Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi


modeli deyiladi. Ma’lumotlarning iyerarxik modeliga mos holda yaratilgan ma’lumotlar  omboriga ma’lumotlarning iyerarxik ombori


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/290
Sana30.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1734972
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   290
Bog'liq
Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo (1)

modeli deyiladi.
Ma’lumotlarning iyerarxik modeliga mos holda yaratilgan ma’lumotlar 
omboriga ma’lumotlarning iyerarxik ombori deyiladi.
Ma’lumotlarning iyerarxik tizimini yaratish va undan foydalanish uchun 
yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning iyerarxik tizimi deyiladi.
Quyidagi misol orqali iyerarxik tizimni ifodalash mumkin:


Iyerarxik tizimli jadvalning birinchisida qator nomeri unda joylashgan mahsulot 
turini izlashda kerar bo‘ladi. Ikkinchi va uchunchi sathdagi jadvalga esa har bir
mahsulotning narxi haqidagi ma’lumot berilgan. Ma’lumotlar omborini iyerarxik 
tizim tartibida tashkil qilish foydalanuvchi uchun ma’lum qulayliklar yaratadi.
Tarmoqli tizim. Tarmoqli tizimli iyerarxik tizimga nisbatan ancha 
qulayliklarga ega, chunki bu tizimda ma’lumot (fayl) lar o‘rtasida ko‘p yo‘nalishli 
aloqalar o‘rnatish mumkin. Bunday aloqalar foydalanuvchiga kerakli ma’lumot 
(fayl) shajaraning yuqori sathlaridagi fayllarga murojaat bilmasdan topish imkonini 
beradi. Masalan, do‘kondagi mahsulotlar jadvali bilan mahsulotlar narxi jadvallari 
orasida bog‘liqlik o‘rnatilib, u kerakli mahsulot narxini topish imkon beradi.
Bir pog‘onadagi ma’lumotning boshqa pog‘onadagi ma’lumot bilan ikki yoki 
undan ortiq marta bog‘lanadigan turiga ma’lumotlarning tarmoqli modeli 
deyiladi.
Ma’lumotlarning tarmoqli tizimini yaratish va undan foydalanish uchun 
yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning tarmoqli tizimi deyiladi.
Relyatsion tizim. Relyatsion tizim 1970-yilda IBM firmasining xodimi E.F.Kodd 
tomonidan taklif etilgan bo‘lib, hozirgi paytda eng ko‘p tarqalgan tizimlar qatoriga 
kiradi. Chunki bu tizimda ma’lumotlar orasida eng qulay bog‘lanishlarni amalga
oshirish mumkin.
Ma’lumotlarning relyatsion modeliga mos holda yaratilgan ma’lumotlar 
omboriga ma’lumotlarning relyatsion ombori deyiladi.


Ma’lumotning relyatsion tizimini yaratish va undan foydalanish uchun 
yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning relyatsion modeli 
deyiladi.
Ma’lumotlarning jadval ko‘rinishida saqlanishiga ma’lumotlarning relyatsion 
modeli deyiladi.
Relyatsion tizimdagi elementlarda shajaraning yo‘qligi tufayli bu qulaylikka 
erishiladi. Axborotni izlashda barcha elementlardan kalit sifatida foydalanish 
mumkin. Ya’ni ixtiyoriy tuzilishiga ega ma’lumotni ikki o‘lchamli jadval ko‘rinishiga 
keltirish mumkin.
Relyatsion tizim sifatida telefon ma’lumotnomasini tuzish masalasini ko‘rib 
chiqamiz. Masala, «har bir telefon nomeri ko‘rsatilgan abonentning manzili, uning 
kategoriyasi belgilangan ro‘yxatni tuzing» kabi o‘qiladi.

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling