Mavzu: bo'yin umurtqa tuzilishi va xususiyatlari reja


Download 5.47 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi5.47 Kb.
#1473740
Bog'liq
BO\'YIN UMURTQA TUZILISHI VA XUSUSIYATLARI


STAMATALOGIYA 102-GURUH TALABASI BO’RIYEVA SEVINCH

mavzu:

  • BO'YIN UMURTQA TUZILISHI VA XUSUSIYATLARI

Reja:

  • 1. Bo’yin muskullari.
  • 2.Umurtqa tuzilishi
  • Bo’yin muskullarini o’rganishda oldingi orqa yon tomonidagi muskullarga to’xtalib o’tamiz. Bo’yinning oldingi muskullari ikki guruqga bo’linadi: (til osti suyagidan yuqori pastdagisi, umurtqa suyagi oldingi va umurtqa suyagi asosida yotuvchilarga).
  • Plastik aqamiyatga ega bo’lganlaridan bo’yin tеrisi ostidagi, to’sh-o’mrov so’rqichsimon, ikki qorinli va kurak til osti muskullaridir. To’sh-o’mrov so’rqichsimon muskul (m. Sternocledo-mostoideus) eng mustaqkam to’sh va o’mrov suyaklaridan ikkita boshcha qolida boshlanib, chakka suyagining so’rqichsimon o’siqiga yopishadi. Ikkita boshchasi orasida o’mrov suyagi ustida uchburchak shaklda chuqurcha mavjud. U chuqurcha muskul qisqargan paytida yaqqol ko’rinadi. uar ikkala muskul bir vaqtda qisqarganida boshni tik ushlab turadi yoki orqa tomonga engashtiradi. Bir tomondagi muskul qisqarsa bosh o’sha tomonga engashadi va qarama-qarshi tomonga bo’riladi.
  • Bo’yinning yon tomondagi muskullarga oldingi o’rta va orqadagi narvonsimon muskullar kiradi. Ular bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’siqlaridan oldingisi (m. Scalenus anterior) 3-6 umurtqada, o’rtadagisi (m. Scalenus medea) barcha bo’yin umurtqasidan va orqadagi narvonsimon muskul (m. Scalenus posterior) 5-6 umurtqalardan boshlanib 1,2-qovurqa suyaklariga yopishadi. Bu muskullar qisqarganida 1, 2- qovurqalarni yuqoriga ko’taradi va nafas olish aktida qatnashadi.
  • Umurtqa pogʻonasi - odam va umurtqali hayvonlar skeletinint asosiy qismi. Ontogenezpa togʻayli yoki suyakli umurtqa tanasi rivojlanib, embriondagi xordaning dastlab bir oz qismi, keyinchalik hammasini egallagan. Toʻgarak ogʻizliyaar, ikki xil nafas oluvchilar, yaxlit boshlilar, osyotrsimonlarning voyaga yetgan individlarida Umurtqa pogʻonasi yoʻq, juft yoylar esa yaxshi rivojlangan xordaga joylashgan. Suvdagi umurtqali hayvonlarning quruqlikda yashashga oʻtishi Umurtqa pogʻonasining tayanch rolini oshirdi. Umurtqa pogʻonasi orqa miya ham taʼsirlardan himoya qiladi.
  • Umurtqa pogʻonasi ahamiyatiga koʻra qator qismlarga boʻlinadi. Balikdar Umurtqa pogʻonasi qovurgʻali tana va dum, qurukliqsagi umurtqali hayvonlarniki boʻyin, koʻkrak, bel (baʼzi guruh vakillarida yoʻq), dumgʻaza va dum qismlaridan iborat. Boshni atrofga harakatlantirish zarurati boʻyin qismining paydo boʻlishiga olib kelgan. Amfibiyalarda bitta, sudralib yuruvchilarda 4—9 (baʼzilarida koʻp), qushlarda 11—25, sut emizuvchilarda 7—10 ta boʻyin umurtqasi bor. Umurtqa pogʻonasining koʻkrak qismida qovurgʻalar boʻlib, koʻpchiligi toʻsh suyagi bilan birikib koʻkrak qafasinn (amfibiyalarda yoʻq) hosil qiladi. Bel qismda (amfibiyalar va sudralib yuruvchilarda yoʻq) rudimentar qovurgʻalar mavjud. Dumgʻaza umurtqalari (amfibiyalarda bitta, sudralib yuruvchilarda 2, sut emizuvchilarda 1 —10 ta va h.k.) chanoq suyagi bilan koʻrinishi oʻzgargan qovurgʻalar yordamida tutashgan.
  • Odamda Umurtqa pogʻonasi boʻyin, koʻkrak, bel, dumgaza va dum suyaklari — umurtqalarning ustmaust qoʻshiluvidan tashkil topadi. Umurtqa pogʻonasi shu umurtqa tanalarining orasida joylashgan togʻay disklar hisobiga uzayadi. Umurtkalar birbiriga ulanib borishi natijasida umurtqa kanali hosil boʻlib, unda orqa miya yotadi. Odam Umurtqa pogʻonasi kishining tik yurishiga moslashgan boʻlib, pastga qarab kengayib boradi. Umurtqa pogʻonasining boʻyin, bel, koʻkrak va dumgaza qismlarida fiziologik bukilmalar bor. Boʻyin va bel qismidagi bukilmalar lordoz (fiziologik lordoz), koʻkrak va dumgʻaza qismidagi bukilmalar kifoz (fiziologik kifoz) deb ataladi. Boʻyin va bel qismlari oldinga, koʻkrak va dumgaza qismlari orqaga qarab bukilgan boʻladi. Bu bukilmalar bola boshini mustaqil koʻtarib turishi, oʻtira boshlashi va tik yurishidan boshlab shakllanadi.

Download 5.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling