Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi
Download 3.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron pochta (e-mail) tushunchasi 4. Elektron pochta bilan ishlash asoslari E – mail
Nazorat savollari
1.Elektron hukumatning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 2.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) dan ro'yxatdan o'ting. 58-ma’ruza Elektron pochta(EP) xizmati strukturasi. EPda axborotlarni himoyalash Reja: 3. Elektron pochta (e-mail) tushunchasi 4. Elektron pochta bilan ishlash asoslari E – mail bu ma’lum elektron manzilga axborotni elektron usulda uzatish vositasidir. Elektron aloqa tushunchasi oddiy aloqa tushunchasiga o‘xshashdir. Haqiqatdan ham E – mail orqali xat jo‘natishda, siz oddiy xatdagidek satrlarni to‘ldirasiz, ya’ni, yuboriladigan manzil yoziladi (faqat barcha nomlar va manzillar elektron holda bo‘ladi). Siz xatni «nusxalash» orqali bir necha manzillarga jo‘natishingiz, hatto xatga faylni «qo‘shib» yuborishingiz mumkin va hokazo. Elektron xatni jo‘natishdagi ishlar ham oddiy xatni jo‘natishga o‘xshaydi. Siz aloqa serveri (odatda Post Ofice Protocol) bilan bog‘lanib, xatni «aloqa bo‘limiga olib borasiz». Keyin aloqa serveri xatni manzillar serveriga uzatadi, u yerdan manzili ko‘rsatilgan kishi xatni «olib ketishi» mumkin. Elektron aloqa orqali ixtiyoriy ma’lumotlar: matn, chizma, sxema, diagramma, rasm, jadval, musiqa va boshqalarni uzatish mumkin. Ma’lumotlar ko‘rsatilgan manzilga bir zumda yetkaziladi. Ma’lumot oluvchi bo‘lmagan vaqtda aloqa qutisiga ma’lumotni qayta-qayta uzatish va saqlash imkoniyati mavjud. Elektron aloqa hujjatli manzil bo‘yicha yo‘llash qoidalariga bo‘ysunishi va aniq o‘lchamlarga ega bo‘lishi zarur. Elektron aloqa quyidagi vazifalarni bajaradi: hujjatlarni kiritish va ularni chiqarish; hujjatlarini aloqa qutisiga uzatish; xatolarni tekshirish va to‘g‘rilash; dastlab jo‘natish qurilmalarini qo‘llash va qabul qilinganligini ta’kidlash; foydalanuvchilar bilan ishlash. Elektron aloqa xatni axborot tarmoqlari orqali foydalanuvchiga yetkazishni ta’minlaydigan muhim tarmoqli aloqadir. Xatni elektron aloqa yordamida uzatishda manzilning uch xil turidan foydalanish mumkin: shaxsiy – hujjatni bir kishi (manzil)ga yuborish uchun; guruhiy – hujjatni bir guruh oluvchilarga yo‘llash uchun; umumiy – hujjatni axborot tarmog‘idan foydalanuvchilarning hammasiga uzatish uchun. Shaxsiy manzillardan xat, hisobotlarni yakka abonentlarga jo‘natishda foydalaniladi. Yo‘riqnoma, ko‘rsatma yoki xabarnomalarni uzatishni guruhiy manzillar bo‘yicha amalga oshirish qulay. Umumiy manzildan qonunlar, tarmoqning ishi haqidagi ma’lumotlar, tarmoqning yangi imkoniyatlari haqidagi xabarlarni uzatishda foydalaniladi. Eng sodda elektron aloqa tizimining chizmasi 8-rasmda keltirilgan. Oddiy elektron aloqaning muhim bir kamchiligi bor, ya’ni hujjatni jo‘natuvchi va qabul qiluvchi kompyuterlar bir vaqtda ishlab turgan bo‘lishi kerak. Hozirgi tarmoqlarda millionlab kompyuterlar ishlab turibdi. Ularning har biri foydalanuvchiga qulay vaqtda ishlaydi. Agar foydalanuvchi o‘z joyida bo‘lmasa yoki boshqa ish bilan band bo‘lsa, xatni uzatish mumkin bo‘lmaydi. Bundan tashqari, kompyuterlar 24 soat uzluksiz ishlamasligi, buzilishi, mahalliy vaqtning farq qilishi ham bor. Shu sababli elektron aloqa tuzilishiga bir yoki bir nechta aloqa bo‘limi kiritiladi. Elektron aloqaning bunday tuzilishida barcha xatlar aloqa bo‘limi vazifasini bajaruvchi ma’lumotlar omboriga jo‘natiladi va unda saqlanadi. So‘ngra xatni aloqa bo‘limidan manzillariga jo‘natiladi. Xatlarni tarmoq bo‘yicha uzatish rasmda shtrix chiziq bilan ko‘rsatilgan. Download 3.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling