Rlash va ularning malakasini oshirish instituti malaka talabi
Tashxis bilan kurashish kerakmas
Download 1.52 Mb.
|
ishchi dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nimadan boshlash kerak
Tashxis bilan kurashish kerakmas
Bu tashxisni ota-onalar birinchi kundayoq bilib olishadi. Tug‘ruqxona shifokori chaqaloqdagi bir qator klinik alomatlarga ko‘ra genetik tahlilga yo‘llanma beradi. Agar sindrom mavjud bo‘lsa, bu ilk tadqiqot chog‘idayoq ma’lum bo‘ladi. Takroriy tahlillar faqat ushbu qayg‘uli faktni tasdiqlaydi xolos. Ammo ota-onalar baribir yuz bergan voqeaga ishongilari kelmaydi. Ular ruxan ushbu tashxisni qabul qila olmaydilar va bolani xudda unda hech qanday muammo yo‘qday tarbiyalashda davom ettirishadi. Ammo bu bilan ular bolaga yordam berish o‘rniga, hammasini yanada yomonroq qilishadi. Chunki Daun sindromi – bu shunchaki aqliy rivojlanishdan orqada qolish emas. Xromosomto‘plamining o‘zgarishi tufayli hujayralar darajasidagi moddalar almashinuvi buziladi va buning natijasida organizmdagi aksariyat organlar va to‘qimalarga zarar yetkaziladi Shu tarzda bolada tug‘ma yurak illati, ko‘rish yoki eshitish qobiliyatining buzilishi kuzatiladi. Ushbu xastaliklarning barchasi mutaxassislar tomonidan o‘z vaqtida aniqlanishi lozim, ularning ko‘pchiligi dorilar bilan davolashni talab etadi. Ota-onalar tashxisni qabul qilishdan bosh tortib, o‘z farzandlariga zarur tibbiy yordamning o‘z vaqtida berilishiga to‘sqinlik qilishadi. Nimadan boshlash kerak? Avvalambor shifokorlarning maslahatlariga quloq solish, ularning tavsiyalarini so‘zsiz bajarish, ya’ni dorilarni qabul qilish, kerak bo‘lganida statsionarda davolanish, tibbiy ko‘rik va tekshiruvlardan o‘tish juda muhim. Chunki hozir eng asosiysi – bolaning umumiy salomatligini mustahkamlashdir. Birinchi oylardanoq chaqaloqning rivojlanishi o‘z tengdoshlarinikidan sezilarli darajada ortda qolayotgani seziladi. Turli sabablar ko‘ra, shu jumladan past tonus tufayli u tez charchab qoladi, kam uyg‘oq bo‘ladi, nigohini yaxshi fiksatsiya qilolmaydi. O‘yinchoqlarga bo‘lgan qiziqishi tez yo‘qoladi, hatto o‘z ota-onasiga ham unchalik e’tibor qilmaydi. Bola buni ota-onasini yaxshi ko‘rmasligi uchun emas, balki o‘z his-tuyg‘ularini ifodalash imkoniyati hozircha unda juda cheklanganligi uchun qiladi. Harakatlar rivoji borasida ham ortda qoladi – bunday bolalar boshlarini o‘rtacha uchinchi oyga yaqin ushlay boshlashadi, 9-12 oylarda o‘tirishni, 1,5-2 yoshlarga yaqin esa yurishni o‘rgana boshlashadi. Organizm xuddi mudrayotganday va rivojlanishga unchalik intilmayotganday tuyulad . Ammo aslida u o‘sishni xohlaydi va tashqaridan beriladigan ko‘makni kutadi. Albatta, rivojlanish borasida ortda qolishni butkul bartaraf etib bo‘lmasligini, chunki asosiy sabab, ya’ni sindrom organizmda qolishini oldindan aytib qo‘yish kerak Biroq bola bilan muntazam va maqsadli ravishda shug‘ullanilsa, u tezroq rivojlanib, unga tabiat tomonidan berilgan salohiyatni tezroq ro‘yobga chiqara boshlaydi. Aksincha, agar bola faollikdan cheklab qo‘yilsa, ota-ona undan ham kechroq rivojlanishga duch kelishi mumkin.
bola uchun qanday sa’y-harakatlar foydali bo‘lishi mumkin? Bu savolga eng yaxshisi farzandingizni tug‘ilganidanoq kuzatib borishi mumkin bo‘lgan shaxsiy defektolog javob bera olad Shuning uchun iloji boricha ertaroq shunday mutaxassisni izlang: mahalliy reabilitatsiya markazlari, tibbiy-ruhiy maslahatxonalarga murojaat qiling. Agar yaqin orada bunday muassasa bo‘lmasa, unda pediatr eng birinchi va asosiy maslahatchi vazifasini bajarishi kerak. U bolaning xastaligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida farzandingizga qanday uqalash to‘g‘ri kelishini, qanday jismoniy yuklama unga mosligini aniqlab beradi. Maxsus hamda oddiy sog‘lom bolalar uchun umumiy rivojlantiruvchi adabiyotlarni sotib olish bu boradagi ikkinchi qadamingiz bo‘ladi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling