Rivojlantirish instituti


O‘tkir medikamentozli (toksik-zaxarlanish) periodontitning


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

O‘tkir medikamentozli (toksik-zaxarlanish) periodontitning
intoksikasiya davrini davolash
Bu turdagi o‘tkir periodontitni margimushdan kelib chiqqan o‘tkir
periodontit deb ham ataladi.
Chunki, uning kelib chiqishiga ko‘pincha shifokor aybdordir: pulpitda
pulpa to‘qimasini o‘ldirish (devitalizasiya), jonsizlantirish uchun qo‘lla-
nadigan margimush tishda uzoq (48 soatdan ko‘p) turib qolganda yoki
mishyak dozasini oshirib qo‘llash natijasida periodont to‘qimasi kuyadi
va unda og‘riqlar, xususan kasal tishga bosganda, paydo bo‘ladi.
Davolash uchun, eng avvalo, kanal (lar) dagi pulpani olib tashlash
zarur. Kanal antiseptiklar (3%-li vodorod peroksidi, 2%-li xloramin
kabilar) hamda tripsin, ximotripsin eritmalarya bilan yaxshilab yuviladi.
1—2 kunga kanalda antidot (5%-li yod yoki 5%-li unitol, 1%-li yodinol
eritmalari) turunda shaklda qoldirilib, tish germetik yopiladi. Iloji bo‘lsa,
5%-li yod bilan kanal elektroforezi o‘tkaziladi (20 daqiqadan 2—3 marta,
tok kuchi 2—3 mkA). Bemorlarga og‘iz bo‘shlig‘ini iliq (42°C-li) soda
eritmasi bilan chayish og‘riqni pasaytiradigan analgetiklar qabul qilish
tavsiya etiladi. Og‘riq qolgach, yallig‘lanish alomatlari o‘tib, kasal
shikoyatlari yo‘qolishi bilan kanal (lar) ildiz cho‘qqisigacha plombalanadi
va doimiy plomba qo‘yiladi.
Lekin davolash muolajalari o‘tkazilganligiga qaramasdan o‘tkir
medikamentoz periodontit alomatlari pasaymasa, og‘riq davom etsa,
bemor ikkinchi marta kelganida 5%-li yod bilan elektroforez (ko‘p ildizli
molyar tishlarda) yoki fiziologik eritma bilan galvanizasiya (oldingi
tishlarda) o‘tkazilgach (1—2 marta, ba’zida 2—3 marta) ko‘zlangan
maqsadga erishish mumkin va undan keyin kanal plombalanib doimiy
plomba qo‘yilsa bo‘ladi.


1 7 9
Agar davolanish yaxshi natija bermasdan, og‘riq kuchayib, tish
atrofidagi va og‘iz burmasidagi yumshoq to‘qima shishsa, unda
antibiotiklar ichish, yoki ularni ukol qilib tish atrofiga o‘tkazish,
fizioterapevtik muolajalar o‘tkazish zarur.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling