Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazimiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali


Mavzu: Muammoli o’qitish metodi. Reja


Download 480.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana14.12.2022
Hajmi480.45 Kb.
#1005174
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mustaqil ish

Mavzu: Muammoli o’qitish metodi.
Reja:
 Muammoli pedagogik vaziyatlar
 Muammoli izlanish
 Muammoli ta’limning nazariya asoslari


Ta’lim mazmunini o'zlashtirishda o'quvchilarining bilim saviyasi, o'zlashtirish qobiliyati,
ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi metodlar qoilaniladi:
-
o'qitishning og'zaki metodi;
-
o'qitishning amaliy ishlar metodi;
-
o'qitishning ko'rgazmali metodi;
-
muammoli evristik modellashtirish metodi;
-
o'qitishning muammoli izlanish va reproduktiv metodi;
-
o'qitishning induktiv va deduktiv metodi;
-
o'qitishda rag'batlantirish va tanbeh berish metodi;
-
o'qitishda nazorat va o'z-o'zining nazorat qilish metodi.Metodlar o'z navbatida guruhlaiga
bo'linadi: (Ta’lim metodlarini solishtirib o'rganish maqsadida quyidagi shakldagi T-
chizmadan foydalanamiz. Uning mohiyati va qo'Ilanish qoidalari oldingi mavzularda
berilgan). Muammoli deyilganda o'quv materialini o'quvchilar ongida ilmiy izlanishga
o'xshash bilish vazifalari va muammolari paydo bo’ladigan qilib o'rganish tushuniladi.


O'quvchilaming fikrlash faoliyatida mantiqiy to'g'ri, ilmiy xulosalarni izlash va o'zlashtirishga
rag'batlantiradigan muammoli vaziyatlar vujudga keladi. Har qanday taiim o'quvchi uchun
muammolidir. O'quvchi ongida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, o'quvchining faol fikrlash
faoliyati o'quv materialini puxta o'zlashtirib olishlari haqida sharq pedagoglari qimmatli fikrlar
aytib o'tganlar. Mutafakkir Abu Rayhon Beruniy (937-1048) didaktik qarashlarida o'quvchilami
o'qitish hamda tarbiyalash jarayonida, birinchidan, turli mavzularda mulohazalar yuritishni,
o'quvchining zerikmasligini, zo'riqmasligini ta’kidlagan. Muammoli vaziyatda:
 o'quvchi uchun bilish qiyinchiligiga ega, ya’ni o'rganilayotgan muammo ustida fikr yuritish;
 o'quvchilarda bilishga qiziqish o'yg'otish;
 tahlil jarayonida o'quvchilaming awalgi tajribasi va bilimiga suyanish. Talim jarayonida
muammoli vaziyatni vujudga keltirish, undan foydalanish usullarini yaratish, taiim tizimining
har bir bosqichida o'rganiladigan fanlaiga xosdir. Muammoli vaziyat fanning mazmuni o'ziga
xos xarakter xususiyatlari, uni o'rganish usullarini hisobga olgan holda yaratiladi.


O'quv faoliyatini rag'batlantirish deb kishining aktiv faoliyatiga boigan tashqi mayliga aytiladi.
Shu sababli, rag'batlantirish o'qituvchi faoliyatining omili hisoblanadi. Rag'batlantirish kishining
ichki mayliga ta’sir qilganda real maqsad sari undaydigan kuchga aylanadi. O'qishga qiziqishni rag'
batlantirish turlaridan biri-o‘qishda maium qiyinchilik sezayotgan o'quvchilarga muvaffaqiyatli
sharoit yaratishdir. Rag'batlantirish va tanbeh berish usullari o'ziga xos xususiyatlaiga ega.
Rag'batlantirish: baho bilan, imo-ishora bilan, mukofot bilan amalga oshadi. O'qishga doir tanbehlar
dars paytida, og'zaki tanbeh berish, bahosini pasaytirib qo'yish, ish daftariga yozish, xatolami
ko'rsatish kabi usullar bilan amalga oshadi. Maktabda o'quvchiga tan jazosi berish, o'zlashtirmagani
uchun haqorat qilish, shaxsiga tegish, yomon iboralar bilan so'kish aslo mumkin emas.
Muammoli ta’lim texnologiyalari o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga
asoslangan. Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi – insonning fikrlashi muammoli vaziyatni hal
etishdan boshlanishi hamda uning muammolarni aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega
ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta’lim o’quvchilarning
ijodiy tafakkuri va ijodiy
qobiliyatlarini o’stirishda jiddiy ahamiyatga ega.


Muammoli ta’lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib kelmoqda. Jumladan,
qadimgi Grestiyada muammoli savol-javoblar, qadimgi Hindiston va Xitoyda muammoli bahs-
munozaralardan keng foydalanilgan. Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va
pedagog Dj. Dyui 1894 yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo’llagan. XX asrning
60-yillarida bu yo’nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80-yillarga kelib, amaliyotga keng joriy
etildi.
Muammoli ta’limning asosiy g’oyasi bilimlarni o’quvchilarga tayyor holda berish emas, ular
tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo’yicha o’quv-tadqiqotlarini bajarish asosida
o’zlashtirilishini ta’minlashdan iborat.
O’zbekistonda muammoli ta’limni qo’llash bo’yicha bir necha asrlar davomida maktab va
madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish asosida o’quvchilarda ziyraklik,
hozirjavoblik sifatlari hamda go’zal nutq tarkib toptirilgan.
Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta’lim usullaridan biri sifatida qo’llaniladi. 
Bunda o’quvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq va to’g’ri so’zlashga, nutqning
mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga o’rgatilgan.



Download 480.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling