Turizm sohasida transport xizmatlari
Download 275.45 Kb.
|
Turizm sohasida transport xizmatlari
Turizm sohasida transport xizmatlariReja:Reja:1. Turizm sohasida transport xizmatlari.2. Turizm sohasida transport vositalari.1. Turizm sohasida transport xizmatlari1. Turizm sohasida transport xizmatlariMustaqillik yillarida zamonaviy yo’l-transport infratuzilmasini shakllantirish, dunyo bozorlariga yangi yo’llarni ochish, chet mamlakatlar bilan bog’laydigan ilg’or transport-kommunikatsiya tarmoqlarini yaratish bo’yicha ulkan ishlar qilindi.Turizm industriyasi ishlab chiqadigan turistik mahsulot, xizmatlar va tovarlarning tarkibi ancha katta va rang-barang majmuani o’z ichiga qamrab oladi. Bu mahsulotdan kishilar sayohat qilishda, shuningdek, turizm doirasida dam olish, hordiq chiqarish, davolanish, o’z bilim va kasbiy darajasini oshirishda foydalanadi. Bunda turistik mahsulotning asosiy tarkibiy qismiga kiruvchi transport xizmatlari jami xizmatlarning 27 % ini tashkil qiladi. Yo’lovchilarni, shu jumladan, turistlarni tashish har xil transport turlarida, chunonchi: havo, yer usti, suv transportida amalga oshiriladi. Turistik tashuvlar uchun transport turlarining ommaviyligi yoki talab etilish darajasi mamlakatning jo’g’rofiy o’rni va iqlim sharoitlariga, iqtisodiy rivojlanish darajasiga, milliy an’analariga, odamlarning ijtimoiy holati va turmush darajasiga hamda boshqa omillarga bog’liq bo’ladiO’zbekiston havo yo’llari» – xalq xo’jaligi va aholini aviatsiya xizmati (yuk, yo’lovchi tashuvlari, maxsus aviatashishlar) bilan ta’minlovchi O’zbekiston Respublikasi Milliy aviakompaniyasidir. Aviakompaniya 1992-yil 28-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan tashkil etilgan. Ana shu vaqtdan boshlab samolyot parkini zamonaviylashtirish, yangi aeroportlar qurish, havodagi harakatni boshqarish tizimini tubdan o’zgartirish, aerodromlarni yangi zamonaviy texnika bilan ta’minlash, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi baza hamda boshqaruv tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan ―Respublika Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish‖ davlat dasturi amalga kirdi. O’tkazilgan islohotlar O’zbekiston aviatsiya transportining xalqaro, iqtisodiy, diplomatik va madaniy aloqalarini rivojlantirishda yetakchi sohalardan biriga aylanishiga omil yaratdi.Download 275.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling