ROBOTOTEXNIKA Tayyorladi: IM-5o guruh Reja: - 1. Robot haqida tushuncha, uning funksional imkoniyatlari.
- 2. Robototexnik tizim va uning asosiy yo’nalishlari.
- 3. O’zbekistonda robototexnikaning ahamiyati
Robot haqida tushuncha - Robot so‘zi (chex tilida robot atamasi — ixtiyorsiz mehnat yoki rob — qul) — odatda, inson mehnati yoki jonivorlar vositasida amalga oshirilgan ishlab chiqarish va boshqa soha jarayonlari uchun mo‘ljallangan avtomatik qurilma ma’nosini bildiradi.
- Zamonaviy robotlar tashqi ko‘rinishi va konstruksiyasi juda xilma-xil bo‘lishi mumkin. Hozirgi davrda sanoat korxonalarida turli xil robotlardan foydalaniladi, ularning tashqi ko‘rinishi (texnik yoki iqtisodiy sababga muvofiq) «odam» qiyofasidan juda ham uzoq. Bundan tashqari, robot yoki operator tomonidan boshqarilishi, yoki oldindan kiritilgan dastur orqali ishlashi mumkin.
- Robotni insonning hayoti uchun xavfli sharoitlar (kuchli radiatsiya, yuqori temperatura va boshqalar)da, odam borishi qiyin boʻlgan obyektlarda (suv ostida, kosmosda) kishi funksiyasini qisman yoki toʻla bajaruvchi mashina deb ham atashimiz mumkin. Robot terminini birinchi marta 1920-yilda chex yozuvchisi Karel Chapek oʻzining "R. U. R." pyesasida ishlatgan.
Honda kompaniyasida ishlab chiqarilgan Android ASIMO-roboti
Robotlarning funksional imkoniyatlari
Funksiyalar
|
Odamning funksional organlari
|
Robotdagi analog
|
Fikrlash
|
Markaziy nerv tizimi
|
Boshqarish tizimi
|
Tashqi muhit bilan aloqa
|
Sezish organlari
|
Sezish elementlari (datchiklar va sensorlar)
|
Ish va harakat
|
Qo’l, oyoq va hk.
|
Manipulyatorlar va harakatlanish qurilmasi
|
Hayot ta’minoti
|
Qon aylanish va hazm qilish organlari
|
Energiya manbalari
| Manipulyator va robototexnik tizim - Robotlar manipulyatorlar deb ataladigan mashinalar sinfiga kiradi. Manipulyatorlar – ko’p zvenolardan iborat mexanizm bo’lib, odam qo’li harakatlarini imitatsiya qilishga mo’ljallangan qurilmadir, u masofadan operator yoki programmali boshqarish tizimi tomonidan boshqariladi.
- Robototexnik tizim deb, shunday texnikaviy tizimga aytiladiki, unda energiya, massa va axborotlar bilan bog’liq o’zgartirishlar va aloqalar sanoat robotlaridan foydalanilgan holda aks etadi.
Robotlar texnikasining asosiy yo’nalishi
Sanoat robotlari
Maishiy robotlari
- Sanoat roboti – sanoatda ishlatishga mo’ljallangan qayta dasturlanuvchi avtomatik manipulyator.
- Ularning yuqori bahosiga qaramay, ishlab chiqarishi rivojlangan mamlakatlarda sanoat robotlarining soni juda tez o‘sib bormoqda. Ommaviy tarzda robotlashtirib borilishining sababi: «Robotlar murakkab ishlab chiqarish operatsiyalarini bir kecha-kunduzda 24 soat ham bajara oladi. Ular vositasida ishlab chiqariladigan mahsulot yuqori sifatga ega. Ular: kasal bo‘lmaydi, tushlik qilmaydi va dam olish vaqtiga ehtiyoj sezmaydilar, to‘polon qilmaydi va norozilik bildirmaydi, oylik maoshini oshirishni so‘ramaydi, pensiya talab etmaydi… Robotlar odam hayoti uchun xavfli bo‘lgan havo o‘zgarishiga va atrof-muhitda gaz yoki boshqa zaharli moddalardan ta’sirlanmaydi».
Maishiy robot - Dastlabki muvaffaqiyatli maishiy robotlarga 2005-yil sentabr oyida dastlabki ochiq savdoga Mitsubishi firmasi ishlab chiqargan «Vakamaru» odamsimon robotlarni kiritish mumkin. Robotning narxi $15 ming AQSH dollari bo‘lib, u egasini tanishi, tushunishi, ayrim jumlalarni aytishi, ma’lumotlar berishi, ayrim kotibalik funksiyalarini amalga oshirishi, binoni nazorat qila olishi kabi xususiyatlarga ega edi.
- Uy-ro‘zg‘orga yordamchi — avtomatik changyutkichlar, xonadonlarda mustaqil kundalik yumushlarni amalga oshiradigan va quvvat olish uchun joyiga o‘zi qaytib boradigan robot-dastyorlar katta ommaviylik kasb etib bormoqda.
Robototexnikani amalda qo’llash - Robototexnika XXI asrda eng jadal rivojlanib borayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Ushbu jabha yaqin kelajakda barcha tarmoqlarga kirib, mamlakatlar iqtisodiyoti va sanoati qiyofasini tubdan o‘zgartirib yuborishi ham mumkin.
- Robototexnikadan sanoatda foydalanish ish unumdorligini oshiradi, manufakturaga butunlay barham beradi. Ta'lim sohasida robototexnika qo‘llansa, bolalar atroflicha fikrlash, mustaqil qaror qabul qilishni o‘rganishi oson kechadi, chunki murakkab konstruktorni yasash davomida u detallarni qanday joylashtirishni o‘zi mustaqil hal qiladi, texnikaning ishlash prinsipini o‘rganadi, maktabda aniq fanlar bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llaydi.
O’zbekistonda sanoat robototexnikasi rivoji qay darajada? - Joriy yilning 2- oktabr kuni Toshkentda sanoat robototexnikasiga bag‘ishlangan II xalqaro sammit bo‘lib o‘tdi.
- Xalqaro robototexnika federatsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilda jahon bozorida sanoat robototexnikasi o‘z tarixida rekord natijani—16,5 mlrd dollar bahosida 422 mingta sanoat robotini tashkil qilgan. Bunda eng katta ko‘rsatkich Singapur hissasiga to‘g‘ri keladi, Singapurda har 10 ming nafar ishchiga 831ta robot to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston hali bunday raqamlardan uzoq, lekin mamlakatda sanoatning kengayayotgani, xorijiy ishlab chiqaruvchilarning jalb etilayotgani hisobiga bu borada siljishlar kuzatilmoqda.
- E’tiboringiz
- Uchun
- Rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |