Turizm sohasida transport xizmatlari

Download 275.45 Kb.
bet4/7
Sana31.03.2023
Hajmi275.45 Kb.
#1310960
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Turizm sohasida transport xizmatlari

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar yo’lovchilar oqimi logistikasini anchagina yaxshilashga imkon beradi. Bojxona rasmiylashtiruvini umume’tirof etilgan standartlarga muvofiq holga keltirish va bojxona rasmiyatchiliklarini soddalashtirish turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish va nazorat usullari samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Islom Karimov nomidagi «TOSHKENT» xalqaro aeroporti. Yaqin chet el mamlakatlari aeroportlariga qaraganda, O’zbekiston poytaxtining aeroporti qulay geografik o’ringa ega, chunki MDH davlatlaridan Janubi-sharqiy Osiyoga, Yaqin Sharqqa, Yevropaga va Amerikaga eltuvchi havo yo’llarining kesishgan nuqtasida joylashgan. «Toshkent» xalqaro aeroporti dunyoning barcha katta shaharlari bilan havo yo’llari orqali bog’langan. U Xalqaro fuqarolar aviatsiyasi tashkiloti (ICAO ‒ International Civil Aviation Organisation) ning ikkinchi kategoryasiga ega bo’lib, turli rusumdagi samolyotlarni qabul qiladi.

«Toshkent» xalqaro aeroporti ikkita – janubiy va shimoliy (ICAO II toifasi) uchish-qo’nish maydoniga, magistral rullash yo’llariga, uzoq va o’rtacha magistral samolyotlari uchun 110 ta turish joylari bo’lgan umumiy maydoni 100 gektarli perronga ega.

Yo’lovchilarni O’zbekiston hududidagi shaharlarga jo’natish yangi Mahalliy havo yo’llari (Toshkent-3) terminali orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda mahalliy havo yo’llarining aerovokzali soatiga 400 ta yo’lovchini o’tkazish qobiliyatiga ega qulay bino hisoblanadi. Yo’lovchilarni va bagajlarni ro’yxatga olish uchun sakkizta ustun, dorixona, do’kon, ma’lumot xizmati, shaharlararo telefon va boshqalar mavjud.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling