Rivojlantirish instituti
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi faza.
Birinchi faza. Bu intosikasiya fazasi bo‘lib, periodont to‘qimasida
yallig‘lanishning boshlanishi, ko‘pincha pulpitni o‘z vaqtida to‘la davola- maslik natijasida ro‘y beradigan davridir. Bunda bemorlar kasallangan tishda uzoq, to‘xtovsiz simmilovchi og‘riq borligiga shikoyat etishadi. Ba’zida bemor tish bosilganida ham og‘riq paydo bo‘lishi, vertikal perkussiyada ham og‘riq bo‘lishi, lekin tish atrofidagi yumshoq to‘qima- larda o‘zgarish bo‘lmasligi qayd etiladi. Chetki (regiona) limfa tugunlari salgina kattalashgan va ozgina og‘riqli bo‘lishi mumkin. Bundagi patologoanatomik o‘zgarishlar periodont to‘qimasiga turli mikroblar, fizik, kimyoviy va boshqa salbiy ta’sirotlar oqibatida yuzaga keladigan hujayralar modda almashiluvi (metabolizmi) ning buzilishi, sut kislotasini to‘planishi va asidozning rivojlanishi, bular esa shish paydo bo‘lishi va qon tomirlar o‘tkazuvchanligini oshganligi bilan xarakter- lanadi. Mikroskop ostida yallig‘lanish alomatlari — qizarish, tomirlar atrofidagi to‘qimalarda zardob so‘rilganligi, perivaskulyar yallig‘lanish, shish ko‘rinadi. Ikkinchi faza. Bu fazada ekssudasiya jarayoni to‘xtovsiz simmillaydigan og‘riqlar bilan kechadi. Tish bosilganda, xattoki arzimas bosim tushganda, tegilganda ham og‘riq seziladi. Vertikal va boshqa yo‘nalishdagi perkussiya ham og‘riqli bo‘ladi. Tishni patologik qimirlab qolishi, bemor kasal tishining go‘yoki o‘sganligiga shikoyat qilishi mumkin. Bu hollar periodont to‘qimasining vazifalari infiltrasiya oqibatida buzilganligi, to‘qima tuzilishining buzilganligi (tolalar, fibroz tolalar, kollagenlar), tish atrofidagi milk qizarishi va shishishi, paypaslab ko‘rilganda esa, undagi og‘riq paydo bo‘lishi kabi noxush kasallik alomatlariga olib keladi. Pulpa o‘lganligi sabab, kasal tish xaroratga (issiq, sovuq) reaksiya bermaydi. Ayrim hollarda tish atrofidagi, og‘iz burmalaridagi va jag‘ni o‘rab turuvchi yumshoq; to‘qimalarda shish, og‘riqlar paydo bo‘la boshlaydi. Og‘iz burmasi shish tufayli tekislangan. Bunda perkussiyaga nisbatan palpasiya qilganda, ko‘proq og‘riq, seziladi. Abssess paydo bo‘lganda shilliq osti qavatida yaqqol ko‘rina boshlaydi. Agar abssess yorilsa, oqma yo‘llar, shilliq qavatda yoki terida bo‘lib, ulardan yiring chiqa boshlagach, bemor salgina engillik sezadi, lekin simillab turgan doimiy og‘riqlar qoladi. Yuqori jag‘dagi kichik (premolyar) va katta (molyar) chaynov tishlar atrofidagi abssesslaridan ekssudat gaymor bo‘shlig‘iga o‘tib, uning yallig‘lanishiga olib kelishi, unda tana xaroratining ko‘tarilishi, qon 1 7 2 tarkibidagi patologik o‘zgarishlar (leykositoz, eritrositlar cho‘kishining oshishi) va gaymoriga (odontogen gaymorit) xos belgi, alomatlar yuzaga keladi. Paypaslab regionar limfa bezlarining shishganligi va undagi og‘riqlar borligi qayd etiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling