Ma’ruza kirish. Fanning maqsadi va vazifalari
Download 114.23 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-MA’RUZA. QBMT KORXONALARIDA METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISHNING O‘RNI VA AHAMIYATI. 1.
Tayanch so’z va iboralar: Sifat, baza, O’zDst, TU, kirish (priyomnыy), nazorat, laboratoriya, xom-ashyo, yarim-tayyor mahsulot, kimyoviy va mikrobiologik nazorat, tahlil
Nazorat savollari: 1.Fanning vazifalari nimalardan iborat? 2.Mahsulotni sifat kursatkichlarini kanday turlari bor? 3.Mahsulot sifatini nazorat kilish turlari? 4.Kirish nazoratining sifat nazoratidan farki? 2-MA’RUZA. QBMT KORXONALARIDA METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISHNING O‘RNI VA AHAMIYATI. 1.Sifat masalasi har bir ishda, u qanday ish bo’lishidan qat’iy nazar, uning asosiy baholash kriteriyasi (ko’satkichi) bo’lishi kerak. Agarda xar bir inson o’z ishiga yuqori ma’suliyat bilan qarab asosiy baholash kriteriyasiga munosib ravishda ish ko’rsa hayotimiz kundan – kunga yaxshilanib borishi turgan gap, bu esa butun mamlakat bo’ylab sifat masalasini yuqori darajaga ko’taradi. - Mahsulot sifati, kishilar hayotining rivoji, uning sifati (yashash darajasi) bu yurtimizning ilmiy, texnikaviy yuksalishi bilan chambarchas bitilgan sifat fundamentiga bog’liqdir; - Sifatning yuqori darajasi bu yurtimizning ilmiy, texnikaviy yuksalishi bilan chambarchas bog’liqdir; - Ilmiy texnikaviy yuksalish esa sifatning asosiy uch belgisi bo’lgan – standartlashtirish, metrologiya va setifikatlashtirish rivojini ta’minlab beradi; - Sifatning uch asosiy belgisiga dunyoda mavjud bo’lgan va faoliyat ko’rsatayotgan standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar: Xalqaro – standartlashtirish Sifatning yuqori darajasi bu yurtimizning ilmiy, texnikaviy yuksalishi bilan chambarchas tashkiloti (ISO), Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot (MOZM), Xalqaro savdo tashkiloti (VTO) o’zining ijobiy ta’sirini o’tkazadi va o’tkazib kelmoqda. Shuning uchun xam ushbu uch qismda (metrologiya, standartlashtirish sertifikatsiyalash) o’rganish natijasida talabalar metrologiya bo’yicha asosiy qoidalarni, talablar va me’yorlarni, standartlashtirish va sifatni boshqarishdagi davlat bayonnomalari va me’yoriy hujjatlar bilan ishlashni bilishi va mavjud bilimlarini, tajriba Sifatning yuqori darajasi bu yurtimizning ilmiy, texnikaviy yuksalishi bilan chambarchas bog’liqlarini amaliy faoliyatda qo’llay bilishi lozim hisoblanadi. Bu hozirgi kunda, ayniqsa, jahon andozalariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqish va uning raqobatbardoshligini ta’minlashda o’ta muhim masalalardan biri sanaladi. Metrologiya fan sifatida o’lchashlar, ularga bog’liq va tegishli bo’lgan qator masalalarni o’z doirasiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bo’lib, -o’lchash, o’lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi Umumiy tushunchasini oladigan bo’lsak, metrologiya-o’lchashlar haqidagi fan. Inson aql-idroki, zakovati bilan o’rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo’nalishini olmaylik, albatta o’lchashlarga, ularning turli usullariga, o’zaro bog’lanishlariga duch kelamiz. Bu o’lchash usullari va vositalari yordamida ularning birligini, yagona o’lchashni talab etilgan aniqlikda ta’minlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. SHu sababdan hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yo’nalish, u hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bo’lmasin, albatta u yoki bu darajada metrologiya bilan bog’liq. Inson qo’li etgan,faoliyati doirasiga kirgan ammo o’lchashlar va ularning vositalari yordamisiz o’rganilgan, izlangan hamda ko’zlangan maqsadlarga erishish mumkin bo’lgan birorta yo’nalish yo’q. Download 114.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling