Rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari


“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana01.11.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1736950
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
33 Karriyeva Jorayeva 315-327

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
  
321
 
texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik 
sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash” 8 bugungi kunda o‘ta dolzarb masalalardan bo‘lib 
qolmoqda.
Raqamli texnologiyalar iqtisodiyotning muhim tarmog‘i hisoblangan transport sohasida 
ham keng qo‘llanilib kelinmoqda. Bunda asosiy e’tibor transport va logistika sohasida xizmat 
ko‘rsatish va texnikalarni boshqarish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish kabi jarayonlarni 
raqamlashtirishga asosiy e’tibor qaratilayotgan bo‘lsada, transport sohasida faoliyat 
ko‘rsatayotgan korxonalar amaliyotida moliyaviy holati, kreditga layoqatliligi, samaradorlik 
ko‘rsatkichlarini chuqur tahlil qilish orqali ularning faoliyatiga baho berish bo‘yicha raqamli 
texnologiyalar unchalik yetarli emasligi ma’lum bo‘lmoqda. 
Transport sohasini 2021-2023 yillarda yanada rivojlantirish maqsadida amalga 
oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida umumiy qiymati 5759,9 mln. dollar 
investitsiyalar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bundan 311,8 mln. dollari tijorat banklari 
kreditlarini tashkil etadi. Ushbu jarayonlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish esa sohada 
faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy barqarorligi va kreditlarni o‘z 
vaqtida qaytara olish qobiliyatining mavjudligiga bog‘liqdir. Bundan tashqari, transport va 
loistika xizmatlarini ko‘rsatuvchi bir qancha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini yanada 
rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash ularga ajratilayotgan kreditlar miqdoriga 
ham bog‘liqdir. Jumladan, 2020 yilda transport va kommunikatsiya sohasiga respublikamiz 
tijorat banklari tomonidan 4336,4 mlrd. so‘mlik kreditlar ajratilganligi ushbu soha korxonalari 
kreditga layoqatliligini baholashning zamonaviy usullarini joriy etishni taqazo etadi. Raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirishda milliy iqtisodiyotimizning muhim tarmog‘i hisoblangan bank 
tiziminig roli g‘oyat ulkandir. Zero, respublikamizda iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini 
rivojlantirishda bank kreditlari ham muhim ahamiyat kasb etadi 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling