Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazimiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali
Download 480.45 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mustaqil ish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZIMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI TT VA KT FAKULTETI 3-BOSQICH TT-11-20 GURUH TALABASINING PEDAGOGIKA FANIDAN TAYYORLAGAN 3 - MUSTAQIL ISHI Bajardi: Shuhrat T Qabul qildi: Jasanova Y. Mavzu: O’quv faoliyati va kasb motivatsiyasi. Reja: O’quv faoliyatida nazoratni tashkil qilish usullari Kasb motivatsiyasi Kasb motivatsiyasi tashkil etuvchi bosqichlar Nazorat — ko‘p qirrali murakkab jarayon hisoblanadi, tahsil oluvchilarda doimo jonli qiziqish uyg‘otib, aqliy faoliyatni faollashtiradi. Dastlabki nazorat - yangi mavzuni boshlashdan oldin uni o'zlashtirishga qanchalik tayyoigarlik darajasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan nazorat turi. Joriy nazorat - o‘quv jarayonining hamma jabhalarida judayam chuqur bo‘lmasa- da, tez-tez o'tkazilib turilishi zarur bo'lgan, uquv materiali ustida tizimli ishlashni ta’minlaydigan nazorat turi. Myoki bo‘lim tugagandan so‘ng, semestr mobaynida 3-5 marotaba o‘tkaziladigan nazorat turi.Natijaviy nazorat - o‘quv fanining bir qismi yoki butunicha tugatilgandan keyin, agarda dastlabki, joriy tematik va bo‘sag‘ali nazorat natijasida kursga mo'ljallab tayyorlangan testlar bo'yicha o'tkaziladi. Nazorat jarayonini faollashtirish maqsadida turli nazorat shakllarini o'ziga qamrab oluvchi mezon - reyting uslubi xisoblanadi. Reyting - baholash, tartibga keltirish, klassiflkaciyalash, birorta hodisani oldindan belgilangan shkala buyicha baholash tushuniladi. Saoliyatning tarkibiy qismlarida, vazifalarni oqilona taqsimlashda o‘z aksini topishi mumkin. Pedagogik diagnostika funksiyalari (vazifalari) aynan shu nuqtai nazardan kelib chiqadi: teskari aloqa funkciyasi ko‘zlangan o‘quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishish shakllari va yo‘llarini tahlil qilish; maqsad va vazifalarni belgilash funkciyasi jamoaning taraqqiy qilish istiqbollarini, istiqboliy rejalarini aniqlash; taqsimot funksiyasi jamoa a’zolari o‘rtasida burchlami, vazifalami taqsimlash; yaratish funksiyasi kattalarning yoshlar bilan muloqot qilishining sog‘lom muhitini tarkib toptirish; pedagogik tajribani o‘rganish va umumlashtirish funksiyasi; pedagogik korrekciyalash funkciyasi yoshlar xulqidagi, ta’ limiy faoliyati, tarbiyaviy jarayondagi nuqsonlami bartaraf etish vazifasini o‘taydi, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilami attestatsiyalashda qo‘l keladi; motivatsiya va rag'batlantirish funksiyasi o‘quvchi-yoshlarning hamda tarbiyachi- o'qituvchilarning ta’lim olish va ta’lim berish faoliyatini rag‘batlantirishni, tashqi stimullami adekvat qabul qilishni nazarda tutadi. Tarbiyaviy jarayonda komillikka intilishni kuchaytiradi; nazorat funksiyasi ta’limiy-tarbiyaviy jarayonda turli xil nazorat turlarini o'tkazishni nazarda tutadi, chunki diagnostika ma’aviy-ma’rifiy jarayon holati to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lishni bildiradi. Rus olimi N.S. Sunsov ta’kidlashicha, pedagogik diagnostika quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi: maqsadga yo'naltirilganlik; aniqlik va ishonarlilik; tizimlilik va uzviylik. Diagnostikaning maqsadga yo ‘naltirilganligi awalambor, tashkiliy shakl, vosita va metodlaming oxiigi natijalar bilan mutanosibligi va pedagoglaming kasbiy talablari: O‘quv-tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirishga qaratilganligi bilan belgilanadi. Diagnostikaning tа‘lim obyektga yo‘naltirilganligi ta’lim berishda o‘quvchi-yoshlarning, tarbiyachi-o'qituvchilaming individual tafovutlarini hisobga olish, ularning intellektual rivojlanishlari, jinsi, ijtimoiy nufuziga qarab belgilanadi. Psixologik adabiyotlarda ta’kidlab o’tilganidek, kishining kasbiy shakllanishi butun hayoti davomida kechadigan jarayon bo’lib uning yoshiga hamda shaxsining taraqqiyotiga mos holda boradi. Kasbiy faoliyat sohasidagi muvaffaqiyat va mataxassisining mahorat darajasiga erishish sur’ati uning kasb tanlash motivlari bilan o’zaro aloqadordir. Shaxsda kasbiy o’zligini anglash shakllanishini kasbiy mahoratning vujudga kelishidagi asosiy mezonlardan biri sifatida ham bir nechta bosqichlarni ajratish mumkin: 1. Kasblar olami haqidagi aniq – ko’rgazmali tasavvurlarning paydo bo’lishi davri. Bu davr 2,5-3 yoshdan boshlanib 10-12 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Taraqqiyot davomida bolaning ongida kasblar olami haqidagi turli-tuman tasavvurlar shakllanib boradi. Boshlang’ich ta’limda esa yetakchi o’quv-biluv faoliyatida o’quvchining kasblar haqidagi tasavvuri yanada kengayib boradi. 2. O’zini kasbiy bilish davri. Ko’plab kasblar haqidagi tasavvurlarni o’zlashtirib olgach, o’quvchi ularni u yoki bu shaklda qo’llay olishi kerak. Kasblar haqida yetarli bilim, ko’nikma va tayyorgarlikka ega bo’lmaganlari sababli ba’zi o’quvchilar o’zlarini biror kasbiy sohada namoyon eta olmaydilar. Biroq ularda yangi yetakchi faoliyat tengdoshlari bilan muloqot jarayonida o’zini bilishga bo’lgan ehtiyoj yanada kuchli namoyon bo’ladi. 3. O’zini kasbiy aniqlash davri. Ushbu bosqichda kasbiy o’zlikni anglash yakunlanadi. Bu davr maktabni tugatgandan keyin ham davom etishi mumkin. Download 480.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling