Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/290
Sana30.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1734972
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   290
Bog'liq
Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo (1)

Nazorat savollari: 
1. Ma’lumot tushunchasiga ta’rif bering.
2. Ma’lumotlar ombori deganda nimani tushunasiz.
3. Ma’lumotlar omborining asosiy tuzilmasi nima?
4. Ma’lumotlar omborining qanday turlarini bilasiz? 
 
16-ma’ruza 
Ma’lumotlar bazalari. SQLga kirish. 
Reja: 
1. Ma’lumotlar omborini yaratish. 
2. MOni yarаtishning muhim shаrti 
3. Ma’lumotlar omborini boshqarishda qo’llaniladigan dasturlar 



Nazorat savollari: 
1. Ma’lumot tushunchasiga ta’rif bering.
2. Ma’lumotlar ombori deganda nimani tushunasiz.


3. Ma’lumotlar omborining asosiy tuzilmasi nima?
4. Ma’lumotlar omborining qanday turlarini bilasiz? 
 
17-ma’ruza 
Arifmetik, mantiqiy operatorlar. 
 
Reja: 
1. SQL so’rovlar tili 
2. SQL so’rovlar tilining asosiy komponetlari 
SQL (Structured Query Language) tili strukturalashgan so’rov tili deyilib, u 
ma’lumotlar bazasi bilan a’loqa o’rnatish uchun xizmat qiladi. SQL tili 70 yillar 
oxirida IBM firmasi tomonidan Sytem r nomli ma’lumotlar bazasini boshqarish 
tizimining tajribaviy loyihasini ishlab chiqish doirasida yaratildi. Keyinchalik IBM 
firmasi tomonidan Sytem r ga yaqin bo’lgan yana ikkita sistema - SQL/DS i DB2 
sistemalari ishlab chiqildi. Bu tilning xalqoro standarti 1986 yili ishlab chiqildi va u 
1989 yilga kelib yanada kengaytirildi, lekin uning to’liq xalqaro standarti 1992 yil 
qabul qilindi. 1995 yilga kelib SQL92 standarti yangi komponentalar bilan 
to’ldirildi. Birinchi bo’lib SQL dan foydalanish Oracle MBBTda ishlatildi. Hozirgi 
kunda ko’pgina ishlab chiqilgan relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish 
tizimlari (MBBT) SQL92 standartini ishlatmoqda. Hozirgi kunda bu standart ham 
kengaytirilib SQL:2003, SQL:1999 -standartlari ishlatilmoqda. Bu standart tillari 
ancha murakkab bo’lib, u «asosiy» (entry), «oralik» (intermediate) va «tulik» (full) 
pogonalariga bo’linadi.
SQL quyidagi komponentalarni o’z ichiga oladi: 
-adminstrativ ma’lumotlar vositasi; 
-tranzaksiyalar balan boshqarish vositasi; 
-DLL (Data Definition Language) ma’lumotlarni aniqlash tili; 
-DML (Data Manipulation Language) ma’lumotlar ustida manipulyatsiya 
qilish (murakkab harakatlar bajarish) tili; 
-DQL (Data Query Language) ma’lumotlar bazasiga so’rovlar tili. 


Adminstrativ ma’lumotlar - ma’lumotlar bazasini yaratish, unga kirishga 
ruxsat berish va parollarni o’zgartirishda kerak bo’ladi. 
Tranzaksiya - bu ma’lumotlar bilan monipulyatsiya qilib ketma-ket 
operatsiyalar yordamida MBBTga ta’sir etishdir. Tranzaksiya yoki to’liq bajariladi 
va ma’lumotlar bazasini bir butun holatdan ikkinchi bir butun holatga o’tkazadi, 
yoki agar ma’lum sababga ko’ra tranzaksiyaning biror holati bajarilmaydigan 
bo’lsa yoki sistemada biror xatolik yuz bersa, ma’lumotlar bazasi boshlang’ich 
holatiga qaytadi.
Ma’lumotlarni aniqlash tili - ma’lumotlar bazasi jadvalini tuzish, o’zgartirish 
yoki o’chirish, indeks tashkil qilish (ma’lumotlarni tez izlab topish vositasi), har xil 
foydalanuvchilar bilan ishni tashkil qilish va boshqa kabilarni amalga oshiradi. 
Ma’lumotlar ustida manipulyatsiya qilish tili - ma’lumotlar bazasiga yozuvni 
qo’shish, o’chirish yoki yangilash imkonini beradi. 
So’rovlar tili - foydalanuvchi tamonidan berilgan kriteriyalar asosida kerakli 
ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasidan tanlab olishni tashkil etib beradi. 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling