Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/290
Sana30.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1734972
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   290
Bog'liq
Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo (1)

Nazorat savollari: 
7. Iqtisodiy sohalarda qo’llaniluvchi qanday dasturlarni bilasiz?
8. 1C: Buxgalteriya dasturining asosiy tamoyillari nimlardan iborat? 
9. Asosiy menyu nimalardan tashkil topgan?
10. Ro’yxatlar bilan ishlashda namalarga e’tibor berish kerak?
11. Dasturni tavsiflang.
12. Servis menyusi haqida gapiring.
 
35-ma’ruza 
Tarjimon dasturlari. Socrat, Promt, Uz-Lat, tarjimon dasturlarida 
ishlash 
 
Reja: 
1. Tarjimon dasturlari 
2. Socrat, Promt dasturlari haqida tushuncha 
3. Uz-Lat, tarjimon dasturlarida ishlash. 


Hozirgi kunda dunyoda ingliz tilidan boshqa tillarga va boshqa tillardan ingliz 
tiliga avtomatik tarjima qiluvchi dasturlar keng qo`llanilyapti. Bu ingliz tilining 
xalqaro muloqot borasida yetakchi rol o`ynayotganligi bilan izohlanadi. Ingliz tili 
o`rganish uchun ancha qulay va sodda, lekin uning soddaligi avtomatik tarjima 
sistemalari uchun kutilmaganda qo`shimcha qiyinchiliklar tug`diradi. Hamma gap 
shundaki, ingliz tilidagi bir xil yozilgan so`zlar ko`pincha nutqning turli qismlariga 
tegishli bo`ladi. Bu gapning grammatik tahlilini qiyinlashtiradi va avtomatik 
tarjimadagi qo`pol xatolarning yuzaga kelishiga olib keladi. 
Rus tilidan ingliz tiliga va ingliz tilidan rus tiliga avtomatik tarjima qilish 
sistemalaridan Socrat va Stylus kabi dasturlar keng tarqalgan. Stylus, shubhasiz, 
tarjimada yana ham yuqori sifat va o’zgaruvchanlikni ta’minlaydi. Stylus
dasturining so’nggi versiyasida o’z nomini o’zgartirdi va u endi PROMT98 deb 
ataldi. 
PROMT98 sistemasi universal, shu bilan birga ixtisoslashgan lug’atlardan iborat 
boy tarkiblarni o’z ichiga olib, ulardan foydalanishni boshharuvchi vositalarni o’z 
ichiga oladi. Bironta ham lug’atga kirmagan so’zlar tarjimasini mustaqil ravishda 
aniqlab, iste’mol luhatida saqlaydi. Bundan tashqari, PROMT 98 dasturi xususiy 
ismlar va tarjima qilish talab etilmaydigan boshqa so’zlar, masalan, qisqartma 
so’zlar bilan ishlash qoidalarini ko’rsatish imkonini ham beradi. 
Dasturning qo’shimcha imkoniyatlari fayllarning turkum tarjimalari, 
tekislanmagan matnlarning tezkor tarjimalari, shuningdek, Internetdagi Web
sahifalarini sinxron tarjima qilish imkonini o’z ichiga oladi. Ushbu sahifalarini 
alohida ilova dasturlar sifatida amalda tadbiq etilgan. 
PROMT98 dasturi o’rnatilgandan so’ng bosh menyuda uni ishga tushirishga izn 
beruvchi punktlar paydo bo’ladi. 
PROMT98 interfeysi Windows (95, 97,98,2000) operatsion sistemasi 
talablariga muvofiq amalga tatbiq etilgan. 
Bevosita asboblar paneli ostida joylashgan qism ilova oynasining ishchi 
sohasi deb atalib, u bir necha sohachalarga bo’lingan. Ikkala asosiy zonalar 
boshlang’ich matn va uning tarjimasini o’z ichiga oladi. 
lova oynasining pastki qismida axborot paneli joylashgan. U 
foydalanilayotgan lug’atlarni aks ettirish va tanlash, tarjima qilinayotgan 
hujjatning dasturga noma’lum bo’lgan so’zlari ro’yxatini olish va tarjima qilish 
lozim bo’lmagan so’zlar ro’yxatini boshqarish 
uchun mo’ljallangan uchta
qo’shimcha varaqadan iborat. 


Ilova oynasining pastki qismida menyu satri ostida asboblar paneli 
joylashgan. Ular hujjat bilan ishlash imkoniyatini beruvchi piktogrammalar 
ro’yxatidir. PROMT 98 da ishlash uchun bu dastur xotirasiga chaqiriladi va 
“Создать” piktogrammasi bosiladi. Natijada “Направленые перевода” (tarjima 
yo’nalishi) oynasi hosil bo’ladi. 
Biror tilda yozilgan matnni tarjima qilish uchun “Направленные превода” 
bandidan foydalaniladi. Bu yerda, masalan, rus tilidan ingliz tiliga tarjima qilish 
uchun “Russko-Angliyskiy” bandi tanlanadi va “OK” bosiladi. Bunda kompyuter 
avtomatik ravishda rus tilida yozilgan matnni ingliz tiliga tarjima qiladi va tarjima 
qilingan matn ekranning quyi qismida ko’rsatiladi. Shuni aytish kerakki, kompyuter 
hozircha 100% to’la va aniq tarjima qila olmaydi, albatta. Lekin, tarjima sifati oshib 
boruvchi dasturlar yaratilish jarayoni davom etmoqda. 
Biror faylda joylashgan matnni tarjima qilish uchun avtomatik tarjima qilish 
imkoniyati mavjud. Buning uchun, avvalo, faylni boshlang’ich matn bilan to’ldirish 
kerak, albatta. Bu amalni bajarish “Файл/Открыт” bilan yoki asboblar paneli 
yordamida bajariladi. 
Boshlang’ich faylni o’zgartirish muloqot oynasini ochadi. Buning sababi
matn fayllar turli formatga ega bo’lishi mumkinligidadir. Shuning uchun ushbu 
muloqot oynasida avtomatik tarzda fayl formati va tarjimaning zaruriy yo’nalishi 
tanlanadi.
Foydalanuvchining faqat parametrlar to’g`ri berilganligiga ishonch hosil 
qilib, “OK” tugmasi bosish kerak bo’ladi, xolos. Boshlang’ich hujjat kompyuterga 
kiritiladi va avvaliga vaqtinchalik tarjima qilinuvchi matn va u bilan birga tarjima 
o’z o’rnida aks etadi. Tarjima amalga oshishi uchun “Перевод/Весь” tekst bandini 
tanlash kerak. Tarjima anchagina murakkab va sekin o’tuvchi amaldir. Shuning 
uchun tarjima dasturning asosiy oynasida boshlang’ich matnni o’tkazib turish va 
boshlang’ich matnni boshqa tildagi matn bilan almashtirib borish mumkin. 
Hujjatning oxiriga yetib kelgach, boshlang’ich tarjima natijasi matnlarini 
ko’rib chiqish va shu bilan birga tahrir ham qilish mumkin. 
Agar tarjima qilinuvchi matnga o’zgartirishlar kiritilsa, o’zgartirilgan 
abzatslarnigina tarjima qilinadi. Buning uchun “Перевод текущего абзаца” (joriy 
abzats panelidagi) buyrug’idan foydalaniladi yoki tarjima dasturi asboblar 
panelidagi “Текущи абзац” (joriy abzats) bandi bosiladi. Ushbu holatda 
tarjimaning barcha qolgan abzatslari o’zgarishsiz qoladi. 


Avtomatik tarjimaning sifati qanday lug’atdan foydalanilayotganligiga 
bog’liq.PROMT98 sistemasi umum iste’moldagi so’zlardan iborat bo’lgan bosh 
lug`at, shuningdek turli sohaning ixtisoslashgan lug’atlarini o’z ichiga oladi. 
Ixtisoslashgan lug’atlarga bo’lgan zaruriyat inson faoliyatining turli jabhalarida 
ushbu sohaga tegishli tushunchalarni ifodalovchi turli terminlar qo’llanilishi bilan 
bog’liq .Bu terminlardan ba`zilari o’ziga xos ma`noga ega bo’lishi ba`zilari kundalik 
turmushda ba`zilari boshqacha ma`noda ishlatilishi kerak. 
Misol uchun: inglizcha “solution” so’zini olamiz. Universial lug’atlar uni har 
xil tarjima qilishlari mumkin. 
Tarjima sifatini oshirishning boshqa usuli dasturga u tajriba qila olmaydigan yoki 
tajriba qilmasligi kerak bo’lgan ba’zi so’zlarni ishlatish usulini ko’rsatishdan 
iborat.
Buning uchun tarjima qilinmaydigan so’zlar (masalan, Windows) ni band 
qilib qo’yish va dastur lug’atida bo’lmagan so’zlar tarjimasining qoidalarini berish 
zarur. 
Foydalaniladagan lug’atlar ro’yxati axborot panelidagi foydalaniladigan lug’atlar 
qo’shimcha varaqasida keltirilgan. Lug’atlar ko’rsatilgan tartibda ko’riladi, shu 
bilan birga keyingi lug’atga o’tish ko’rsatilayotgan lug’atda kerakli so’z bo’lmagan 
taqdirdagina amalga oshiriladi. Tarjima sifatiga nafaqat lug’atlarning soni, balki 
ularning dasturda terilish tartibi ham ta’sir ko’rsatadi. 
Shunga alohida e’tibor berish kerakki, dasturdagi terilishda, odatda, birinchi 
bo’lib iste’mol lug’ati turadi. Iste’mol lug’atlari tahrir qilish va o’zgartirish uchun 
ochiq bo’ladi. Shu tariqa, foydalanuvchi tomonidan to’ldirilgan va o’zgartirilgan 
maqolalar birinchi navbatda e’tiborga olinadi. 
Foydalanilayotgan lug’atlar ro’yxatini o’zgartirish uchun “Словары” 
(lug’atlar) menyu bandini va tarjimaning kerakli yo’nalishini (masalan, russko-
angliyskiy yoki anglo-russkiy) tanlash kerak. Shuningdek, “Перевод” asboblar 
panelidagi “Словары” (lug’atlar) bandini bosish mumkin. Bunda tarjimaning 
tanlangan yo’nalishiga muvofiq keluvchi qo’shimcha varaqadan iborat “Словары” 
(lug’atlar) muloqot oynasi ochiladi. 
Bu muloqot oynasi qo’shimcha lug’atlarni ko’rish, ulash va o’chirish yangi 
iste`mol lug’atlarini yaratish shuningdek, lug’atlarni ko’rish tartibini boshqarish 
imkonini beradi. Shu bilan birga har ehtimolga qarshi qo’shimcha lug`atlarni 
qo’shish tavsiya etilmaydi, chunki bu dastur ishini sekinlashtiradi va tarjima 
sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.


Ko’pgina hujjatlar faqat qisman tarjimani talab etadi. Atama so’zlar va 
tushunchalar asliyat tilida qolishi kerak. Masalan: kompyuterga doir adabiyotlarda 
dastur operatsion sistemalar va ishlab chiqaruvchi kompaniyalar nomlarini 
tarjima qilish yoki ularni o’zgartirish maqbul emas. 
Avtomatik tarjima sistemasi ma’lum so’z yo so’z birikmasi tarjima qilmasligi 
uchun ushbu so’zni band qilish darkor. Band qilingan so’zlar axborot panelidagi 
“Зарезервировать слово” qo’shimcha varaqasidagi ro’yxatga sanab o’tiladi. 
Hujjat matnida band qilingan so’z uchrashi bilan u boshqa rangda ajralib ko’rinadi. 
Band qilingan so’zlar ro’yxatiga biror bir so’zni qo’shish “Сервис 
зарезервироват” buyrug’i berish yoki “Перевод” asboblar paneli guruhidagi 
“Зарезервироват слово” bandini tanlash bilan bajariladi. 
Hujjatlar dastur ichki formatini saqlash paytida band qilingan so’zlar ro’yxati 
fayl bilan birgalikda saqlanadi. PROMT 98 dasturida, shuningdek, shunday 
ro’yxatni boshqa hujjatdan olish imkoni ko’zda tutilgan. 
Band qilingan so’zlarini yagona lug’atlar foydalanish imkoniyati bir mavzuga 
aloqador bir guruh hujjatlar bilan yoki bitta katta hujjatning ko’plab qismlari bilan 
ishlashda nihoyatda qulaydir. 
PROMT 98 dasturi tarkibiga kiritilgan lug’atlar ancha boy ekanligiga qaramay 
hujjatlarda uchrovchi hamma so’zlar kiritilgani kafalotlab bo’lmaydi. Notanish 
so’zlarni dastur qizil rangda ajratib ko’rsatadi. 
Lekin, hamma notanish so’zlar hamma lug’atga kiravermaydi .Ular orasiga band 
qilish lozim bo’lgan so’zlar ham uchrashi mumkin. Shuningdek, bu so’zlar to’g’ri 
yozilganligini tekshirib ko’rish kerak.Agar lug’at haqiqatdan ham to’liq bo’lmasa, 
unda so’zni iste’mol lug’atiga qo’shish mumkin. 
Malakali tarzda to’ldirish juda muhim va mas’uliyatli tadbir.Lug’atni haddan 
ziyod zichligi tarjima sifatini pasaytirish mumkin.Shuningdek, bir so’z turlicha 
ma’no ko’rinishlariga ega bo’lishi mumkinligini ham nazarda tutish kerak. 
Mutaxassis rejimida so’zlarni qo’shish quyidagi tartib amalga oshiriladi. 
“Перевод словарная статья” buyrug’ini berish unda “Словарныю статья” 
muloqot oynasi ochiladi. Bu muloqot oynasida so’z shaklini andazaga o’zgartirish 
kerak.Unda lug’at bandi muloqot oynasi bosiladi. 
Keyingi muloqot oynalari so’z o’zgarishini xilini aniqlash shuningdek, ushbu 
so’zning boshqa shakllarda to’g’ri yozilishini ko’rsatishga imkon beradi. 
Oxirgi muloqot oynasi boshlang’ich tildagi so’zning ushbu shakllarning qaysi 
biriga ishlatish kerakligini aniqlaydi. 


PROMT 98 dasturi fe`l va ot shz turkumi uchun so’zlarning bir biri bilan mos 
kelishini aniqlaydigan qo’shimcha axborot berishga imkon beradi.Fe’l holatida 
bunday maqsad uchun “Управленые” (boshqaruv) bandi xizmat qiladi. U 
masalan, berilgan fe’lning qo’shimcha bilan bog’lanish usuli: qanday ko’makchi
zarur, qo’shimcha qanday kelishikda bo’lishi kerak va h.k.larni ko’rsatish imkonini 
beradi. 
Avtomatik tarjima sistemasi ishining samarasi va sifati, asosan, unda
mavjud lug’atlar tarkibi va ularning sifatiga bog’liq. Lug’atlarning sifati esa ular 
qanday tartib bilan to’ldirilganiga qarab belgilanadi. 
PROMT 98 dasturi sozlovchilarining ishi ekran ko’rinishining o’zgartirilishi 
va ba’zi texnik amallarning o’ziga xosligini ta’minlashga qaratilgan. Dasturning 
umumiy sozlovlari “Сервис параметр” (servis-parametrlar) buyrug’i bilan yoki 
“Cервис” asboblar panelidagi “Параметры” (parametrlar) bandi yordamida 
ochiladigan “Настройка параметров программ” (dastur paremertlarini sozlash) 
muloqat oynasida tanlash bilan bajariladi. 
Ushbu muloqot oynasi ikkita qo’shimcha varaqqa ega. “Разное” qo’shimcha 
varaqasi dastur sozlovining parametrlarini o’zgartirish imkonini beradi. Bu yerda 
boshlang’ich matnni kiritishda tarjima oynasi qanday to’ldirilishi kerakligi 
ko’rsatiladi, band qilingan so’zlar ro’yxatining avtomatik kiritilishi yoritiladi, 
lug’atlarning darajasi (Специалист yoki Начинающий) aniqlanadi. 
“Использовать мгновенный перевод” bayroqchasi lahzalik tarjima, 
alohida so’zlar va ajratilgan qismlar tarjimasini maxsus oynasi aks ettirish imkonini 
beradi. 
“Цвет”(rang) qo’shimcha varaqasi matnning turlicha elementlariga rang 
berish, shuningdek, abzatslarning maxsus belgisi (маркировка)ni o’chirishga 
imkon beradi. 
Sozlovchining qo’shimcha imkoniyatlari asboblar paneli (chizim)i 
mundarijasini o’zgartirishdan iborat. Dastur bilan ishlash tajribasi to’plangandan 
keyin, asboblar panelidagi satr klavishlar foydalanilmayotgani, shu bilan birga tez-
tez bajariluvchi amallar klavishlari yo’qligi ayon bo’ladi. Asboblar paneli tarkibi 
Panellar/Servis/ “Настройка” (servis/sozlov) buyrug’i bilan o’zgartiriladi. 
“Настройка панелы” (panellarni sozlovi) muloqot oynasida “Категории” 
(kategoriyalar) ro’yxati menyu satrlarining bandlari nomidan iborat. Agar ushbu 
bandlardan istalgani tanlansa, “Кнопки” (tugmalar) panelida muvofiq menyudan 
buyruq uchun tugmalar paydo bo’ladi. Tugma qo’shish uchun uni muloqot 
oynasidan asboblar paneliga olib o’tish kerak. Asboblar panelidan keraksiz 


tugmani olib tanlash asboblar panelidan muloqot oynasi ichiga olib o’tish orqali 
amalga oshiriladi.  

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling