Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazimiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali
Mavzu: Programmalashtirilgan o’qitish metodi. Reja
Download 480.45 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mustaqil ish
Mavzu: Programmalashtirilgan o’qitish metodi.
Reja: O`qitish mazmuni, sifati va samaradorligida pedagogik texnologiyaning didaktik tahlili Muammoli izlanish Muammoli ta’limning nazariya asoslari Rivojlangan davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yetakchi tendentsiyalaridan biri inson faoliyatining hamma sohalarini shuningdek, ta'lim sohasining axborotlashuvi jarayonidir. Ta'limning axborotlashuvi axborotlarga qiziquvchilarning foydalanishlari maqsadida axborotlarni to`plash, qayta ishlash va ularni tarqatish maqsadidagi metod, jarayon va texnik - dastur vositalarini o`z ichiga oladi. Ta'limning axborotlashuvi maqsadi yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida intellektual faoliyatni global intensifikatsiyasini ta'minlashdir. Bu oliy ta'limdagi ba'zi negativ holatlarning ham oldini oladi. O`zbekistonda ta'lim islohotini amalga oshirishning muhim sohalaridan biri jahonda axborot texnologiyalarining inson hayotiga tobora keng kirib kelayotgani sharoitida ta'lim sohasining axborotlashuvidir. Jamiyat rivojlanishining industrlashtirish etapidan axborotlashuvga o`tishning yo`li yangi axborot texnologiyalaridir. Ta'limning axborotlashuvi yangi axborot texnologiyalarning quyidagi imkoniyatlaridan samarali foydalanish imkonini beradi: har bir individga ta'lim olish imkoniyatini beradigan ochiq ta'lim tizimi; bilish jarayonini tashkil etishni o`zgartirish; ta'limni axborot-metodik ta'minlashni boshqarishning samarali tizimini yaratish; ta'lim jarayonida o`quvchilarning bilish faoliyatini samarali tashkil etish; kompyuterlarning o`ziga xos xususiyatlaridan foydalanish, bular: bilish jarayonini tashkil etish imkoniyati, ta'lim jarayoniga faoliyatli yondoshuvni qo`llab-quvvatlash, ta'lim jarayonini individuallashtirish va printsipial yangi bilish vositalarini tashkil etish; masofaviy ta'limning turli darajalarini yaratish, rivojlantirish va takomillashtirish. Bundan tashqari yangi axborot texnologiyalari bir qancha printsipial yangi didaktik vazifalarni yechishga yordam beradi; kompyuter grafikasi va kompyuter modellashtirishi vositasidan foydalanish asosida murakkab biologik va texnik tizim ichidan mikro va makro olamdagi voqealar va jarayonlarni o`rganish; katta yoki kichik tezlik bilan o`tadigan real har xil fizik, ximik, biologik va ijtimoiy jarayonlarni o`rganishni qulay masshtab va vaqtda takdim etish. Ta'limni axborotlashuvi muammosini yechishga ilmiy yondoshish o`quvchilarning kompleks bilim, ko`nikma va malakalar, shaxsiy sifatlarni shakllantirish orqali professional vazifalarni samarali bajarish va axborotlar jamiyatida o`zini qulay sezish kabi axborotlashuv vazifalarini hal etish eng yakin kunlardagi maqsaddir. Shu maqsadga muvofiq ularni amalga oshirishning quyidagi yo`nalishlarini ko`rsatish mumkin: ta'lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalari (YaAT) qo`llash; ta'lim jarayoni qatnashchilarini kompyuter (axborot) tayyorgarlik darajasini oshirish; ta'lim jarayoni, ilmiy tadqiqotlar, tashkiliy boshqaruvni qo`llab-quvvatlaydigan ta'limdagi axborot texnologiyalarining sistemali integratsiyasi (YaAT bazasida o`quv jarayonini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish, shuni ta'minlovchi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib berish va boshqalar); birlashgan ma'lumot beruvchi axborot olamini ko`rish va rivojlantirish. Masofaviy ta'lim bu o`qitishning insonparvar shakli bo`lib, an'anaviy, yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslanadi. Bunda texnik vositalar o`quv materialini mustaqil o`zlashtirish, o`qituvchi va o`quvchi orasidagi muloqot uchun xizmat qiladi. Shunga ko`ra masofaviy o`qitish kommunikatsiya va axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari va sirtqi ta'limning asosiy usullariga tayanishi kerak. Bu o`z navbatida masofaviy ta'lim tizimini tashkil etish to`g`risida gapirishga imkoniyat beradi. Masofaviy ta'lim tizimi apparatli, dasturli va uslubiy vositalarning murakkab kompleksi bo`lib, o`z ichiga server va ishchi stantsiyalar, shaxsiy kompyuterlar kommunikatsiya vositalari, umum sistemali va tarmoqli dasturlar ta'minotiga, lokal va markazlashgan bilim va axborot banklarini boshqaruv sistemalari, o`rgatuvchi dasturlari va shu dasturlarni yaratish uchun instrumental vositalariga ega bo`lgan audio va video texnikalarni oladi. Masofaviy o`qitish tizimida kontsulyatatsiyalar yangi axborot texnologiyalar yordamida olib boriladi: telefon elektron pochta, video va telekonferentsiya, ko`p hollarda telefon va elektron pochtadan foydalaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling