Rivojlantirish vazirligi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti urganch filiali


Download 52.64 Kb.
bet3/5
Sana18.03.2023
Hajmi52.64 Kb.
#1282509
1   2   3   4   5
Bog'liq
Zararkunanda

Ilk troyan 
O‘sha 1989-yilning dekabrida esa ilk bora troyan turidagi zararkunanda epidemiyasi 
ro‘y bergan edi. Bejizga ushbu turdagi zararkunandani «troyan» deb nomlanmagan
Xuddi Gomerning «Iliada» dostonida Troya qal’asiga ulkan yog‘och ot ichiga 
yashirinib kirib olgan Axeyaliklar singari, ushbu zararkunanda dastur ham tashqi 
ko‘rinishidan beozor-bezarar fayl shaklida bo‘lgan. U Aids Information Diskette deb 
nomlangan bo‘lib, buni «OITS ma’lumotlari disketasi» deb tarjima qilish mumkin. 
Albatta, yovuz niyatli xakerlarning bu holatdagi «Troya oti» ideal ko‘rinishda 
bo‘lgan edi. Axir yaqindagina insoniyat yuzma-yuz kelgan dahshatli kasallik 
bo‘lmish OITS (SPID) haqidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan disketadan hech kim yomonlik kutmagan. AIDS troyanini yaratgan xaker uni tarqatish uchun odatiy pochtadan foydalangan. Ya'ni u, zararkunanda dastur yozilgan disketani konvertga solib, risoladagidek marka yopishtirish orqali jo‘natma haqini to‘lab, odamlarga yuborgan.
Potensial jabrlanuvchilarning manzillarini esa xaker Butunjahon 
Sog‘liqni Saqlash tashkilotining o‘shanga yaqin paytda o‘tkazgan OITS bo‘yicha 
konferensiyasi delegatlari ro‘yxatidan olgan. Shuningdek uning qo‘lida PC Bussines 
World jurnali obunachilarining manzillari ro‘yxati ham bo‘lgan. Xullasi kalom, 
OITS haqidagi ma’lumotlar yozilgan disketa niqobi ostida o‘shanda 20000 dan 
ziyod manzilga troyan zararkunandasi kirib borgan. Disketa kompyuterga solingach, 
AIDS troyani o‘zining yashirin fayllarini hosil qila boshlagan va sistema fayllarini 
ham o‘zgartirishga kirishgan. Ma’lum muddat o‘tgach, AIDS troyani bilan 
zararlangan kompyuterning qattiq diskidagi barcha fayllar ochilmaydigan bo‘lib 
qolgan. Unda faqat bitta faylni ochish imkoni bo‘lgan va unda, zararkunandani 
yaratgan xakerga pul jo‘natish taklifi bayon qilingan bo‘lgan. 
Kompyuter zararkunandalarining asosiy uch turi – virus, chuvalchang va troyan shu 
tariqa paydo bo‘lgan edi.
Zararkunanda dasturlarning turlari 1990-1999 yillar: ofis va pochta zararkunandalari 
Zararkunanda dasturlar oddiy dastyor dasturlar bilan bir maromda taraqqiy eta 
boshlagan. Masalan, 90-yillarda makroviruslar yuzaga kelgan edi. Makrotillardan 
foydalangan holda, bunday zararkunandalar bir fayldan boshqasiga osonlik bilan 
o‘tib yurishi mumkin bo‘lgan. Asosan bunday zararkunandalar MS Word fayllarida 
«yashagan». Zararlangan fayl ochilganidan keyin, zararkunanda boshqa fayllarni ham zararlashni boshlagan. Bunday virus keyinchalik nafaqat MS Word, balki, MS
Excell fayllarini ham mahv eta boshlagan. Masalan, 1996-yilda shunday turdagi 
virus sababli, Alyaska va Janubiy Afrika Respublikasidagi yirik neft 
kompaniyalarining kompyuterlari jiddiy zarar ko‘rgan. 
90yillarning oxiriga kelib esa zararkunandalar «kutish rejimi»da yashashni o‘rganib olishdi. Ya'ni, endi viruslar darhol hujumga o‘tmasdan, muayyan vaqt mobaynida 
shunchaki payt poylashi, keyin esa birdan pistirmadan chiqib kelib, kompyuterni 
rasvo qilishi kuzatila bo‘ladi. Masalan, 1998-yilda yozilgan va tarqalgan Win95.CIH 
nomli virus faqatgina 1999-yilning 26-aprelida, ya'ni, Chernobl fojiasining 13-yilligi 
sanasida pistirmadan chiqdi va 500 mingga yaqin kompyuterni zararladi. Shu sababli 
ham ushbu virusni mutaxassislar «Chernobl» virusi deb nomlashgan. «Chernobl» 
virusi o‘z nomiga muvofiq haqiqiy dahshatli virus bo‘lib chiqdi. U nafaqat 
operatsion tizim, yoki fayllarni zararlash bilan cheklanib qolmay, balki, qattiq disk 
strukturasi va BIOS hamda ona platadagi mikrosxemalarni ham kuydirish 
xususiyatiga ega bo‘lgan. 
90-yillarning oxirida esa kompyuter olami yana bir yangi turdagi virus – Melissa 
bilan duch kelgan edi. Melissa elektron pochta orqali tarqalgan va bunda, e-mail 
ichiga ilova qilib qo‘shilgan fayl orqali jabrlanuvchi kompyuterga yetib borgan. E-
mail ichidagi ushbu ilovadagi fayl ochilganda, virus darhol ishga tushib, manzillar 
ro‘yxati bo‘yicha dastlabki 50 ta e-mailga yana o‘zini-o‘zi jo‘natgan. Melissa 
kompyuterning o‘ziga ziyon yetkazmagan. Lekin, uning katta oqim bo‘ylab 
tarmoqda tarqala boshlagani sababli, korporativ tarmoqlarda trafik yuklamasi keskin 
ortib ketgan va servislar ishdan chiqa boshlagan. Melissa tufayli ko‘rilgan ziyon 
miqdori 80 million dollar deb baholangan. 
2000-2009 yillar: qurollanish poygasi va antiyadroviy hujum 

Download 52.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling