Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi
Download 3.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo (1)
NAZORAT SAVOLLARI !
1. Adobe photoshop dasturi nimalar qilish uchun mo’ljallangan? 2. Photoshopni ishga tushirish qanday amalgam oshiriladi? 3. Qo’shimcha asbobni qanday chiqariladi? 4. Ixtiyoroi shaklli fragmentlar ajratish yilini ko’rsating? 5. Ma’lum maydon qanday ajratiladi? 1-topshiriq: Adobe photoshop dastirida to’g’ri shaklli fragmentlar ajrating 2-topshiriq: Photoshop ma’lum maydon ajratib olib kerakli joyga qo’ying 38-ma’ruza Tasvirlarni boshqarish Reja: 1. Kompyuter grafikasining turlari 2. Kompyuter grafikasining har xil ko'rinishlari 3. Tasvirlarni boshqarish PhotoShopda ishni boshlash uchun unga birorta tasvirni yuklab olish yoki yangi tasvirni yaratish kerak bo'ladi. Bu amallarni qanday amalga oshi- rish bilan tanishib chiqamiz. Odatda, PhotoShopda mavjud tasvirlar qayta ishlanadi. Lekin ba'zan unda yangi tasvir yaratishga ham to'g'ri keladi. Yangi tasvirni yaratish uchun Ctrl+N (New - yangi so'zidan olingan) qo'shtugmasini bosish yoki asosiy menyuning Файл (Fayl) bo'limining birinchi bandi Создать... (... ni yaratish) bandini tanlash kerak. Natijada ekranda quyidagi Новый (Yangi) mu- loqot oynasi paydo bo'ladi. Oynaning o'ng tomonidagi OK (Ha) tugmasini bosib, taklif qilinayotgan parametrlar bo'yicha yangi tasvirni yaratish; Отмена (Bekor qilish) tugmasini bosib, yangi tasvir yaratishdan voz kechish mumkin. Bu tugmalar ostidagi Сохранить набор параметров (Parametrlar to'plamini saqlash) tugmasini bosib, o'rnatilgan parametrlardan keyingi tasvirlarni yaratishda foydalanish uchun saqlab qo'yish mumkin. Удалить набор ... (Parametrlar to'plamini o'chirish) tugmasi kerak bo'lmay qolgan parametrlar to'plamini o'chirib tashlash uchun xizmat qiladi. Bu tugmalar ostida yaratiladigan tasvirning hajmi ko'rinib turadi: Новый Oynaning chap tomonidagi Имя (Nom) maydonchaga yangi tasvir fayli uchun nom kiritiladi. Uning ostidagi Набор (To'plam) maydonchasida parametrlar to'plamini tanlash mumkin. Odatda, bu parametrlar oxirgi yuklab olingan tasvir parametrlari bilan bir xil bo'ladi. Bu ro'yxatdan keraklisini tanlab parametrlarni birdaniga o'zgartirish mumkin. Paramertiaroi bevosita muloqot oynasidagi maydonchalarda o'zgartirish ham mumkin. Ulardan asosiylari Ширина (Eni) va Высота (Balandligi) lardir. Mavjud tasvirlarni ochish uchun Ctrl+O (Open - ochish so'zidan olingan) qo'shtugmasini bosish yoki asosiy menyuning Файл (Fayl) bo'limining birinchi bandi Открыть ... (Ochish) bandini tanlash kerak. Natijada ekranda quyidagi Открыть (Ochish) muloqot oynasi paydo bo'ladi. Bu muloqot oynasi bilan ishlash boshqa ilovalar, masalan, Word yoki Excel ning shu nomli muloqot oynalari bilan ishlashdan deyarli farq qilmaydi. PhotoShop oxiigi ochilgan fayllar ro'yxatini saqlab qo'yadi. Bu ro'yxat- dagi tasvirlarni ochish uchun asosiy menyuning Файл (Fayl) bo'liroidagi Последние документы (Oxirgi hujjatlar) bandidan foydalaniladi. PhotoShopda qilingan ishlarni saqlash uchun bir nechta buyruqlar mav- jud. Ulardan birinchisi Ctrl+S qo'shtugmasi yordamida chaqiriladi. Bu buy- ruq joriy tasvirni joyi va nomini o'zgartirmasdan saqlab qo'yadi. Download 3.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling