Rivojlantirish vazirligi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti urganch filiali
Download 52.64 Kb.
|
Zararkunanda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xavfsizlik xodimlari va xakerlar
Yangi turdagi hujum usullari va zararkunandani tarqatish metodlari
Uchinchi ming yillik esa sevgi izhoridan boshlandi. Ma’lum bo‘lishicha, dunyo bo‘ylab kamida uch million kompyuter foydalanuvchisiga «sevgi yetishmas» ekan. Har holda, o‘shanda taxminan shuncha odam o‘z elektron pochtasiga kelgan va LOVE-LETTER-FOR-YOU.txt.vbs deb nomlangan faylni hech bir shubhalanishsiz, (barchi mamnuniyat bilan?) ochib ko‘rishgan. Natijada, yangi mingyillik kompyuter mutaxassislarini ILOVEYOU virusi bilan to‘qnashtirgan. O‘shanda bu virus dunyodagi eng buzg‘unchi zararkunanda dasturiy kod deb topilgan ham edi va shu maqom bilan hatto Ginnesning rekordlar kitobiga ham kiritilgandi. Makrovirusdan farqli ravishda, ILOVEYOU virusi zararlangan MS Word fayli ko‘rinishida emas, balki, VBS-fayl shaklida tarqalgan. U qattiq diskdagi fayllarni o‘chirib yuborgan va o‘rniga o‘zining nusxalarini joylab, yana e-mail orqali tarqalishda davom etgan. Keyingi manzillarga esa virus o‘zlariga tanish bo‘lgan (ya'ni, manzillar ro‘yxatida mavjud bo‘lgan) e-mail orqali yetib kelgan. Hech narsadan bexabar foydalanuvchi esa go‘yoki sevgi izhori bitilgan maktubni ochishi hamonoq, o‘z kompyuteriga infeksiya tushirib olgan va «virusli estafetani» boshqasiga uzatganini ham o‘zi payqamay qolgan. ILOVEYOU virusidan ko‘rilgan moliyaviy zarar 10-15 milliard orasida deb baholangan. Xavfsizlik xodimlari va xakerlar O‘sha paytlardagi himoya texnologiyalari nisbatan sodda ko‘rinishda bo‘lgan. Xakerlar chiqargan zararkunanda dastur antivirus laboratoriyalariga kelib tushgach, revers-muhandislar tomonidan ushbu virusni zararsizlantiradigan aksil-virus dasturlar, ya'ni, antiviruslar yaratilgan. Turli antivirus dasturlarning bazasini muttasil yangilab turilgan, bu esa biror turdagi yangi virus paydo bo‘lishi bilan, unga qarshi himoyani joriy qilish imkonini bergan. Buning uchun, antivirus laboratoriyalari mutaxassislari avvaliga yangi «virusni» aniqlashlari, uning haqiqatan ham zararkunanda ekanligiga ishonch hosil qilishlari, hamda, faqat ushbu zararkunandagagina xos bo‘lgan (yoki, uning oilasiga xos bo‘lgan) qandaydir o‘ziga xoslikni – antivirus signaturasini topishlari kerak edi. Virus tuzuvchilar esa evolyutsiyaning keyingi bosqichida signatura orqali aniqlash usulini aldash yo‘lini topishdi va buning uchun biologiya olamidan bir narsani o‘zlashtirishdi. Ya'ni, ular polimorfik viruslarni yarata boshlashdi. Bunday viruslar faqatgina o‘z-o‘zini kodini nusxalash bilan cheklanmasdan, kompyuter dasturlariga tushgach, dastur kodiga o‘zgartirish kirita boshlagan va bunda, dasturning asosiy vazifasiga ta’sir qilmaganligi uchun, o‘zgarishlarni ko‘pincha mutaxassislar ham sezmay qolaverishgan. Lekin antivirus laboratoriyalari ham bir joyda qotib qolgan edi deyish xato bo‘ladi. Har qanday dasturning «kirish qismi», ya'ni, dastur ishga tushirilganda eng birinchi bo‘lib bajarila boshlaydigan kod boshi bo‘ladi. Bunday kod boshini dasturchilar «start joyi» ham deyishadi. Virus ham odatda dastur ichiga kirib olish uchun shunday start joyidan foydalanadi. Shu sababli, antivirus dasturlari endi dasturlarning ishga tushish paytidagi start kodiga shubhali ravishda kirib olayotgan begona kodlarni payqashga moslashtirila boshladi. Chuvalchang siyosati Polimorfik zararkunandalar qila olmagan ishni Stuxnet nomli chuvalchang uddaladi. 2010-yilning 17-iyuni axborot xavfsizligi sohasi uchun qora kunga aylandi. Chunki shu kuni tarixda birinchi marotaba, zararkunanda kompyuter dasturi qandaydir virtual makondagi obyektni yoki, moliyaviy tizimlarni emas, balki, real olamdagi fizik jihatdan haqiqatan ham mavjud bo‘lgan, soz ishlab turgan infrastrukturani jismonan mahv qilishga muvaffaq bo‘ldi. Aytishlaricha, Stuxnet virusini Isroil va AQSh razvedka xizmatlari tomonidan yaratilgan ekan. Uning maqsadi – Eron yadroviy dasturiga qarshi turish bo‘lgan. Ko‘zlangan obyektdagi kompyuter tizimlariga yetib borgach, Stuxnet chuvalchangi dasturiy koddagi real fizik tizimlarni boshqarish qismidagi sozlamalarni o‘zgartira boshlagan. Obyekt esa uranni boyitish korxonasi bo‘lib, u yerdagi texnologik jarayonlar kompyuterda boshqarilgan. Dasturning boshqaruv qismiga kirib o‘rnashib olgach, Stuxnet uranni boyitish texnologik jarayonlarida qo‘llaniladigan sentrifuga uskunasining aylanishlar sonini orttirishga buyruq bergan. Shu bilan birga, garchi sentrifuga endi virus boshqaruvi ostida, belgilangan me’yoridan ko‘ra jadalroq aylanayotgan bo‘lsa-da, lekin, kompyuter ekranida hammasi risoladagidek ekani haqida axborot uzatib turilgan. Ya'ni, jarayonning borishiga mas’ul bo‘lgan operator xodimlar, aslida texnologik rejim izdan chiqqani haqida hatto bilishmagan ham. Chuvalchang fleshka orqali tarqalgan. U yashirin ravishda fleshkadan fleshkaga o‘tib yurgan va o‘sha Eron yadroviy korxonasida ishlaydigan xodimlardan birining fleshkasiga tushib olguncha, barcha ehtimoliy USB-qurilmalarga joylashib chiqqan. Vanihoyat, 2010-yilning 17-iyun kuni, yadro korxonasida ishlovchi, o‘z ishiga o‘ta mas’uliyatsiz beparvolik bilan yondoshgan bir xodim, shaxsiy felshkasini korxonadagi texnologiyani boshqaruvchi kompyuterga suqadi va... Natijada, Busher AES korxonasidagi minglab sentrifuga qurilmalari ishdan chiqib, Eronning yadro dasturiga o‘nglanmas zarba beriladi. 2 Download 52.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling