Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
Sana09.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1474192
Bog'liq
pul 14 amaliy (1)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI 
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI 
“TT va KT” 2 -BOSQICH RI-11-21 GURUH TALABASI
Samadova Sevinchning
“Pul ,Kredit va Banklar ” FANIDAN TAYYORLAGAN
Amaliy ish -14


Qimmatbaho qog'ozlar asosiy tushunchalari va turlari
Reja
1 Qimmatbaho qog'ozlar asosiy tushunchalari
2 Qimmatli qog’ozlar va ularning tasnifi
3 Banklarning qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalari .


Qimmatli qogʻozlar - oʻz egasiga mulkka egalik huquqini va daromad koʻrinishida
muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar hujjatlari. 
Qimmatli qog’oz – o’zi bilan bog’liq mulkiy huquqlarni aks ettiradigan hujjatdir, u 
daromad manbai bo’lib xizmat qiladi, bozorda muomalada yuritilishi va oldi-sotdi vositasi
bo’lishi mumkin. Jahon amaliyotida qimmatli qog’ozlarning har xil turlari ishlatilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng 1993 yil 2 sentyabrida Oliy
Kengash tomonidan «Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida»gi qonun qabul
qilindi. Ushbu qonun qimmatli qog’ozlar bozorini tashkil qilish bo’yicha birinchi va asosiy
hujjat bo’ldi. Keyinchallik bu qonunga 5 marotaba qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritildi
(1994 yil 23 sentyabrida, 1995 yil 22 dekabrida, 1999 yil 26 aprelida, 30 avgustida, 27 
dekabrida). Bu qonunga asosan, O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi turdagi
qimmatli qog’ozlar chiqarilishi va muomalada bo’lishi mumkin:


Qimmatli qog'ozlar turlari
AKTSIYA
– bu qimmatli qog’oz bo’lib: 
-
harakat muddati cheklanmagan;
-
- huquqiy yoki jismoniy shaxs tomonidan
Aktsionerlik jamiyatiga muayyan hissa qo’shgan
ulushini va mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini
guvohlovchi; 
-
- aktsiya bo’yicha dividend ko’rinishida foyda
olish huquqini beruvchi aktsiyadorning shu
jamiyat boshqarish ishiga qatnasha olishini
tasdiqlovchi yuridik hujjatdir.
VEKSEL - qarz majburiyati
bo’lib, veksel beruvchining
ushbu vekselni ko’rsatilgan
muddatda taqdim etganda, 
veksel ushlovchiga uning
nominal qiymatini to’lab berish
guvohini beruvchi qimmatli
qog’oz va to’lov vositasidir.
OBLIGATSIYA. Emitentga obligatsiya egasi
tomonidan ma’lum bir pul mablag’ini kiritganligi va
unda ko’rsatilgan muddatda nominal qiymatini
hamda qo’shimcha foiz to’lab berish majburiyatini
guvohlovchi qimmatli qog’ozdir. Obligatsiya uning
egasiga emitentning ishini boshqarishda qatnashish
huquqini bermaydi

DEPOZIT SERTIFIKATLARI 
jamg’armachining bankka
qo’ygan pul mablag’ini
ifodalovchi va muomala muddati
to’gaganidan keyin qo’ygan pul
mablag’ini hamda foyda sifatida
ustama foizini huquq va
imkoniyatini beruvchi qimmatli
qog’ozdir. Depozit sertifikati
bank tomonidan beriladi
XAZINA MAJBURIYaTLARI 
uning egasi tomonidan ma’lum bir
pul mablag’ini byudjetga kiritganligi
va uning butun aylanish davrida aniq
chegaralangan foizni to’lab berish
majburitini guvohlovchi qimmatli
qog’ozdir





«Banklar va bank 
faoliyati to’g’risida
»gi
qonunga binoan tijorat
banklari qimmatli
qog’ozlar bozorida
quyidagi
:
qimmatli qog’ozlarni sotib
olish, sotish, saqlash, ular bilan
boshqa operatsiyalarni amalga
oshirish; 
qimmatli qog’ozlar (veksel, 
aktsiya, obligatsiyalar, depozit
sertifikatlar va boshqalar)ni
chiqarish; 
mijozlar ishonib topshirgan
operatsiyalarni: mablag’larni
jalb etish va joylashtirish va
qimmatli qog’ozlarni
boshqarish va hokazo ishlarni
bajarish;
tovar etkazib berish va
xizmat ko’rsatishdan kelib
chiqadigan talab huquqini
olish, bunday talablarni
inkassatsiya qilish
fond bozori ishtirokchilariga bu borada
bank faoliyati yuzasidan maslahatlar
berish kabi operatsiyalarni amalga
oshirishlari mumkin.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling