Rivojlantirish instituti


Surunkali periodontitlar. (Per. chronica) Fibrozli periodontit


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Surunkali periodontitlar. (Per. chronica) Fibrozli periodontit
(periddontitis fubrosa) ning kelib chiqishiga sabab uzoq muddat davo-
mida jarohat, bosim, infeksiya, yallig‘langan pulpa qoldig‘i kabi kuchsiz
ta’sirotlar deb kelingan.
Bunda periodont qalinlashgan, zich ko‘pincha gipersementoz borligini
ko‘rish mumkin. Periodont yorig‘i kengaygan, lekin alveolaning kompakt
plastinkasi o‘zgarmagan. Qalinlashgan qo‘pol tolali to‘qimaning ayrim
joylarida limfositlar bor holos, boshqa hujayralar yo‘q.
Periodontning sog‘lom joylaridagi tolalari o‘zgarmagan. Fibrozli
periodontit ko‘pincha asoratsiz o‘tadi, intoksikasiya deyarli bermaydi.
Ba’zi paytlarda, tish kariyes kovagi ochiq, ya’ni tish kovagi bilan tish


1 6 6
kanali bevosita aloqador, ba’zida esa kariyes tish kovagi bilan tish kanali
o‘rtasida dentin to‘sig‘i bor (yopiq) bo‘lishi mumkin. Agar tish kovagi
bilan kanal o‘rtasida to‘siq bo‘lmasayu, ovqat qoldiqlari bilan bekilib
qolsa, ana o‘sha hollarda ozgina og‘riq bo‘lishi mumkin.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling