Ma’ruza kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


Mahsulotlar sifati va uni aniqlash usullari


Download 114.23 Kb.
bet2/24
Sana30.03.2023
Hajmi114.23 Kb.
#1310133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Mahsulotlar sifati va uni aniqlash usullari.
Mahsulotni ishlab chiqarish bosqichida esa quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi mo’ljallanadi:
- mahsulotni bevosita tayyorlash;
- uskunalarning, jihozlarning, nazorat o’lchash texnikasining sifatini kerakli darajada bo’lishini ta’minlash va nazorat qilish;
- mahsulot sifatini oshirish, yaroqsizlikni oldini olish, me’yoriy hujjatlarga mos kelmaydigan mahsulot ishlab chiqarish sabablarini bartaraf qilish tadbirlarini tayyorlash va amalga oshirish;
- me’yoriy hujjatlarni joriy qilish va ularga qat’iy rioya qilish;
- korxonaga tushayotgan xom ashyoning, materiallarning, yarimfabrikatlarning komplektlanuvchi buyumlarning kirishdagi nazoratini o’rnatish;
- chiqarilayotgan mahsulotning ish bajarishdagi, qabuldagi va sinashdagi nazoratini o’rnatish;
- tekshiruvchan nazoratga, me’yoriy hujjatlarga rioya qilish;
- ishlatilish bosqichidagi mahsulotning sifati haqidagi axborotni yig’ish va to’plash, uning yaroqsizligini, u haqidagi shikoyatlarni hisobga olish va tahlil qilish;
- xom ashyo, materiallar, yarimfabrikatlar, komplektlanuvchi buyumlarni va tayyor mahsulotni omborlarda, korxona ichidagi transportlarda me’yoriy hujjatlarning talablariga binoan olib yurilishini ta’minlash va nazorat qilish;
- belgilangan sifat darajasidagi mahsulotni chiqazishda korxonaning xodimlarini moddiy va ma’naviy rag’batlantirish.
Ishlab chiqarish birlashmalarida, korxonalarda ishlab chiqarish bosqichida qo’yilgan maqsadlarga va vazifalarga erishishda mahsulot sifatini boshqarish tizimlari ta’minlaydi.
Xom ashyo va tayyor mahsulotni baholash uchun xususiyat, sifat, sifat ko’rsatkichi, sifat darajasi va boshqa tushunchalar ishlatiladi.
Mahsulotni xususiyati- bu uning ob’ektiv maxsusligi bo’lib, ishlab chiqarish jaryonida vujudga keladi. Har bitta mahsulot ko’p xususiyatlarga ega va shu tufayli boshqa mahsulotlardan farqlanadi. Masalan : pivo, Sharbat, spirtsiz ichimliklar.
Mahsulotning sifati - mahsulotlarni xususiyatini yig’indisi bo’lib uni maqsadga muvofiqligini va ishlatishga yaroqligini bildiradi.
Sifat ko’rsatkichi- bu mahsulotni sifatini miqdori xarakteristikasi bo’lib, uni ishlatishga yaroqligini aniqlaydi. Sifat ko’rsatkichi foizlarda (%)- da, ballda, grammda va xokazolarda beriladi.
Sifatni birlamchi ko’rsatkichi- mahsulotni bitta xususiyatini ifodalaydi, masalan, aroqљni quvvati hajmga nisbatan % da beriladi va etil spirtini miqdorini bildiradi.
Sifatni kompleks ko’rsatkichi- bu mahsulotni sifati bo’lib, bir qancha xususiyatlarini bildiradi. Kompleks ko’rsatkich ballda beriladi.
Sifatni bazaviy ko’rsatkichi- bu mahsulotni sifat ko’rsatkichi bo’lib namunaviy mahsulotga nisbatan solishtiriladi. Bazaviy ko’rsatkich sifatida maxsus GOST ga va TY (texnik yo’riqnoma) ga javob beradigan mahsulot hisoblanadi.
Mahsulot sifatini darajasi - bu bazaviy mahsulotni sifat ko’rsatkichini yig’indisini, tekshirilayotgan mahsulot sifat ko’rsatkichini yig’indisini nisbatiga tushuniladi. Bu kursatkich % xisobida beriladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini sifat darajasi organoleptik usul bilan belgilanadi va baxo ballda beriladi.



Download 114.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling