Ro miqyosda raqamli tizim
Download 166.86 Kb.
|
47 Abdulla
Raqamli tizim tushunchasi. Global barqaror rivojlanish indikatorlari
BMTning Barkaror rivojlanish konsepsiyasi uning universal tipdagi yagona xalqaro tashkilot bo’lganligi uchun ham asosan shaxs - jamiyat - davlat - hamjamiyatning global miqyosdagi boshqaruviga tegishli masalalarni ko’tarib chiqadi va ushbu rivojlanish potensiali umumlashtirilgan tarzda muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, institutsional ko’rsatkichlari asosida baholanadi. Baholash ko’rsatkichlarini fanda «indikator»lar deb yuritiladi. «Indikator» atamasi lotin tilida «indico», ya‘ni ko‘rsatkich degan ma‘noni anglatadi. U xolat, vaziyat, sharoit va jarayonlarni idrok etadigan qulay shaklda aks ettiruvchi qurilmalar orqali baholash uchun aniqlanadigan ko’rsatkichdir. Indikatorlar vizual (kurish), akustik (eshitish), taktil (sezish, iskash) kabi xillardan iborat. Kishi axborotlarning 90 foizini ko’rib idrok qilgani uchun ham indekslarning vizual xili amalda ko’p ishlatiladi. Ko’rsatkichlar bo’yicha baholash bizlarga nafaqat ma‘lumotlarni olish, balki uni boshqarish imkoniyatini yaratadi. Shuning uchun barqaror rivojlanishning indikatorlarini aniqlash orqali global, perional va lokal miqyosda jamiyatini boshqarish imkoniyati yaratiladi. Xalqaro miqyosda indikatorlar quyidagi maqsadlarda tasniflandi: • harakat kuchiga qarab, ya‘ni atrof-muhitga jamiyati faoliyatini salbiy ta‘sir kuchini aniqlash; • bosim kuchiga qarab, ya‘ni atrof-muhitga antropogen ta‘sirni aniqlash; • holatiga qarab, ya‘ni atrof-muhitning avvalgi holatiga nisbatan o’zgarishini aniqlash; • ta‘sir kuchiga karab, ya‘ni organizmlarga atrof-muhit holati o’zgarishini aniqlash; • reaksiyasiga qarab, ya‘ni atrof-muhit masalasiga jamoatchilikning fikrini aniqlash. Indikatorlar nima uchun kerak: 1. Indikatorlar ko’p yillik katta hajmdagi iqtisodiy ma‘lumotlarni umulashtirish va baholash orqali qabul qilingan qarorlarni asoslashda foydalaniladi. 2. Indikatorlar iqtisodiy o’zgarishlarni tahlil qilishga yordam beradi. 3. Indikatorlarni qo’llash iqtisodiyotda yuzaga keladigan kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi. 4. Indikatorlar har xil toifadagi foydalanuvchilarga ma‘lumotlardan unumli foydalana olish imkoniyatini yaratib beradi. Indikatorlar doimo global, mintakaviy. milliy va lokal darajalarda juda ishonarli va tasdiqlangan ma‘lumotlarga asoslanishi lozim. Birinchi uchta daraja umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo’lib, lokal daraja birorta hudud uchun taalluqlidir. Indikatorning asosiy vazifasi - axborot berishdan iborat. Foydalanuvchiga ma‘lumotlarni yetkazib berishda oddiylik va soddalik kerak bo’ladi. Indikatorlar murakkab ma‘lumotlarni soddalashtiradi. Indikator ma‘lumotlarni monitoring qilish jarayonida to’plash, tahlil qilish, qayta ishlash natijasida shakllangan mahsulot hisoblanadi. Qayta ishlanmagan, tahlil qilinmagan statistik ma‘lumotlar indikator vazifasini bajara olmaydi. Indikatorlar quyidagilar uchun mo’ljallangan: • hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlari uchun; • vazirlik va idoralar uchun; • hokimiyatning maxalliy va mintaqaviy organlari uchun; • ilmiy va o’quv muassasalari uchun; • tijorat tuzilmalari uchun; • jamoat va nodavlat tashkilotlari uchun. Indikatorlar bilan bir qatorda amalda «indeks»lar ishlab chiqiladi va qo’llaniladi. «Indeks» atamasi lotin tilida «index» ko’rasatkich, ro’yxat degan ma‘noni anglatadi. Ya‘ni ma‘lum bir holat yoki kuzatilayotgan jarayonni bir qator ro’yhatga olingan (belgilovchi) indikatorlar asosidagi ro’yhatga olingan va harflar yoki raqamlar orqali ifodalanadigan ko’rsatkichi. Indeks indikatorlardan farqli aniq bir miqdor ko’rsatkichiga ega bo’lmasligi ham mumkin. Indeks avvalgi bazaviy ma‘lumot indeksi bilan solishtirish orqali tahlil qilinadi. Iqtisodda «Dou Djons indeksi» Nyu-York fond birjasida aksiyalar narxini belgilab beruvchi raqamli indeks bo’lib, u kelajakda brokerlarning bozor rivojlanish tendensiyasini aniqlovchi ma‘lumotlarning ro’yxatlangan ko’rsatkichidir. Pekin ushbu indikator va indekslar kelajakni aniq qilib belgilab beradi deyish qiyin. Tug’rirog’i, prognozlashtirilgan va optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda tegishli chora-tadbirlarni tavsiya etishga yordam berishi muqarrar. Yer kurrasida global miqyosda barqaror rivojlanishni ta‘minlash o’z-o’zidan lokal va regional miqyosda, aniqroq qilib aytganda, mahalliy, milliy va mintaqaviy miqyosda barqaror rivojlanishdan kelib chiqadi va aynan shu tarzda tizimlashadi. Barqaror rivojlanish indikatorlari ilk bor BMTining «Rio 92» konferensiyasida qabul qilingan «XXI asr kun tartibida» alohida bir bob sifatida yoritib berilgan. Mazkur indikatorlar 4 ta guruh birlashtirilgan - ijtimoiy-iqtisodiy jihatlar, barkaror rivojlanish maqsadlarida resurslardan oqilona foydalanish, aholi asosiy qatlamlarining rolini oshirish, qarorlarni amalga joriy etish. Ushbu xujjat 40-bobining «Qarorlar qabul qilish uchun ma‘lumotlar» bo’limida «Qarorlarni qabul qilish jarayonida ishonchli asoslarni yaratish hamda uzviy bog’langan ekotizimlarni o’zini o’zi tartibga solish imkoniyatiga ko’maklashish va tizimli o’sish uchun barqaror rivojlanish indikatorlarinn ishlab chiqish lozim» deb ko’rsatilgan. Turli miqyosda Barqaror rivojlanish konsepsiyasiga tegishli bo’lgan oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish, shubhasiz, barqaror rivojlanishning eng birlamchi talablaridan biri bo’libhisoblanadi. Barqaror rivojlanish indikatorlarini ishlab chiqish bo’yicha xalqaro miqyosdagi turli tashkilotlar - BMT, Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish Yevropa komissiyasi, Atrof-muhit muammolari bo’yicha ilmiy komitet kabi xalqaro idoralar shug’ullanmokdalar. U turli nom va yo’nalishdagi anjumanlarning muhokama bobsiga aylanib qolmoqda. Masalan: • 132 ta indikatorlardan iborat bo’lgan BMTning Barqaror rivojlanish bo’yicha komissiyasi loyixasi; • milliy statistikada ekologik va iktisodiy omillarni hisobga olishga yo’naltirilgan BMTning Statistik bo’limi tomonidan ishlab chiqilgan «Tiznmli integrallashgan ekologik va iqtisodiy milliy hisob» (System for integrated environmental and economic accounting); • Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan va hisobi yuritiladigan «haqqoniy jamg’arma» (genuine savings); • iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish Yevropa komissiyasining ekologik va iqtisodiy indikatorlar dasturi va h k. Barqaror rivojlanish indikatorlarini ishlab chiqish juda serharajat, ma‘lumotlarni yig’ish hamda ularni yagona bir indeksga olib kelishga yo’naltirilgan va majmuali yondashuvni talab etadigan jarayon. Indikatorlar soni qanchalik ko’paysa, ularni yagona bir umummahrajga olib kelish shunchalik qiyinlashib boraveradi. Bu o’rinda mahsus zamonaviy axborot texnologik dasturlarini yaratish lozim buladi. BMT komissiyasi tomonidan barqaror rivojlanish bo’yicha ishlab chiqilgan global indikatorlar tizimi 1995 yilda uning III sessiyasida ishtirokchi davlatlar tomonidan taqdim etilgan hisobotlar, ma‘lumotlar va axborotlar asosida davlatlarning barqaror rivojlanish holati, bu borada erishilgan natijalarni tahlil qilish va baholash maqsadida dastlabki indikatorlar tizimi qabul qilindi va mazkur tizimni takomillashtirish uchun ekologik va iqtisodiy taraqqiyotga oid ma‘lumotlar bazasini mustahkamlash zarurligi qayd etildi. Download 166.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling