Ma’ruza kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


Download 114.23 Kb.
bet1/24
Sana30.03.2023
Hajmi114.23 Kb.
#1310133
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Документ Microsoft Word



1-MA’RUZA
KIRISH. FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI

Xozirgi zamon oziq-ovqat sanoati texnolog va muhandis xodimlaridan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari tarkibi qanday kimyoviy moddalar borligini chuqur bilishni talab qiladi. Chunki bu moddalarni bilish iste’molchilar organizmida sodir bo’layotgan turli fiziologik va patologik jarayonlar mohiyatini tushunishga yordam beradi. «QBMT» korxonalarida mikrobiologik va texnologik nazorat har taraflama tekshiruv bo’lib, u xom-ashyolarni qabul qilishdan tortib, texnologik jarayonlarning borishidan to tayyor mahsulot chiqarishgacha barchasini o’z ichiga oladi.


Insoniyat oldida birinchi navbatda turgan masala, oziq-ovqat masalasi bo’lib kelgan va bundan keyin ham qoladi, chunki inson organizmining hayoti uchun zarur moddalarni oziq-ovqatdan oladi. Sifatli mahsulotlar tayyorlash avvalambor, xom-ashyo tarkibida bo’lgan va mahsulotga qo’shilgan kimyoviy moddalar turlari, tarkibini, tuzilishini, olinish usullarini xamda texnologik va organizmda xazm bo’lish jarayonlarida qanday o’zgarishlarga uchrashi mumkinligini bilib olishga bog’liqdir. Ishlab chiqarish mahsulotlarni turiga qaramay xamma bijg’ish mahsulotlar korxonalari o’simlik xom ashyolarini qayta ishlaydi. Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi esa biokimyoviy jarayonlarga asoslangan va uni nazorat qilish, boshqarish bir xil parametrlar orqali amalga oshiriladi.
Texno-kimyoviy nazorat laboratoriyalarda tekshirishlar olib borishga katta imkoniyatlar beradi. Tekshirish ishlari doimiy mahsulot sifatini aniqlab, kamchiliklarni vaqtida bartaraf qilish va yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Mikrobiologik va texnologik nazorat xom-ashyo, yarim tayyor mahsulot, tayyor mahsulotlarning tashqi ko’rinishi, o’rash va qadoqlashni o’z ichiga oladi.
O’simlik xom ashyosini tarkibi taxminan bir xil xisoblanadi. Hamma o’simlik xom ashyosi tarkibida suv, har xil uglevodlar, azotli moddalar, yog’lar va boshqalar uchraydi. Modda miqdorini aniqlash prinsipi bir xil bo’lgani uchun qanday xom ashyo bo’lishidan qa’tiy nazar uni qo’llash mumkin.
Oziq-ovqat sanoati xar bir tarmog’ining texnokimyoviy nazorati, shu jumladan bijg’ish mahsulotlari ishlab chiqarish tarmog’i xom-ashyoni, yordamchi materiallarni, oraliq mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va chiqindilarni tekshirish uslublarini o’rganadi.
Bijg’ish mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining korxonalarida texno-kimyoviy nazorati quyidagi vazifalarni bajaradigan zavodning kimyo labaratoriyalari tomonidan amalga oshiriladi:
1) Xom-ashyo va yordamchi materiallarning sifatini nazorat qilish; xom-ashyo va yordamchi materiallardagi foydali moddalar va kerak bo’lmagan narsalar tarkibini aniqlash muhim xisoblanadi.
2) Yarim tayyor mahsulotlarning sifatini nazorat qilish; yarim tayyor mahsulotlarning tarkibini bilgan xolda, texnologik jarayonlarning o’tishini boshqarish va nazorat qilish mumkin bo’ladi ;
3) Tayyor mahsulotning sifatini nazorat qilish, uni O’zDst talablariga mos kelishi;
4) Foydali moddalarni yo’qotilish kattaligi nuqtai nazaridan, ishlab chiqarish chiqindilarini nazorat qilish;
5) Ishlab chiqarishning texnokimyoviy hisoboti.
Bijg’ish mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining har bir tarmog’i uchun ishlab chiqarishning texnokimyoviy nazorati bo’yicha yo’riqnomalar bor. Har bir zavodda aniq ish sharoitlari va bu yo’riqnomalar asosida ishlab chiqarishning texnokimyoviy nazorati grafigi tuziladi.
Bu grafikda quyidagilar nazarda tutiladi:
1) tahlil uchun namunani tanlash joylari;
2) tahlilni bajarilish davomiyligi;
3) berilgan tahlilda qanday aniqliklar bajariladi.
Bu aniqliklarning natijalarini maxsus laboratoriya jurnallariga kiritiladi. Zavodda tahlil natijalari yoziladigan maxsus taxtalar (doskalar) bo’lishi kerak. Ishlab chiqarishda aniqlangan barcha nosog’lom hodisalar, vaziyatlar uchastka raxbariyatiga va xodimlariga o’z vaqtida xabar berishi kerak .
Laboratoriyada o’tkazilgan tahlillar asosida korxona rahbariyati bilan birgalikda texnologik tartibni ishlab chiqadi va aniqlaydi, nome’yoriy narsalarni yo’qotishlarni oldini olish yo’llarini belgilaydi, sifatsiz mahsulot chiqishini ogoxlantiradi.
Tahlillarni to’g’ri o’tkazishning hal qiluvchi sharti o’rtacha namunalarni sinchiklab tanlash hisoblanadi.
Namunalarni to’g’ri tanlash va tahlilni aniq o’tkazish ishlab chiqarishning sinchkovlik bilan o’tkaziladigan texnokimyoviy nazoratini ta’minlaydi.

Download 114.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling