Rivojlantirish instituti
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Yiring (ekssudat) suyakning Folkman va Gavers suyak kanallari orqali
o‘tadi. Suyak ustki pardasida elastik tolalar bo‘lmaganligi sababli, unga ekssudat kira olmasdan uni ko‘tarib, ostki qismida to‘planadi. Vaqt o‘tishi bilan suyak ustki pardasi ham eriydi va yiring yumshoq to‘qimalarga o‘tib, milkosti abssessini yuzaga keltiradi. Suyak ustki pardasi ostida abssess hosil bo‘lishi, bemorning umumiy holatini yomonlashtiradi, birdan tana xarorati ko‘tariladi, boshi og‘riydi, uyqusi buziladi. Bemor o‘tkir chidab bo‘lmas lo‘qqilovchi, uzuvchi og‘riqqa shikoyat qiladi. Abssesslar ko‘pincha lab, lunj tomonlarda joylashadi. Oldingi yon kesuvchi tishlar, yuqori jag‘ molyar — oziq tishlarining tanglay ildizlaridagi ekssudat tanglay abssesslariga sababchi bo‘lishlari mumkin. Juda kam hollarda 4 yo‘l — erigan, chirigan suyak to‘qimasi orqali jag‘ suyaklariga o‘tishi mumkin. Shuni ta’kidlash zarurki, ekssudat apikal teshigi orqali qonga ham o‘tadi, ana shuning oqibatida, o‘tkir periodontitlar, xususan o‘tkir umumiy (total) yiringli periodontitda, ayniqsa bolalarda, septik holat — tana xaroratining ko‘tarilishi, holsizlik kabi holatlar yuzaga keladi. Agar o‘z vaqtida davolash muolajalari to‘la ravishda olib borilsa, yallig‘langan 1 7 1 periodont tuzaladi, bemor davolanadi, albatta periodont to‘qimasining me’yordagi holati tiklanmaydi, chandiqlar qoladi, lekin periodont o‘z vazifasini bemalol bajaraveradi. Agar davolanish oxiriga etkazilmasa, o‘tkir periodontit surunkaliga o‘tadi. Periodontitni o‘tkir yallig‘lanishida ma’lum bosqichlar — fazalar qayd etiladi. M.I.Groshikov periodontdagi o‘tkir yallig‘lanishni yaxshi tushinish, to‘g‘ri davolash maqsadida 2 fazaga ajratishni tavsiya etgan: Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling