Rivojlantirish vazirligi muhamad al-xorazmiy nomidgi toshkent axborot texnalogiyalari
Download 69.61 Kb.
|
1 2
Bog'liq2324 1 82BE885E2132A88FF0BB0E11A2691D1496A84BD5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasturiy taminot arxitekturasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI va KAMUNIKATSIYA RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMAD AL-XORAZMIY NOMIDGI TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI “ TT VA KT” kafedrasi “Dasturiy taminot arxitekturasi” fanidan. Mustaqil ish Bajardi :TOLQINOV MVC vaPAC arxitekturasi Ta`lim sifatidan qoniqmaslik turli sabablarga ko`ra bo`lishi mumkin. Buning dastlabki va asosiy sababi pedagog kadrlarni internet texnologiyalari va masofaviy ta`limdan foydalanib ta`lim berish sifatini yaxshilashdadir. Aynan hozirgi kun ta`lim tizimi faoliyatini yaxlitligiga va uning har bir bo`laklarini alohida holdagi samaradorligini belgilaydi. Bizning mamlakatimiz ta`lim tizimi ham boshqa rivojlangan davlatlar ta`lim tizimidan qolishmagan holda yuksalib bormoqda. Ilgarilari masofadan o`qitish yoki ma`lumot almashish qiyin vazifadek ko`ringan bo`lsada, bugungi kunga kelib u hayotimizning barcha sohalariga tadbiq qilinmoqda va uning ajralmas bir bo`lagi bo`lib qolgan. Masofaviy ta`lim tizimida elektron universitetlarni tashkil etish, ularni masofadan boshqarish, on-line va off-line o`qitish tizimida Tyutorlarni shakllantirish hamda ularga ish faoliyatini olib borishlarini ta`minlash uchun bir qancha dasturiy vositalar ishlab chiqilgan. Bular: Ucoz sayt yaratuvchi konstruktorlari, Claroline, Moodle masofaviy ta`lim platformasi, OpenACS masofaviy ta`lim platformasi, Sakai masofaviy ta`lim platformasi, e-Learning Server masofaviy ta`lim platformasi, Atutor masofaviy ta`lim platformasi kabi erkin va ochiq kodli dasturiy vositalarni misol qilishimiz mumkin. Bu dasturlar yordamida har bir masofaviy ta`lim professor-o`qituvchisi ya`ni Tyutor o`zining elektron kabinetini yaratadi, shu yerda har bir talaba o`z xoxishiga ko`ra ro`yxatdan o`tadilar va o`zlari tanlagan professor-o`qituvchidan (Tyutordan) Online va Offline tarzda bilimlarini oshiradilar va tahsil oladilar. Yuqoridagi fikrlardan ko`rinib turibdiki axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ning rivojlanishida yetuk mutaxassislarning roli va o`rni beqiyosdir. Bunday kadrlarni tayyorlashda masofaviy ta`lim texnologiyalariga oid fanlar va ularni o`qitishning samaradorligini oshirish bugunning dolzarb masalalaridan biridir. Biz hozirgi kunlarda Buxoro davlat universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasida “Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili” yo`nalishi talabalariga o`qitilayotgan “Axborot texnologiyalari” fanining o`quv modullarini joylashtirish uning imkoniyat va afzalliklari ustida ilmiy-amaliy ishlarni bajarib kelmoqdamiz. Avvalo mavzuning nazariy masalalar va tashkiliy xarakterga ega bo`lgan hujjatlarni o`rganish, shu bilan birga oliy ta`lim muasasalarida “Moodle tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusinining mazmun mohiyatini o`rganish hamda uni nazariy va amaliy tadqiq etishni ustida ishlamoqdamiz. Bunda biz avvalo shu ish uchun muhim bo`lgan adabiyotlar masalan: N.N. Azizxo‘jaevaning “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmalarini, F.M. Zakirovaning “Elektron o‘quv-metodik majmualar va ta’lim resurslarini yaratish metodikasi” nomli metodik qo‘llanmani, A.M. Anisimovning “MOODLE masofaviy o’qitish tizimida ishlash” nomli o’quv qo’llanmalarini, L.V. Golish va D.M. Fayzullayevalarning “Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish” nomli o’quv uslubiy qo’llanmalarini, F. Zakirova, U. Muxamedxanov, Sh. Sharipov, R. Isyanov, F. Esanboboyev, S. Dottoyevlarning “Elektron o’quv-metodik majmualar va ta’lim resurslarini yaratish metodikasi” nomli metodik qo’llanmalarini internet orqali muhim ma`lumotlar bilan tanishdik va tahlil qilib chiqdik. Shundan so`ng oldimizga quyidagilarni maqsad qilib oldik: “Moodle tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusini taraqqiyotining ustivor yo`nalishlarini nazariy va amaliy tahlil qilish; “Moodle tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusi yordamida o`qitishda innovatsion ta`lim texnologiyalari va ilg`or xorijiy tajribalardan foydalanish yo`llarini yoritish; “Moodle tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusidan o`quv moduli ishlanmasini tayyorlash; Oliy ta`lim muassasalarida “Moodle tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusi orqali o`qitishni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Moodle – bu o`qituvchilar tomonidan online-kurslarni yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan sayt tarkibini boshqarish tizimi (Content Management System - CMS) dir. Uni ko`pincha E-learning tizimlarni o`qitishni boshqarish tizimlari (Learning Management Systems - LMS) yoki virtual o`qitish vositasi (Virtual Learning Environments - VLE) deb ham atashadi. Moodle avtori - Martin Dougiamas. Universitetni Computer Science va Education mutaxassisligi kursini tugatgandan keyin, u "The use of Open Source software to support a social constructionist epistemology of teaching and learning within Internet-based communities of reflective inquiry" mavzusidagi dissertasiyasini himoya qildi. Axborot texnologiyalarini qo`llash orqali ta`limni qo`llab – quvvatlash platformasini yaratish g`oyasi unda 1999 yilda Curtin University (Avstraliya) Universitetida WebCT tijorat platformasi bilan ishlash tajribalaridan kelib chiqdi. Bu bepul tarqaladigan dasturiy majmua funksional imkoniyatlarini o`rganishdagi soddaligi va ishlatishdagi qulayligi bilan electron o`qitish tizimlaridan foydalanuvchilarning ko`pgina talablarini qanoatlantiradi. Moodle masofaviy sohada o`qitish jarayonini to`la qo`llab-quvvatlash uchun keng doiradagi imkoniyatlarni beradi – o`quv materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o`zlashtirish nazorati hozirda Moodle tizimini dunyoning ulkan universitetlari o`qitish uchun ishlatishmoqda. Moodle (http://www.gnu.org/copyleft/gpl.html) GPL litsenziyasi ostida (http://www.opensource.org/docs/definition_plain.html) ochiq joriy kodi bilan dasturiy ta`minot kabi tarqalmoqda. Ochiq dasturiy kodli Moodle ga o`zgartirishlar kiritish, yaxshilash, modifikatsiyalash uchun http://www.moodle.org manzil bo`yicha kirish mumkin Moodle ni ishlatish strategiyasi, filosofiyasi bo‘yicha qo‘shimcha axborotlarni http://thinkingdistance.org/ manzil bo‘yicha olish mumkin. Moodle so`zi – bu - Modular Object - Oriented Dynamic Learning Environment‖ so`zining abbreviaturasidir. Rus tilida – Мудл va – Моодус (Модулная объектно-ориентированная динамическая управляюшая среда) nomlari ham qo`llaniladi. Moodle Unix, Linux, FreeBSD, Windows, Mac OS X, Netware peratsion tizimlari va PHP ishlatilishi mumkin bo`lgan ixtiyoriy boshqa tizimlarga ham modifikatsiyalarsiz qo`llanilishi mumkin. Ma`lumotlar MySQL va PostgreSQL ma`lumotlar bazasida saqlanadi, ammo ma`lumotlar bazasini boshqarishning tijorat tizimlari ham ishlatilishi mumkin. Moodle oson vositalar yaratish imkoniyatiga ega. Yangi versiyaga o`tishda qiyinchiliklar va yangilanishlar kelib chiqmaydi. Moodle MO`T ning yangi versiyasini http://www.moodle.org dan olish mumkin. Hozirgi vaqtda yoshlarga ta`lim-tarbiya berishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga katta e`tabor berilmoqda. Yangidan qurib ishga tushirilgan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, qayta rekonstruksiya qilinayotgan oliy talim muasasalar ularning jahon andozalari darajasida axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanishi hamda barcha fanlarni zamonaviy kompiyuterlardan foydalanib mashg`ulotlar o`tishda professor- o`qituvchilarning professional tayyorgarligi yuksak darajada bo`lishini taqazo etadi. Bugungi, axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanayotgan davrda, har bir tashkilotning internet tarmog`ida “virtual yuzi” bo`lish zarurati tug`ilmoqda, ayniqsa ta`lim muassasalarida virtual universitetlarni rivojlanishi tyutorlikka ya`ni masofaviy ta`lim o`qituvchisiga bo`lgan talabning ko`payishi natijasida ta`limiy web saytlarni yaratish bugungi kunnnig dolzarb muammolari hisoblanadi. Web – sayt hozirgi kunda juda ko`p vazifalarni hal qilmoqda, taklif qog`ozchasiga aylanib bormoqda, ta`lim funksiyalarini amalga oshirmoqda va yangi foydalanuvchi yoki mijozlarni jalb qilmoqda. Bugungi kunda juda ko`p ta`lim saytlari mavjud. Lekin ta`limiy web – saytni yaratish va uni internet tarmog`iga joylashtirish bilan ta`limiy web – sayt ustida ishlar yakunlanmagan bo`ladi. Foydalanuvchi talabiga javob bermaydigan ta`limiy saytning ichki tarkibi – bugungi kunda keng tarqalgan muammolardan biri. Bu mavzu juda ko`p izlanishlarda yoritilgan ham. “BuxDU virtual ta`lim muhiti” masofaviy ta`lim tizimi talabalarni masofadan turib o`qitish mo`ljallangan. Talabalar ushbu tizim orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joyda turib mavjud elektron resurslardan foydalanishi, o`qishi, o`qituvchidan vazifa va takliflar olishi mumkin. O`qituvchi, doimiy ravishda resurslarni yangilab turishi va o`quvchilarining tashrifi va bajarilayotgan vazifalarini nazorat qilib turishi mumkin. Vazifalar o`qituvchi tuzgan testlar yordamida yoki laboratoriya ishlari turi bilan berilib boriladi. Plaformada ishlash sodda bo`lib jahon standarlariga javob beradi. Hozirgi kunda bir qancha ta`limiy web sayt yaratuvch dasturlar mavjud. Ulardan LMS tizimlari bo`lib, bizning ishimizda o`quv jarayonini boshqarishda ushbu tizimlar yordamidan foydalanish va bu orqali qanday qilib masofaviy ta`limning ajramas qismi bo`lgan o`quv modullarini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berish bo`lib bu borada biz elektron uslubiy qo`llanmani tayyorlashga erishdik. Bundan tashqari ishimizning nazariy qismini amaliy sohasi tahlil qilingan va ulardan eng ommaviysi hisoblanadigan Moodle platformasidan foydalanib o`quv jarayonini boshqarishda yuzaga keladigan muammolarni yechishga qaratilgan. Magistrlik dissertatsiya ishining birinchi bobida “Moodle tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusi taraqqiyotining ustuvor yo`nalishlari va “Moodle tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusini o`qitishda innovatsiyalar va ilg`or xorijiy tajribalar tahlilining nazariy asoslari yoritib berilgan. Ikkinchi bobida “Moodle tizimi va uning imkoniyatlari” mavzusi o`quv moduli ishlanmasi keys to`plami, amaliy topshiriqlar ishlab chiqilgan. Bunda asosan dars jarayonida qo`llash uchun vaziyatli rolli - o`yin uslubi bo`yicha mustaqil ishlar uchun keys-vazifalar keltirilgan bo`lib, bu esa o`z navbatida mavzuni talabalar tomonidan yanada yaxshi o`zlashtirilishiga sabab bo`ladi. Bundan tashqari mavzu yuzasidan nazorat savollari test savollari tuzildi va pedagogik amaliyot vaqtida dars jarayoniga qo`llandi va aniq natijalarga erishildi. Shu bilan bir qatorda mavzuga oid amaliy topshiriqlar ishlab chiqildi va bu topshiriqlar asosida o`tkazilgan ochiq darsda talabalarga bir qator vazifalar berildi. Talabalar bu ishlab chiqilgan topshiriqlardan foydalanib, mustaqil o`zlari berilgan vazifalarni bajarishlari mumkin. Demak, yuqoridagilarga asoslangan holda bu magistrlik dissertatsiya ishimizda ta`limiy web – sayt tushunchasining asl mohiyati va ularning klassifikatsiyasi, LMS tizimlari boshqaruv tushunchasi va yaratish bosqichlari tahlili, saytni keyinchalik “aylantirish” va rivojlantirishni o`rganish kabi oldimizga qo`yilgan vazifalar hal qilindi. Mavzuni yoritishda ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanildi. Download 69.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling