 0 kattalikka, satxlarga ega bo‘ladi. Lekin shishning katta-kichikligi yallig‘- lanish og‘ir-yengilligiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Ba’zi odamlarda periodontitning boshlang‘ich paytlarida ham chetki shishlar (kollaterial) bo‘lishi mumkin. Chetki shishlarni flegmonadan farqi shundaki, bunda paypaslash deyarli og‘riqsiz, flegmonada esa og‘riqli bo‘ladi. Kasal tomondagi teri tarang, yaltiroq bo‘ladi. Laboratoriya tekshirishlari bemorlar qon tarki- bida leykositoz (15—20 ming) eritrositlar chukish tezligi (EChT) oshganligi qayd etiladi. Rentgenologik tekshirishlar periodont yorig‘ining kengayishi va kasallikning 5—6- kunlarida alveola ko‘migi ko‘rinishining xiralishuvidan tashqari boshqa hech qanday o‘zgarish borligini ko‘rsatmaydi. Perio- dontitni keyingi rivojlanishi, undagi ekssudatni chiqish yo‘llariga bog‘liq. Klinik kuzatuvlar o‘tkir periodontitdagi ekssudat 4 yo‘l bilan xarakat qilib chiqishi mumkinligini ko‘rsatadi. Birinchi yo‘l — ekssudat ildiz kanali orqali tish kovagiga chiqishi mumkin. Bu eng ko‘p va qulay yo‘l bo‘lib xisoblanadi. Bu yo‘l tabiiy yoki sun’iy bo‘lishi mumkin. Ikkinchi ekssudat chiqish yo‘li — periodont yorig‘i orqali tish bo‘yin qismi bo‘ylab, periodont tolalarini yirtib, tish aylanma boylamini jaro- hatlab, tish marginal (bo‘yin) qismidan chiqadi. Bu hol tishni qimirlab qolishiga (aylanma boylam jarohati tufayli) olib keladi. Bu yo‘l periodont to‘qimasi jarohatlanishi bilan kechadi va yaxshi yo‘l emasligini ko‘rsatadi. Ekssudat xarakatining uchinchi yo‘li — bu alveola o‘simtasi bo‘sh- liqlari va suyak kanallari orqali jag‘ suyak ustki pardasi ostigacha borib yig‘iladi va suyak ustki pardaosti abssessi yoki milk osti abssessini hosil bo‘lishiga olib keladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling